Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 3 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago
🟥 СМИ о нас
🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan go4WorldBusiness platformasi ma'lumotlariga asosan O'zbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari va buyurtmachilar talabi o'rganildi.
🚢 O'zbekiston nisbiy ustunlikka ega bo'lgan mahsulotlar (nisbiy ustunlik indeksi 1 dan yuqori) uchun quyidagi potensial bozorlar va yetkazib berishi mumkin bo'lgan hududlar aniqlandi:
✔️ Meva-sabzavotlar hamda ulardan tayyorlangan turli xil qiyom va sharbatlar.
Hududlar* - Surxondaryo, Xorazm, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari
Potensial bozorlar* - Hindiston, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya va Singapur
✔️ Ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola va teri mahsulotlari.
Hududlar* - Namangan, Qashqadaryo, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi
Potensial bozorlar* - Ispaniya va Indoneziya
✔️ O'g'itlar, kimyoviy mahsulotlar, un va kraxmal.
Hududlar* - Farg'ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri
Potensial bozorlar - Xitoy, Malayziya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Shri Lanka*
✔️ Qimmatbaho toshlar va metallar, rux va mis mahsulotlari.
Hududlar* - Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri
Potensial bozorlar* - AQSh, Yaponiya, BAA, Koreya Respublikasi, Tailand, Xitoy, Hindiston, Vyetnam
✅ Mazkur mahsulotlar buyurtmachilarining 73 foizi mahsulotni ishlab chiqarish, sug'urtalash va yetkazib berish xarajatlari sotuvchining zimmasiga yuklatilish talabini qo'yishgan (CIF).
✅ Xaridorlarning 61 foizi to'lov shakli sifatida akkreditivni (LC - Letter of Credit), 16 foizi bank orqali to'g'ridan-to'g'ri o'tkazmalarni, 11 foizi telegrafik pul o'tkazmasini (TT - Telegraphic Transfer) afzal ko'rishadi.
Izoh: Akkreditiv xalqaro savdoda risk darajasi kichik bo'lgan eng ishonchli to'lov shakli hisoblanadi.
✅ Buyurtmachilarning 81 foizi uchun mahsulotni yetkazib beruvchi korxona qaysi mamlakatdan ekanligining ahamiyati yo'q va ushbu bozorlarga o'zbekistonlik tadbirkorlar ham kirib borish imkoniyatiga ega.
‼️ Shuni ta'kidlash joizki, hududlarda transport va eksport infratuzilmasining ushbu potensial bozorlarga chiqish uchun moslashtirilishi, eksportchi korxonalarga yaqindan konsultativ va moliyaviy ko'mak berilishi eksport ko'lamining oshishi, samaradorlikning yaxshilanishi, innovatsion faoliyatning jadallashishi, aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi.
📌 Tadqiqotda respublika va uning hududlari uchun nisbiy ustunlik indeksi (RCA - Revealed Comparative Advantage) hisoblab chiqilgach, O'zbekiston eksport qilishda nisbiy ustunlikka ega bo'lgan mahsulotlar hamda ularni eksport qilishi mumkin bo'lgan viloyatlar aniqlandi. Tahlillarda www.go4worldbusiness.com *veb-sahifasidan 2024-yilning oktyabr-dekabr oylari uchun veb-skreping (web-scraping) orqali to'plangan 16 340 ta buyurtmachi*ning ma'lumotlari hamda Statistika agentligi ma'lumotlaridan foydalanildi.
? Знаете ли Вы?
✔️ В мировом масштабе, ежегодно 92 миллиона тонн текстильных отходов оказываются на мусорных полигонах;
✔️ 73% текстильных отходов на глобальном уровне сжигаются или захораниваются на мусорных полигонах, это приводит к большим ресурсным потерям и загрязнению окружающей среды;
✔️ Только 13% мировых текстильных отходов тем или иным способом перерабатываются, менее 1% текстильных изделий перерабатывается в новую одежду;
✅ В Германии ежегодно собирается более 1 млн тонн текстиля. Примерно 62% собранной одежды поступает на повторное потребление, остальное перерабатывается для создания обтирочных материалов. Только 4% собранного текстиля закапывается. А в Узбекистане?
? С целью определения степени распространенности и мотивов вторичного потребления одежды или как широко известно среди населения «секонд-хенда», а также уровня сортировки и переработки одежды в стране экспертами Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) при Кабинете Министров Республики Узбекистанпроводится онлайн-опрос.
?Уважаемые граждане! Просим Вас принять активное участие в данном опросе и выразить свое мнение.
⌛️Прохождение опроса займет не более 2-3 минут.
?Ваше активное участие будет способствовать разработке конкретных предложений по решению вопросов переработки одежды и обеспечения циркулярности текстильной индустрии.
? Bilasizmi?
✔️ Dunyoda har yili 92 million tonna to‘qimachilik sanoati chiqitlari chiqindi poligonlariga chiqarib tashlanadi.
✔️ Global miqyosida to‘qimachilik sohasi chiqitlarining 73 foizi yoqib yuboriladi yoki chiqindi poligonlariga ko‘miladi. Bu esa katta resurslar yo‘qotilishi va atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi.
✔️ Jahonda to‘qimachilik tarmog‘i chiqindilariniing faqat 13 foizigina u yoki bu usulda qayta ishlanadi, 1 foizdan kamrog‘i esa yangi kiyim-kechakka aylanadi.
✅ Germaniyada har yili 1 mln. tonna to‘qimachilik chiqindilari to‘planadi. To‘plangan kiyim-kechakning taxminan 60 foizidan yana foydalaniladi, qolgani tozalash uchun ishlatiladigan materiallarni tayyorlash uchun qayta ishlanadi. Faqat 4 foizi ko‘miladi. O‘zbekistondachi?
? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari kiyim-kechaklardan qayta foydalanish yoki aholi orasida ma’lum bo‘lgan “Second hand”ning yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, mamlakatda kiyim-kechaklarning saralanish va qayta ishlanish darajasini aniqlash maqsadida onlayn so‘rov o‘tkazmoqda.
? Hurmatli yurtdoshlar! Sizdan ushbu so‘rovda faol ishtirok etish va o‘z fikringizni bildirishingizni so‘raymiz.
⌛️ So‘rovda qatnashish 2-3 daqiqa vaqtingizni oladi.
? Siz bildiradigan fikr-mulohazalar kiyim-kechaklarni qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatida sirkulyarlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishda ko‘mak beradi.
? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning yanvar-iyun oylarida hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish samaradorligini tahlil qildi.
? Tahlil davomida IPI (Investment Perfomance Index - Investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi indeksi) indeksidan foydalanildi. Ushbu indeks hududlarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi hududning respublika taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulushiga qanchalik mos ekanligini ko‘rsatadi. IPI indeksi uchun me'yordagi ko‘rsatkich 1,00 ga teng va bu hududning barqaror rivojlanishi uchun investitsiyalarni jalb qilish siyosati yaxshi yo‘lga qo‘yilganini anglatadi.
?? 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 229,3 trln. so‘mga yetgan. Bu 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 1,4 marotaba ko'p. Xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,7 barobar oshgan va 157,6 trln. so‘mga teng bo‘lgan.
☑️ Shunga qaramay, hududlar miqyosida investitsiyalarning taqsimlanishida tafovutlar saqlanib qolmoqda. Masalan, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi bo‘yicha respublika miqyosidagi yuqori va quyi o'rinlarni egallagan uch hudud qiymatlari orasidagi farq joriy yilning yanvar-iyun oylarida qariyb 4,4 baravarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‘yicha esa 3,8 baravarni tashkil etdi.? 2024-yilning dastlabki olti oyi ma'lumotlari asosida hisoblangan IPI indeksiga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi:
✅ Aksariyat hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar bo‘yicha me'yor ko'rsatkichga qaraganda yuqori qiymatlar saqlanib qolmoqda. Bu borada Buxoro (2,35), Namangan (1,77) va Qashqadaryo (1,62) viloyatlari boshqalarga nisbatan ajralib turibdi. Samarqand (1,04) viloyati va Toshkent (0,94) shahrida me'yordagi ko‘rsatkichga yaqin qiymatlar qayd etildi.✅ To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo'yicha Andijon (1,00) viloyatida me'yordagi, Navoiy (0,96) va Samarqand (0,91) viloyatlarida me'yor ko‘rsatkichiga yaqin qiymat qayd etildi. Buxoro (2,92), Namangan (2,06), Jizzax (1,92) va Qashqadaryo (1,88) viloyatlarida me'yordagidan ancha yuqori natija kuzatildi. Toshkent shahrida (0,54) indeks 1 dan ancha past bo‘ldi.
? Shuningdek, tadqiqot davrida qayd etilgan ko'rsatkichlarni avvalgi uch chorak natijalaribilan taqqoslash asosida quyidagilar aniqlandi:
✅ So‘nggi yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarining hajmi ortib borishi IPI indeks qiymatlarining tebranishiga kuchli ta'sir ko‘rsatmoqda.
✅ Xususan, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar hisobidan quyosh va shamol elektrostansiyalari, shuningdek, gaz-kimyo majmuasining qurilishi kabi yirik loyihalar yuqori indeks qiymatining shakllanishiga sabab bo'lgan.
✅ Shuningdek, Toshkent shahrida korxona mablag'lari hamda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar va kreditlar asosiy kapitalga investitsiyalarning muhim manbalari hisoblanadi. Bu esa IPI indeksi asosiy kapitalga investitsiyalar bo'yicha normal ko'rsatkichga yaqin, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar va kreditlar bo'yicha normal ko'rsatkichdan past ekanligini izohlaydi.
❗️Ta'kidlash kerakki, IPI indeksi hududlar miqyosida investitsiyalarning miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan bo‘lib, ularning sifat ko‘rsatkichlarini anglatmaydi.
? Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari hududlarning 2017-2023 yillardagi iqtisodiy faollik barometrini (IFB) baholadi.
? Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning barqaror o‘sishi (2017-2023 yillarda 1,4 barobarga oshdi) bilan tavsiflanadi. YaIMning yiliga o‘rtacha 5,4 foiz o‘sishiga asosan xizmat ko‘rsatish (2,4 foiz) va sanoat (1,5 foiz) tarmoqlari salmoqli hissa qo‘shdi.
*⚖️ IFBga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududi (Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Andijon, Toshkent viloyatlari) izchil rivojlanayotgan hududlar guruhidan joy oldi (85 ball ≤ IFB ≤ 100 ball*).
Ma’lumot uchun:* IFBni baholashda ishlab chiqarish, tadbirkorlik faolligi hamda hududlarning jozibadorligini aks ettiruvchi 3 ta blok va 13 ta ko‘rsatkichdan foydalaniladi. 100 balli baholash usuli* asosida hududlarning faollik darajasi yuqori (85 ball ≤ IFB ≤ 100 ball), o‘rtacha (71 ≤ IFB < 85 ball) va past (IFB < 71 ball) bo'lgan guruhlarga ajratiladi.
? Rivojlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida iqtisodiy faollik asosan sanoat (1,6 barobar), qurilish (2,1 barobardan ortiq), xizmatlar (1,8-2,4 barobar), investitsiyalarni jalb qilish (1,9 barobar) kabi sohalardagi o‘sish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (KBS) sonining (2,2 barobar) ortishi hisobiga ta’minlandi. Buning natijasida mazkur hududlarning YaIMdagi mavqei mustahkamlandi (YaHMning YaIMdagi ulushi 2017-yildagi 25 foizdan 2023-yilda 27,2 foizga oshdi);
?Rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan Jizzax va Xorazm viloyatlarida esa sanoat (o‘sish 1,6 barobardan ortiq), qurilish va xizmatlar (2 barobar), investitsiyalarni jalb qilish (3,5 barobardan ortiq), tovar va xizmatlar eksporti (2,4-3,3 barobar), ro‘yxatga olingan (2,4 barobar) va yangi tashkil etilgan (2,6 barobardan ortiq) KBSning ortishi iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili bo‘ldi;
*? IFBning* 2 ta ko‘rsatkichi (faoliyat ko‘rsatmayotgan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan KBS sonining ko‘payishi) bo‘yicha salbiy tendensiya qayd etilganiga qaramay, Jizzax va Xorazm viloyatlarining rivojlanish dinamikasi yetakchi pozitsiyalar bo‘yicha jadal o‘sish kuzatilgan ko‘rsatkichlarning ko‘pligi (mos ravishda 8 ta va 10 ta) bilan ahamiyatlidir. Natijada ushbu hududlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM ko‘rsatkichining YaIM ko‘rsatkichiga biroz yaqinlashishi kuzatildi. Masalan, YaIM va Jizzax viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM o‘rtasidagi farq 2017-yildagi 1,8 barobardan (12-o‘rin) 2023-yilda 1,3 barobarga (6-o‘rin) kamaydi.
? Shu bilan birga, hududlarning iqtisodiy faolligini ta’minlashda ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik faoliyatini yaxshilash masalalarini hal etish davr talabiga aylanib bormoqda.
*?? “O‘zbekiston-2030” strategiyasida “drayver” tarmoqlarni rivojlantirish va hududlar salohiyatidan to‘liq foydalanish, 2030-yilga borib, iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar”* qatoriga kirish rejalashtirilgan. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan:
? hududlarning ishlab chiqarish faolligini oshirishda – har bir hududda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘ygan korxonalarni faol rag‘batlantirish tizimini joriy etish, aholi soni 300 ming nafardan ortiq bo‘lgan shahar va tumanlarda IT xizmatlari, ta’lim, tibbiy xizmatlar, turizm xizmatlari, mehmonxona boshqaruvi, ovqatlanish va transport xizmatlarini rivojlantirish;
? hududlar jozibadorligini oshirishda – hududlarning investitsiya reytingini joriy etish, salohiyat va imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir hududning investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirish, kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish, xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlarini kengaytirish;
? hududlarda tadbirkorlik faolligini oshirishda – tadbirkorlarga «tayyor biznes» shaklida bino berish mexanizmini keng joriy etish, soliq tizimini to‘liq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 3 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago