O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Description
Adabiyot yashasa, millat yashaydi.

Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг:
@yozuvchilarbot
Advertising
We recommend to visit

✅ @Jahon_xabarlari расмий канали


⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар, энг сўнгги тезкор хабарлар ва долзарб янгиликлар!

💰 Реклама учун @otash_media_uz

Last updated 1 day, 3 hours ago

⭐️ Кун давомида каналимизда:

🌐 Ўзбекистон ва Жахон янгиликлари
📑 Фақат янги мавзулар
⚡️ Тезкорлик
✅ Аниқлик ҳамда расмий хабарлар

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: 👉 @KunVideolari_Aloqabot

📑 Реклама: @Reklama_Xaqidaa

Last updated 3 weeks, 2 days ago

✅ СИЗ БУ ЕРДА НАМОЗ ҲАҚИДА БАТАФСИЛ МАЪЛУМОТЛАР ОЛИШИНГИЗ МУМКИН.

⏰ ШУНИНГДЕК, КУНЛИК НАМОЗ ВАҚТЛАРИ БЕРИБ БОРИЛАДИ.

👨‍💻 Админ: @Namoz_Creator

Реклама: @Reklama_Xaqidaa
@Namoz_Creator

Дўстларингизни ҳам таклиф қилинг!

Last updated 1 week, 6 days ago

2 weeks ago
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
2 weeks ago
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
2 weeks ago
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
3 weeks ago
**Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan …

Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan adabiy festival qatnashchilariga tabrik yoʻlladi“Green Hills Resort” dam olish maskanida bo’lib o’tgantadbirda qatnashgan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdavlat rahbarining tabrigini oʻqib eshittirdi.

Prezident ushbu tadbir tashkilotchilari, jumladan “UzReport” telekanali jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, ushbu adabiy festivalni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazish taklifini qoʻllab-quvvatladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-erkin-vohidov-ijodiga-bag-ishlangan-adabiy-festival-qatnashchilariga-ta

Lotin|Кирилл

3 weeks, 1 day ago

To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi

EHTIROM
*“Boy bolasi, bek bolasi, Tangrining quli, O‘zbekning uli Abdunabi! Siz maʼnaviy jihatdan bu yurgan odamlarning hammasidan boysiz”.

Ustoz To‘ra Sulaymonning bizga sovg‘a qilingan “Intizor” nomli sheʼriy risolachasidagi dastxati*

Sayhunning bo‘ylari soz,
Lochin, turna, g‘oz bilan.
Dala-dashti, qo‘y-qo‘zi,
Cho‘pon dili – roz bilan.

Yellarda yolqin yolli,
Yildirim do‘nanlari.
Irlarida yayraydi,
Ming yillik o‘lanlarim.

Qizlari sho‘x, cho‘h qaysar,
Jo‘q, dedimi, jo‘q, tamom.
Chinozdan o‘tolmaysan,
Boshqa yo‘li yo‘q, tamom.

Vodiylarda izg‘ima,
O‘xshashini topmaysan.
Suruv-suruv qo‘yli bo‘l,
Suluviga yoqmaysan.

Sirdaryoda “siz-biz”ing,
Kekkayishing ketmaydi.
Qirq qozonda “jiz-biz”ing
Bir ovulga yetmaydi.

To‘ylarida to‘rt polvon
To‘qqiz to‘qli yeb ketar.
Ko‘pkariga Kesh, Surxon,
Xorazm ham kep ketar.

Yurtlar kezdim bir jozib,
Bug‘day so‘z, tuz, noni bor.
Sirdaryoga taraf yo‘q,
To‘ra Sulaymoni bor.

Ustoz umrim arqoni,
Tuyangizga tuk bo‘lmas.
Borim – yozgan, yiqqonim
Qirchang‘izga yuk bo‘lmas...

Ustoz, bizni yo‘qlabsiz,
Sizni Xudo yo‘qlasin!..

2005

Ketma bahor, ketma...
To‘ra Sulaymon

Bahmaljon,
Bag‘ringga bahorlar qaytdi,
Hamal epkinlari ifori g‘olib.
Chechaklar, chiviqlar qo‘shiqlar aytdi,
To‘ra Sulaymondan ulgular olib.

Bahor yana qaytdi, kechmishin qumsab,
Irmoqni qitiqlab yalpiz qiqirlar,
Qo‘y qo‘zilar yayrab, toychoq dikirlab,
So‘qmoqlar qirlardan shoirin izlar.

Assalom, Tangritog‘, tog‘lar otasi,
Bu yil ko‘klam senga qaytdi o‘zgacha.
Bu shamol, To‘rangdan sog‘inchli sasdir,
Har bir g‘uncha bir bayt, baytki, o‘zgacha!

O‘zbekning har kenti, har bir go‘shasi
Ushbu nomni bugun qo‘yar boshiga.
To‘ra Sulaymon deb, qancha yo‘l bosib,
Mana, biz ham keldik “To‘qson oshi”ga.

Bahmaljon,
Bormisan, sog‘ omonmisan?
Yo‘qlab kelmoq asli erur-ku burchim.
Kel, bugun qoshingda qilayin taʼzim,
To‘ra Sulaymonni tuqqaning uchun!

09.04.2024

Abdunabi Boyqo‘ziyev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

[​](https://telegra.ph/file/a3a041d342e430cc8bfb0.jpg)*To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi*
3 weeks, 1 day ago

TO‘RA SULAYMON TAVALLUDINING 90 YILLIGIGA

Guliston davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi munosabyuati bilan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon maʼnaviy merosining taʼsiri” mavzusidagi anjumanni oliygoh rektori Muhsin Xojiyev kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Fazilat Qodirova, Turkiya Respublikasi “ Balikesir” universiteti rektori Yucel Ogurlu, professor Narzulla Jo‘rayev, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizbek Turdiyev so‘zga chiqib, shoirning hayoti va sheʼriyati borasida gapirdi. To‘ra Sulaymon ijodini o‘rganish, yangi avlod tarbiyasida uning asarlarini ahamiyati, milliylikni anglash borasida tutgan o‘rni haqida atroflicha mulohazalar yuritildi.
Tadbirda shoirning shogirdlari, ijodkorlar, farzandlari ishtirok etdi. Anjumanda yig‘ilganlarga mazkur konferensiya materiallari jamlangan kitob tarqatildi.

Noriniso Qosimova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi mutaxassisi

2 months, 3 weeks ago
[#Мақолалар](?q=%23%D0%9C%D0%B0%D2%9B%D0%BE%D0%BB%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80)

#Мақолалар

Шукур Холмирзаев. Адабиёт ўладими?

Батафсил:
https://online-journal.uz/?p=1500

«Гулистон» ва «Театр» журналлари бирлашган таҳририяти:
t.me/online_journal_uz

Сайт | Telegram | Youtube

2 months, 3 weeks ago

Мен истайман, ҳамма рост гапирса. Мен истайман, нафсдан ўзини устун қўйсалар. Тамом, бошқа ниятим йўқ. Шунинг замирида маънавият ётибди.

Telegraph

ХОЛМИРЗАЕВ САБОҚЛАРИ

Чинакам ёзувчи ҳаётни теран мушоҳада этади, зиммасидаги вазифа моҳиятини англашга интилади. Ҳақиқат йўлидаги саъй-ҳаракатлар, пировардида, унинг яшаш тарзига, умр мазмунига айланиб кетади. Санъаткор қалби халқнинг аҳвол-руҳияси, кечмишу тақдири акс этадиган…

[Мен истайман, ҳамма рост гапирса. Мен истайман, нафсдан ўзини устун қўйсалар. Тамом, бошқа ниятим йўқ. Шунинг замирида маънавият ётибди.](https://telegra.ph/HOLMIRZAEV-SABO%D2%9ALARI-03-24)
2 months, 3 weeks ago

#Бир_пиёла_чой_устида

**Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шукур Холмирзаев билан суҳбатдан...

Эшқобил ШУКУР:**Бутун умрингизни адабиётга бағишладингиз. Барибир шу саволга бугун ҳам тўхталишни истардим.
Кимдир адабиётга тарбия воситаси деб қараса, кимдир санъат деб қарайди, кимдир шунчаки эрмак деб қарайди. Ҳўш, сизнинг хулосангиз қандай? Адабиётнинг ўзи нима ва бу жараёнда шу ёшга етиб келган хулосангиз нима бўлди
?

2000 йил

2 months, 4 weeks ago

Ta'ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, "Sharq yulduzi" va "Звезда Востока" jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Raufga akasi Salohiddin akaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

We recommend to visit

✅ @Jahon_xabarlari расмий канали


⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар, энг сўнгги тезкор хабарлар ва долзарб янгиликлар!

💰 Реклама учун @otash_media_uz

Last updated 1 day, 3 hours ago

⭐️ Кун давомида каналимизда:

🌐 Ўзбекистон ва Жахон янгиликлари
📑 Фақат янги мавзулар
⚡️ Тезкорлик
✅ Аниқлик ҳамда расмий хабарлар

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз: 👉 @KunVideolari_Aloqabot

📑 Реклама: @Reklama_Xaqidaa

Last updated 3 weeks, 2 days ago

✅ СИЗ БУ ЕРДА НАМОЗ ҲАҚИДА БАТАФСИЛ МАЪЛУМОТЛАР ОЛИШИНГИЗ МУМКИН.

⏰ ШУНИНГДЕК, КУНЛИК НАМОЗ ВАҚТЛАРИ БЕРИБ БОРИЛАДИ.

👨‍💻 Админ: @Namoz_Creator

Реклама: @Reklama_Xaqidaa
@Namoz_Creator

Дўстларингизни ҳам таклиф қилинг!

Last updated 1 week, 6 days ago