She'r Ishqi

Description
Kunlarni yetaklab borarman,balkim
She'rsiraydi Qalbim,she'r so'rar Qalbim!..

@OrzuMurod_N_G
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 month, 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 7 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 8 months ago

9 months, 2 weeks ago

Nihoyat....

Necha kunlik mutolaamdan so'ng,Baxtiyor Abdug'afurning "Kazbek"Osiyo arsloni kitobini o'qib tugatdim.

<Vujudini urush\-qirg'in,vaxshiylik,yo'qchilik,fitna,xoinlik...qaritgan o'zbek yigiti.Talato'plarda umr kechirib mazlumlarni himoya qilishga o'rgangan musofir.Nasoroni himoya qilishga kelgan musulmon...>>

-3 yil davomida Nemislar tomonidan ishg'ol qilingan Belorussiya o'rmonlarida nemislarga qarshi partizanlık harakatlarida faol ishtirok etgan,nemislarning katta generalini asir olgan,ko'plab qishloqlarni ozod etgan,boshi uchun hatto Gitler tomonidan salkam 1 mln $ tikilgan,maxfiy hujjatlarni Qo'mondonlikka yetkazish uchun Belorussiyadan Moskvagacha piyoda yo'l bosib yetib kelgan o'zbekning jaydari,sodda,yigiti edi u.

Oxirida meni ta'sirlantirgan va faxr hissini tuydirgan narsa,Moskvaning bosh generali-mayori Safonov Mixail Kondratevich Mamadalining qahramonliklariga tan berib,bu ishlarni hatto men ham qilolmasdim deb tan oladi.Generaldan -nimani xohlar edingiz deb so'rasa,Mamadali bosib o'tgan yo'lni "Mamadali Topvoldiyev"yo'li deb nomlashni,bu jasoratni kitoblarga muhrlashni,maktablarda o'qitilishni xohlar edim deydi.
Keyinchalik,Belorussiyadagi Paserevo qishlog'ining nomi o'zgartirilib, "Topvoldiyevka"deb ataladi,maktab va ko'chalarga uning nomi beriladi.

Asar barcha tarixda o'tgan qahramon bobolarimizni birgina Mamadali,to'liq ismi MuhammadAli Topvoldiyev orqaligina (mana senga bobolaring qanday bo'lgan)ko'rsatib bera olgan..

9 months, 3 weeks ago

Tashqi dushmanni jang bilan yengish mumkin,lekin ichingdagi xoin seni yeb bitiradi..(

9 months, 3 weeks ago
9 months, 3 weeks ago
9 months, 3 weeks ago

BAG’ISHLOV

Uzun-uzun karvonlar,
Hazin-hazin zamonlar,
Zarbof-zarbof choponlar,
Qator-qator a’yonlar,
O’tdi ketdi hoqonlar
Qancha beku boyonlar,
Bir el qoldi dunyoda,
Bir el qoldi yoronlar!

Halolligu poklikdan
Uyiga eshik etgan.
O’zi erday, er ishlab
Tuproqni qo’shiq etgan.
Ko’kda oy,quyoshlarni
Ko’rkiga oshiq etgan,
Yuragida tog’laru
Ko’kragida osmonlar.

Xudo o’zi hohlasa
Imkonlarga yetkizgay,
Daryolarga mavj berib,
Ummonlarga yetkizgay.
El qadriga yetguvchi
Sultonlarga yetkizgay,
Toleiga bitgaydir
Ulug’ davru davronlar.

Dilbandlari o’smoqda,
Ko’zlari jonga jondir.
Birlari Jaloliddin,
Birlari Shohjahondir.
Har biri bir qo’rg’ondir,
Qilich birlan qalqondir
Bu qadu bu qomatlar,
Bu qoshlar, bu mijgonlar.

Farzand bo’lsang, elga boq,
Elni ko’r, elga aylan.
Olamda nokas ham ko’p
Elu dinidan qaytgan,
So’z qadriga yetkuvchi
Zotlar ham bilib aytgan:
Qaydan bilsin el qadrin
El ko’rmagan nodonlar!

Sirojiddin Sayyid

@She_rIshqi

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 month, 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 7 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 8 months ago