Xayrli kunlarning birida...

Description
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

3 years, 2 months ago

Ma'lum sabablarga koʻra kanal koʻchirildi. Balki shu tarzda, kim bilsin, balki boshqacharoq davom etarmiz yangi manzilda...

Ulanish: @ogabek_sharip

3 years, 2 months ago

Bosh

Umidning madori so'rilgan
Salga pir bo'ladi hafsala.
Devor boshga kelib urilgan,
Bosh suqilgan hamma ish chala.

O'ng ko'z so'lga ishlatsa nayrang,
Bechora bosh qayerga borar?
Pishib turgan tarvuzdek–tarang,
O'z o'zini ikkiga yorar.

Haqqa kelsa juft quloq batang,
Biyron tilning tishlangan uchi.
"Ehtiyotlang boshni, asrang,
Tesholmasin fikr qilichi".

"Boshing toshdan bo'lsin" gapini,
O'zgartirib qo'yinglar bunda.
Mahkam qilib bolta sopini,
O'tin yorsa bo'lar, bosh–kunda.

"Ehtiyotlang boshni, asrang"...

© Og'abek

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

[‍](https://telegra.ph/file/6f1dda019868c4e3eae54.jpg)Bosh
3 years, 3 months ago

***
"An-nazofatu min al-imoni" – "Poklik imondandir.

Ayyom muborak boʻlsin!

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

[‍](https://telegra.ph/file/b57201cbebaceeb45cc20.jpg)***
3 years, 3 months ago

‍***
Bir ulg'aygim keladi,
Bir bolalik xumori.
Qabatimda gijinglar
Sarsari ruh tulpori.

Buyum kabi to'kildi
Qancha orzu ohori.
Ortda qoldi umrning
Yigirma uch bahori.

Shamolga shogird tushdim–
Shovulladim, uvladim.
Nimadandir qochdim-u,
Nimanidir quvladim.

Boshim ko'kka chirmashar,
Oyog'im tortadi Yer.
Nedan nishon ushbu hol?
Javob ber, Qur'on–tafsir.

Erkin yashagim keldi
Yovvovi hayvon kabi.
Yarashmadi itlarning
Zanjiri-yu laqabi.

Baxtdan rosti zerikdim,
Darddan topdim ma'noni.
Toychoq qilib o'ynadim
Egarlangan dunyoni.

Zo'rlangan haqiqatni
Ko'zlarimga qamadim.
To'kolmadim she'r qilib,
Kelmadi hech omadim.

Nelarga da'vo chiqdim,
Aslim loy-u bir chimdim.
Menimcha, odam bo'lib
Bir kun ham yashamadim!

Nimadandir qochdim-u,
Nimanidir quvladim...

© Og'abek

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

[‍](https://telegra.ph/file/d4c2575c41f0e999280e9.jpg)‍***
3 years, 3 months ago
3 years, 3 months ago

Oshiqman

Atrofingda tumonat
Oshiqlar aylanar gir.
Bu yerdaman, hey, Omad,
Manga ham qarab qoʻy bir.

Ishqim Oʻziga ayon,
Mani yaxshi tanir Rab.
Tugʻilganimdan buyon
Yuribman sani soʻrab.

Ortingdan qolgʻonim yoʻq,
Tovonim qonab ketdi.
Rostim bor, yolgʻonim yoʻq,
Kutish ham jondan oʻtdi.

Koʻngil visol istaydi,
Sanla baxt qildim faraz.
Ishqing manga tushsaydi
Sabr kosam ketmay darz.

Bu yerdaman, hey, Omad,
Manga ham qarab qoʻy bir...

© Ogʻabek

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

[‍](https://telegra.ph/file/5b49a946cb8c054235b98.jpg)Oshiqman
3 years, 3 months ago

Yoʻl-yoʻlakay

Yo'lda shoshib ketyapman. Manzilimga vaqtli yetib borishim kerak, ortiqcha vaqt yoʻqotib, to'xtolmayman. Katta yo'lning oʻrtasida yoshi ulug'roq bir inson dumalab yotibdi, oyoq va bosh kiyimi oʻzidan nariroqda, turishga qancha chiranmasin, madori yetmayapti. Oʻtgan, qaytganlar, rahmi kelibmi, jirkanibmi qarab oʻtyapti. Mardlarni dunyo yutganmi-ki, biror mard chiqib, yordam qoʻlini choʻzmayapti. Bovmish (alkash) deb oʻylashyapti chamam. Bovmish boʻlsa nima qipti?! Yordam beray deyapman-u, vaqtim oʻta ziq. Boʻynimni buray-buray qarab, uzoqlashyapman. Shu payt oq-sariqdan kelgan, nimjon bir qiz haligi kishini sochilib yotgan oyoq va bosh kiyimini olib, oldiga keldi-da, turishiga koʻmaklasha boshladi. Urush tugagach, qahramon koʻpayib qoldi-ku, yon-atrofdagi yigitlarning yigitligi esiga tushib ketdi chogʻi, oʻzlarini najotkordek tutib, yordamlasha ketdi, chetga olib chiqishib, ust-boshini qoqa boshlashdi. Bu paytda men ancha uzoqlashib, avtobusimni kutayotgandim. Koʻzim ham, xayolim ham oʻsha yerda lekin. Haligi qiz "ochiq" kiyinib olgan, yuz-koʻzlari obdon boʻyalgan, koʻrgan uni tannoz bir oyimcha deb oʻylasa, oʻylaydi-ki, hozirgina qilgan oliyjanobligiga ishonmaydi. Yoʻq-yoʻq, men uning kiyinishini ham, yurish-turishini ham malomat qilmayapman. Oʻlay agar insonlaring zohiri bilan ishim yoʻq. Qaytanga oʻz qadriyatiga ega isnon boʻlsa, hurmat qilaman. Demoqchiman-ki, insonning kimligi, amali, qalbida nima borligi har doim ham uning tashqi koʻrinishi bilan belgilanmaydi...

© Ogʻabek

#achchiq_chuchuk

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

[‍](https://telegra.ph/file/ef7c233a0c6e248f5b3d1.jpg)Yoʻl-yoʻlakay
3 years, 3 months ago

Hammamiz “indamaslik kasali”ga chalinganmiz. Oqibati nima boʻlarkan?!

“Bexos fikr tugʻilsa, yozib qoʻyinglar. Oniy fikr – ilohiy fikr”, deya uqtirarkan akademik Matyoqub Qoʻshjonov shogirdlariga.

Asl sanʼat va albatta adabiyot bundan buyogʻiga yanada xoslashib, “ingichkalashib” – juda-juda ozchilik didiga moslashib boraveradi shekilli.

Yaxshi narsa reklamaga muhtoj emas deydiganlar yanglishadiyov. Har narsa bozorga chiqqan hozirgi zamonda yaxshi fikrlarni ham reklama qilib turish zarurga oʻxshaydi.

Farzandlari maddoh yurt qudratsiz boʻlur.

Aytilmagan soʻzning ham uvoli bor.

© Behzod Fazliddin

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

Telegram

Xayrli kunlarning birida...

@ogabekjon\_0516

***
3 years, 3 months ago
Xayrli kunlarning birida...
3 years, 3 months ago
Tavsiya

Tavsiya

Mana bu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman! Abdurauf Fitratning ushbu risolasi butun bir davlatning, jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy boʻgʻini boʻlgan–oila va uni boshqarish tartiblari haqida. Uylangan-u uylanmagan, turmushga chiqqan-u turmushga chiqmagan erkag-u ayol oʻqishi birdek zarur boʻlgan kitob. Boshidan oxirigacha Islom va Qur'on arkonlarlari bilan tushuntirilgan. Keng qamrovdagi risola. Har bir boʻlimiga, bandiga, tilga olingan mavzusiga toʻxtalib oʻtmadim, mundarijani keltira qoldim. Koʻrish mumkin-ki, oila mavzusining hech bir jihati e'tibordan chetda qoldirilmagan.
Kim-ki, hali oʻqimagan boʻlsa, to oʻqib chiqmagunicha ichi qizisin!

Kimda agar shu kitob boʻlsa, sotsa, sotib olaman.

Murojaat: @ogabekjon_0516

https://t.me/xayrlikunlarningbirida

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid