"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

Description
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago

Quyosh energiyasi orqali daromad olish: О‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
“Bir kunda umumiy tarmoqlarimizdan 30 million sо‘mlik elektr olyapmiz. Bu bir oyda 900 million bо‘ladi. Mening hisobim bо‘yicha bu daromadli biznes” – О‘zbekiston sharoitida quyosh panellaridan foydalanayotgan tadbirkorlar uni nafaqat muntazam elektrdan foydalanish, balki daromadli biznes sifatida talqin qilishmoqda.

👉 https://kun.uz/kr/89303564

*🌐*** Telegram

2 months, 1 week ago
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
2 months, 1 week ago
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
4 months, 2 weeks ago

**TA'MINOT TO'LIQ TIKLANDI

110/6 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli «L-DOK-2» yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etildi.

Ayni vaqtda, Olmazor tumani hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soʻraymiz.**

*✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati?* Telegram

4 months, 2 weeks ago
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan …

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli sa'y-haratlar, sohada amalga oshirilayotgan ishlar “Toshkent” telekanalining “Teletahlil” tahliliy dasturining navbatdagi sonida.

Sohaga bag'ishlangan ko'rsatuvning navbatdagi sonida Shayxontohur, Sergeli hamda Yangihayot tuman elektr ta'minoti misolida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

YouTube

4 months, 3 weeks ago

Sobiq ODO binosining orqa tomonidagi maydonda transformator yongani yoʻq

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Yuridik universiteti asosiy binosining (sobiq Markaziy ofitserlar saroyi binosi) orqa tomonidagi yashil maydonda transformator yongani haqida xabar tarqaldi.

Shuni maʼlum qilamizki, bu xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. 2024-yil 28-noyabr kuni soat 22:59 da Yunusobod tumani, “Qashqar“ MFY, “Markaz-4” kvartali, Istiqlol koʻchasida joylashgan Toshkent shahar Markaziy maydonlarini Obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan Boshqarmasiga qarashli ishchilarning kundalik jihozlari (ust-boshi, supurgisi, chelak, latta va boshqa buyumlar) saqlanadigan konteynerda yongʻin chiqqan. Oqibatda uning taxminan 20 kvadrat metr ichki qismi maydoni yongan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan soat 23:07 da qurshab olinib, soat 23:08 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Biz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va koʻp sonli obunachilarga ega kanallardan har bir xabarning toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilgach, tarqatishlarini soʻraymiz. Zero, yolgʻon va tasdiqlanmagan xabar eng avvalo ularning oʻziga nisbatan ishonch pasayishiga sabab boʻladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

4 months, 3 weeks ago

#RASMIY_MUNOSABAT **Ijtimoiy tarmoqlar orqali Kadisheva bozorida kuni bilan svet bo`lmaganligi  haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma'lum boʻlishicha, Yashnobod tumani hududida joylashgan Aviasozlar dehqon bozori binosi 2024-yil 11- noyabr kuni yuridik isteʼmolchi 500 000 000 soʻmlik qarzdorligi mavjud boʻlganligi bois  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 31-maydagi «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ga asosan Yashnobod TET xodimlari tomonidan mavjud debitor qarzdorlik uchun elektr tarmogʻidan oʻchirib qoʻyilgan.

Hozirgi kunda, Aviasozlar Dehqon bozori qarzdorlik uchun 400 000 000 som tolov amalga oshirilgan bo`lib, Yashnobod TET tomonidan qayta tarmoqqa ulanib berilganligini ma'lum qilamiz.**

*✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati *?** Telegram

4 months, 3 weeks ago
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
4 months, 3 weeks ago

#Energetika_xavfsizligi_oyligi#Yangi_Ozbekiston_PS *⚡️* YASHNOBOD TUMANIDA YANGI YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYA QURILMOQDA

? «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan Yashnobod hamda Mirzo Ulugbek tumanlarining «Tashisti», «Bahor», «Tuzel», «Jarboshi», «Iqtidor», «Ijodkor», «Alisherobod», «Chingeldi», «Temuriylar», «Zakovat», «Jasorat» MFYlarining aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida, «Jarboshi» MFY hududida 110/35/10 kV kuchlanishli «Yangi Ozbekiston» podstansiyasi qurilmoqda.

Bugungi kunda podstansiyada sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan:

Mazkur podstansiya uchun 2 ta uzunligi 8,7 km bo‘lgan 110 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ini tortish ishlari tugatildi.

Uzunligi 8,7 km bo‘lgan 110 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun 8700 metr transheya qazilib, 8700 metr lotok oʻrnatildi (jami 52 200) metr uzunlikda kabel tarmog‘ini tortish ishlari yakunlanib, 66 ta mufta montaj qilindi.

Yangi podstansiya uchun 2 ta yuqori kuchlanishli 63 MVAli transformator o‘rnatilib montaj ishlari olib borildi. Shuningdek, loyiha doirasida oʻrnatilishi lozim boʻlgan rejadagi 110 kVli KRUE, 35-10 kV qurilmalarini o`rnatildi.

? Hozirda, sinov-sozlash ishlari va tashqi obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda.

Podstansiya qurilishidan ko’zlangan maqsad, Yashnobod va Mirzo Ulugbek tuman hududlaridagi Yangi Ozbekiston bogi` hamda yangi barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi hududlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash shuningdek «Tuzel» podstansiyasini yukini yengillatish hamda aholiga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berishdan iboratdir.

? Podstansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil yakuniga qadar to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

? Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi PQ-91-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.**

✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati? Telegram

5 months ago
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago