Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 months ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 8 months ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 9 months ago
UXLAMA, ABITURIYENT!
Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.
Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.
O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".
Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?
Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!
Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.
Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!
To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.
Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.
Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.
Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.
Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!
*✅@Talabalar *| Rasmiy kanali 👇****https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📌 Magistratura va doktorantura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati(yo'nalishlar kesimida)
➖Qaysi yo'nalishga C1 shart?
➖Qaysi yo'nalishga B2 kerak?
➖ Qaysilariga B1 ham bo'ladi?
✅2024-2025 o‘quv yili Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili sertifikatlari yo‘nalishlar kesimida taqdim etilmoqda.
*✅ @Talabalar *| Rasmiy kanali 👇****https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📌 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlarYangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:
*1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:*👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.
2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;
👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:
➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).
❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;
👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.
*3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:*➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.
*✅ @Talabalar *| Rasmiy kanali 👇****https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
??? **Kirib kelgan 17-noyabr xalqaro talabalar kuniga atalgan maxsus she'r.
O‘qishga ham kirib olding,
Qaddingni tut talaba,
Talabalik oltin davring,
Davringni sur talaba.
Garchi vatan farzandisan,
Fakultetda arzandasan.
Shunday ekan qadringni ham,
Sal bilib yur talaba.
Talabasan noming ulug‘,
Bo‘lsa hamki cho‘ntak quruq,
Dilda g‘urur, dilda surur,
Handon erur talaba.
Dada, oyi assalom deb,
Hamyon bo‘m-bo‘sh pul tamom deb,
Bazan ota-onanga ham,
Xat yozib tur talaba.
Yetmay qolsa stipendiya,
G‘amga botmay ishlat miyya,
Mardikorlik bozoriga ,
Yo‘lingni bur talaba.
Bo‘lmoq kerak gapga usta,
Bir gap aytsa startsa.
O‘z bilganingdan qolmasang ham,
Xo‘p-xo‘p deb tur talaba.
Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas,
Talaba degan semiz bo‘lmas.
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas
Rost gap shudir talaba.
Jonga tegsa leksiyalar,
Boshlanganda sessiyalar,
Ahvolinga maymun yig‘lar,
Sho‘ring qurur talaba.
Zachyo‘t dardi bir balodir,
Imtixon ham bir balo.
Senga qolsa ikkovi ham,
Asli bir go`r talaba.**
*? Talaba kursdoshlaringizga yuborib qo‘ying.*
*✅@Talabalar *| Rasmiy kanali ?****https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
*? RASMAN: Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi*
Kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
*✅@Talabalar *| Rasmiy kanali ?****https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 months ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 8 months ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 9 months ago