Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
🚨Кўп квартирали уйларни бошқарувчи ташкилотлар раҳбарлари диққатига!
Сиз чиқинди учун пул тўламайсиз!
🤑Ижтимоий тармоқларда бошқарув органларига кўп квартирали уйлар атрофини тозалашдан ҳосил бўлган чиқиндилар (смёт) ни тўплаш учун жой қуриш ҳамда "Махсустранс" корхонаси билан уларни олиб кетиш бўйича шартнома тузиш юзасидан топшириқлар берилаётглиги тўғрисида хабарлар тарқалди.
**Ўзбекистон Республикаси Президентининг 278-сонли Қарори 2-бандига асосан:
📌 бошқарув ташкилотларига дарахт ва бута шох-шаббалари, барглари ҳамда смётни чиқинди йиғиши пунктларида ёки чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш операторлари билан келишилган графикка асосан махсус жойларда йиғишга рухсат этилган.
Бунда:
📌 Бошқарув органлари мазкур чиқиндилар учун шартнома асосида алоҳида пул тўламайди! Бундай чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш бўйича хизматлар учун тўлов қаттиқ маиший чиқиндиларни тўплаш ва олиб чиқиб кетиш бўйича хизматлар учун белгиланган тўловларга қўшилган ҳолда ягона тўлов сифатида ундирилади (чиқинди корхоналари томонидан аҳолидан йиғиладиган тўловларни ичида аккумуляция қилинган);
📌** Бошқариш органлари дарахт ва бута шох-шаббалари, барглари ҳамда смётни чиқинди йиғиш пунктларида ёки чиқиндиларни олиб чиқиб кетиш операторлари билан келишилган графикка асосан махсус жойларда йиғиб беришга масъулдир!
❗️Шундай экан, Сизга қўйиладиган вазифа битта: дарахт ва бута шох-шаббалари, барглари ҳамда смётни келишилган жойларда тўплаб бериш. Қарорга асосан, "Махсустранс" ёки бошқа операторлар ҳудудингиздаги чиқиндиларни олиб чиқиб кетиши шарт!
#tabrik
➡️Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.
Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.
Tashkilot xalq ichiga kirib borib odamlarning og‘irini yengil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishdek ezgulikka yo‘g‘rilgan ustuvor vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.
Yangi O‘zbekistonda inson qadri va uning sha’nini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatning amaliy namoyoni sifatida 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Bu bayram xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.
Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.
Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman!
Lazizxon Pozilov,
Farg'ona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi boshlig'i
Расмий муносабат
Телеграм ижтимоий тармоғидаги "Жамоат назорати" канали орқали"Лифтсиз қолган фуқаролардан мурожаат" номли видеомурожаат эълон қилинди.
Мазкур мурожаат Фарғона вилоят Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармаси раҳбарияти томонидан алоҳида назоратга олиниб, муаммони бартараф этиш бўйича сайи-ҳаракатлар бошлаб юборилди.
Аниқланишича, Марғилон шаҳар Янги Марғилон шаҳарчаси Янги Фарғона кўчаси 93-уйнинг лифт ускунларида носозлик юзага келган, мазкур кўп қаватли уйларга "Евро коммунал инвест" БСК томонидан хизмат кўрсатилади. Ҳозирда бошқарув компанияси томонидан лифт ускунасини соз ҳолатга келтириш бўйича амалий ишлар олиб борилмоқда.
Qonunga ko‘ra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:
?Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m);
?Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m);
?viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming so‘m);
?boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming so‘m);
?qolgan hollarda bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi.
✅ Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.
*❗️Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi*
Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:
➖2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
➖bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
➖kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
➖davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
➖hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
✅ Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
• yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;
• yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
• yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
• muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;
• bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);
• har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).
?Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago