Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 days, 7 hours ago
✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"
Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!
REKLAMA: @aslfutbol_reklama
INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol
Last updated 4 days, 11 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 3 months, 2 weeks ago
МОНОЛОГ
*Ҳар кимнинг рўзғори сеникидек ғор,
Ҳаммада ўзига етарлиси бор.
Оҳ тортма, додлама зарра синовга,
Малолинг келмасдан яша, бировга.
Менга, деяверма ҳар нени тортиб,
Бериб кўр ўзинг ҳам ўзингдан ортиб.
Ўлигингни ортма бировга зинҳор,
Ўзингга ўзинг бўл, тиргак, нажоткор.
Ўзингни севмагин ҳаддан зиёда,
Йўқсаким қоласан бир кун пиёда.
Севги берсанггина оласан уни,
Йўқса чиқаверар кўнглинг тутуни.
Ўзидан ўзгани демаган каслар
Чиқяпман, дейди-ю, аслида пастлар.
Меъёрга риоя қил ҳамма ишда,
Қоласан бўлмаса бурнингни тишлаб.
Дунё олди-берди бозори, билсанг,
Ўзингга қайтади, нимадир қилсанг.
Хуллас аввал ҳақин тўла барини,
Сўнг кутсанг арзийди меваларини...*
Озода ҲАБИБУЛЛАЕВА
10.2024@dilsatrlarii
Bugun turmush oʻrtogʻimning tugʻilgan kunlari🥰🥰
Allohim umrlarini uzoq qilsin! Chol boʻlib qolganlarida yonlarida kampirshoh boʻlib yuray😋
Меҳрингиздан куч олиб,
Яшнаб турар дил боғим.
Яхшиямки бахтимга
Сиз бор, турмуш ўртоғим.
ЭСЛАТМА
Менга тиш қайрама, сочма заҳрингни,
Муштингни ўзингга қайтиб бераман.
Кўрсатмоқчи бўлсанг зарра қаҳрингни,
Турмуш ўртоғимга айтиб бераман.
Оғир юк кўтариш мумкинмас менга,
Қаддимни букишга урина кўрма!
Зўр бўлсанг ўзингга, ҳайиқай нега?!
Кичкина бўлсам ҳам сендан-да зўрман.
Эшигим тагига ташлама ташвиш,
Қолдирсанг сен фақат туҳфалар қолдир.
Сенга енгилмайман, бу бўлмағур иш,
Чунки менинг икки ёш болам бордир.
Чалма оёғимдан, қоқилиб кетсам,
Тишимнинг оқини кўраверасан.
Эй, ҳаёт, қачон-ки сўнгингга етсам,
Шунда оқ байроқни менга берасан.
Озода ҲАБИБУЛЛАЕВА
10.2024T.me/dilsatrlarii
Hech kimsa dardiga topmaydi chora,
Qorani oq derlar, oqni-chi qora.
Roʻzgʻor bu gʻor ekan, teshik togʻora,
Odam bilan odam ishi yoʻq qarang,
Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora...🌱**🍃****T.me/dilsatrlarii
★★★
Кўзингни юм, бирлаштир лабинг,
Ҳамма нарса гўзал, деб ўйла.
Шу деб билгин, ҳаёт талабин,
Кетавергин оқимни бўйлаб.
Ҳеч кими йўқ жойга етганда,
Бақир, дод сол, ёмон сўзлар айт.
Лек ўзингни мамнундек кўрсат,
Сенга кимдир яқинлашган пайт.
Куни келиб етсанг Худога,
Қовоғини солса қаҳр этиб.
Ташвишланма, де, "оломондан
Айрилишга бўлмади бетим".
Де "Ўзингнинг айтганинг қилдим,
Рози бўлдим бари - баридан.
Кўзларини очган йиқилди,
Овоз чиқса ё лабларидан..."
Юрагингда ўстирмай ғулу,
Тахт қилсанг бас керакли сўзинг.
Ташвишланма, кечиради У
Сенга ўхшаб юмолса кўзин...
Озода ҲАБИБУЛЛАЕВА
10.2024
Tashqarida turmush oʻrtogʻimning "onasi" deb meni izlab yurgani eshitildi. (Meni izlashini yaxshi koʻraman) Uyga kirganida qoʻlida yarimta shaftoli bor edi. Tashqarida oʻrtogʻi kutib turgan ekan. Ol, ye, shirin ekan, deb yarimta shaftolini menga uzatdi. Koʻnglim shunaqa yorishdi-ki, biron nimalar olib berganda yoki pul berganda ham yarimta shaftolidek xursand qilmasdi. Ehtiyojlarimni olib berish yoki pul berish yorimning majburiyati ham, lekin yarimta shaftoli uning muhabbatidir! Muhabbat oʻsha yarimta shaftolida!
Muhabbat – majburiyatsiz mehr berish va gʻamxoʻrlik qilishdir. Mehr va gʻamxoʻrlik esa eng pishiq arqon, qaysiki, munosabatlarni bogʻlab turadigan. Mehr va gʻamxoʻrlik sizni umr yoʻllarida sovuq qotib qolishdan asraydigan manba! Muhabbat – shunday koʻzoynakka oʻxshaydi-ki, u boʻlsa olam yorqin va rang-barang, u boʻlmasa xira va rangsiz koʻrinadi...
Baxt esa inson muhabbatining aynan turmush oʻrtogʻiga atalganidir...
★★★
Muhabbat – bu yorning qoʻlida
Sizga kelgan yarim shaftoli.
Koʻnglingizda qolgani, soʻngra
Ol, onasi, degan soʻz boli.
Muhabbat – bu yarim kechasi
Yelkangizni yopgan yopinchiq.
Muhabbat, gar ogʻrisa tani,
Koʻnglingizni qiynagan sanchiq.
Muhabbat – hech qanday sababsiz
Kulib boqa olingan koʻzda.
Maʼyuslikda yurakdan chiqqan
"Yaxshimisan" deyilgan soʻzda.
Muhabbat – bu jaziramada
Usiz sovuq qotgan jismingiz.
Muhabbat – mehrga qorishib,
Lablaridan chiqqan ismingiz.
Muhabbat – bu aynan siz uchun
Bogʻdan uzib olingan guldir.
Hayot, barcha bolalaringni
Shu tuygʻuning taftidan kuldir!
Ozoda Habibullayeva
09.2024
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 days, 7 hours ago
✅ Тот самый знаменитый канал "Асл Футбол"
Deyarli barcha top futbol uchrashuvlari translyatsiyasi amalga oshiriladi hamda gollar videosi ham tashlab boriladi!
REKLAMA: @aslfutbol_reklama
INSTAGRAM: instagram.com/asl_futbol
Last updated 4 days, 11 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 3 months, 2 weeks ago