Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago
Web of Science'да рўйхатдан ўтинг
🔹 Web of Science расмий сайтига кириң.
🔹 "Sign In" → "Register" тугмаларини босинг.
🔹 Рўйхатдан ўтиш шаклини тўлдиринг (исм, фамилия, e-mail, парол).
🔹 E-mail орқали рўйхатдан ўтишни тасдиқланг.
Web of Science Researcher профилини яратинг
🔹 Web of Science Researcher Profile саҳифасига ўтинг.
🔹 "Create a profile" тугмасини босинг ва тизимга киринг.
🔹 Ўзингиз ҳақида маълумот қўшинг:
✅ Тўлиқ исм
✅ Ташкилот (университет, институт)
✅ Илмий тадқиқот йўналиши
✅ ORCID (агар мавжуд бўлса)
Нашрларни қўшинг
✅ Автоматик қидирув:
Исмингизни киритинг ва қайси мақолалар сизга тегишли эканлигини текширинг.
Ўзингизга тегишли мақолаларни тасдиқланг.
✅ Қўлда қўшиш:
Агар мақолалар автоматик равишда чиқмаган бўлса, "Add publications" тугмасини босинг.
DOI киритинг ёки маълумотларни қўлда юкланг.
✅ ORCID ёки Scopus'дан импорт қилиш:
ORCID ID ёки Scopus Author ID билан боғлаш мумкин, бу мақолалар рўйхатини автоматик янгилашга ёрдам беради.
4. Профильни созланг ва метрикаларни кузатиб боринг
✅ Мақолаларингиз неча марта иқтибос қилинганлигини текширинг.
✅ h-индексингизни кузатинг.
✅ Агар илмий журналлар учун рецензия қилган бўлсангиз, рецензияларингизни қўшинг.
Профильни тўлиқ созлагандан сўнг, у илмий жамоатчилик учун очиқ бўлади ва Web of Science'да мақолаларингиз осон топилади! 🚀
❗️Ilmiy rahbarlar va konsultantlar bilishi muhim!
📌Ilmiy rahbar/konsultantga doktorant bilan olib boradigan ishi uchun 3 yil davomida haq to'lanadigan 300 soatda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
1️⃣-YIL: TADQIQOT YO‘NALISHINI SHAKLLANTIRISH VA TAYYORGARLIK (100 SOAT).
1.1. Tadqiqot metodologiyasi va rejalashtirish (30 soat):
Doktorant bilan ilmiy mavzuni aniqlash va uni takomillashtirish (5 soat);
Tadqiqot metodologiyasini muhokama qilish va tavsiyalar berish (10 soat);
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda yo‘nalish ko‘rsatish (5 soat);
Ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha maslahat berish (5 soat);
Doktorantga texnik va metodik ko‘rsatmalar berish (5 soat).
1.2. Adabiyot tahlili va nazariy asos (40 soat):
Doktorantga qaysi manbalar muhimligini tushuntirish (10 soat);
Topilgan manbalarni tahlil qilish va ilmiy xulosalarni muhokama qilish (15 soat);
Nazariy bo‘limni tekshirish, tuzatish va maslahat berish (15 soat).
1.3. Ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha maslahat berish (20 soat):
Doktorant bilan maqola tuzilishini muhokama qilish (10 soat);
Ilmiy maqolalarni tahrirlash va tavsiyalar berish (10 soat).
1.4. Empirik tadqiqotni boshlash (10 soat):
Tadqiqot metodlarini tanlash va baholash (5 soat):
Ilmiy tadqiqot usullarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha maslahat berish (5 soat).
2️⃣-YIL: EMPIRIK TADQIQOT VA NATIJALARNI TAHLIL QILISH (100 SOAT).
2.1. Tadqiqot natijalari va ma’lumotlar yig‘ish (50 soat):
Doktorantga ma’lumotlarni to‘plash usullarini tushuntirish va nazorat qilish (10 soat);
Tadqiqot jarayonini kuzatish va fikr-mulohazalar berish (20 soat);
Yig‘ilgan natijalarni doktorant bilan tahlil qilish (20 soat).
2.2. Ilmiy maqolalar va dissertatsiya yozish bo‘yicha maslahat berish (30 soat):
Doktorantga ilmiy maqolalarni qanday nashr qilish bo‘yicha yo‘riq berish (10 soat);
Tadqiqot natijalarini dissertatsiya matniga integratsiya qilish bo‘yicha maslahat berish (15 soat);
Dissertatsiya bo‘limlarini tekshirish va tahrirlash (5 soat);
2.3. Ilmiy natijalarni baholash va ilmiy muhokamalar (20 soat):
Doktorantning natijalari bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarish (10 soat);
Doktorantni ilmiy seminar va konferensiyalarga tayyorlash (10 soat);
3️⃣-YIL: DISSERTATSIYANI YAKUNLASH VA HIMOYAGA TAYYORGARLIK (100 SOAT).
3.1. Dissertatsiya bo‘limlarini yozish va tahrirlash (50 soat):
Dissertatsiya matnini tekshirish va tuzatishlar kiritish (30 soat);
Ilmiy xulosalar va natijalarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berish (20 soat).
3.2. Ilmiy maqolalar va himoya materiallari tayyorlash (30 soat):
Doktorantga ilmiy maqolalarni nashr qilish strategiyalarini tushuntirish (15 soat);
Himoya materiallari va taqdimotni ko‘rib chiqish va maslahat berish (15 soat).
3.3. Himoya jarayoni va taqdimot tayyorlash (20 soat):
Himoya taqdimotini ishlab chiqishda maslahat berish (10 soat);
Himoya oldidan doktorant bilan savol-javob qilish va mashqlar o‘tkazish (10 soat).
Ilmiy rahbar 300 soat davomida quyidagi asosiy ishlarni bajaradi:
✅ Tadqiqot metodologiyasini shakllantirish
✅ Adabiyot tahlilini muhokama qilish
✅ Ilmiy maqolalarni nashr qilish bo‘yicha maslahat berish
✅ Empirik tadqiqot jarayonini nazorat qilish
✅ Natijalarni tahlil qilish va muhokama qilish
✅ Dissertatsiya yozish jarayonida doktorantga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish
✅ Himoya jarayoni uchun tayyorgarlik ko‘rish
Natijada, ilmiy rahbar doktorantni ilmiy-tadqiqot jarayonining har bir bosqichida nazorat qilib, unga yo‘nalish ko‘rsatib boradi.
???E'LON?*?*?
?????"YOSH IQTISODCHI" ILMIY TO'GARAGINI O'TKAZISH TO'G'RISIDA*?* Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti “Iqtisodiyot va biznes" kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh iqtisodchi” fan(ilmiy) to’garagi 2024 yil 22-noyabr juma kuni soat 16:30 da 1-bino, 2-qavat 150-o'quv xonada boshlanishini ma'lum qilamiz.
✅ "Iqtisodiyot va biznes" kafedrasi assistenti Mustafoyev Odiljon tominidan ʼʼAdabiyotlarni taxlil qilishda Mendeleydan foydalanish boʻyicha taqdimoti bo'lib o'tadi
TO'GARAK MAQSADI: Iqtidorli talabalarga ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish, ilmiy maqolalar yozishda bilim-ko'nikma berish!
"Yosh Iqtisodchi" to'garagiga barchani hamda to'garak a'zolarini taklif qilamiz!!!
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun ariza na'munasi
Ассалому алайкум ҳаммага!
? Бугун, Самарқанд агроинновациялар ва тадқиқотлар институтига Япониялик олимлар ва туристлар ташриф буюришди.
✨Ташриф давомида меҳмонларга иститутимизнинг "Чивар қизлар клуби" аъзолари каштачиликдан мастер класс олиб боришди.
? Энг муҳими, институтда маҳаллий ва хорижий туристлар учун SPIN OFF хизмат кўрсатишни ташкил қилса бўлар экан.
*? No comment.*
? Видеони кўришни тавсия қиламан, туристларни хурсанчилигига баҳо беринг!
https://t.me/stata_tadqiqotchilar_uchun
Assalomu alaykum!
Barchaga ma'lumki ilmiy maqola yoki tadqiqot ishining jozibadorligini oshirishda statistik tahlillar muhim ahamiyatga ega!
Mazkur link orqali STATA dasturlar paketidan foydalanish, har qanday sohada olib borilayotgan tadqiqot ishlarni ekonometrik modellardan foydalangan holda tahlil natijalarini chiqarish, cross, panel va vaqt qatorli ma'lumotlarni modellardan foydalanish borasida ma'lumotlar video darslarda yoritilib boriladi.
Umumiy dars 24 ta mavzudan iborat. Har bir dars ma'ruza va amaliy yoritilib boriladi!
Telegram
STATA TADQIQOTCHILAR UCHUN
Ilmiy tadqiqotda olingan ma'lumotlar, ekonometrik tahlilini amalga oshirishda STATA dastur paketidan foydalanish, tahlillarni amalga oshirish, bir nechta ekonometrik modellarda tahlil natijalarini olish.
**Assalomu alaykum!
MUHUM E'LON!**
Institutimizda 23-24-avgust kunlari “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishning ilmiy va amaliy asoslari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan!
Bunda, iqtidorli talabalar va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy loyihalar, g'oyalar va startap loyihalar bo'yicha POSTER taqdimoti ko'rgazmasi rejalashtirilgan.
Hurmatli professor-o'qituvchilar shogirdlaringizga xabar berishlaringizni, POSTER taqdimot ko'rgazmada o'z loyiha va ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishsa!
Loyihalar va ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar va tadqiqotchilar rahbariyat tomonidan rag'batlantirilishini ma'lum qilamiz!
Eslatma: Poster taqdimot o'lchami A0 formatda 4 tomoni ham ramkada bo'lish talab etiladi!
Assalomu alaykum!
TANLOVGA LOYIHALAR TOPSHIRINGIZLAR!
Mazkur tanlovga shogirtlaringiz loyiha topshirsa bo'ladi, g'oliblarga yaxshigina rag'bat bor, muddati 25-iyungacha uzaytirilibdi.
*Eslatman: faqat tanlov shartini o'rganib chiqib loyihani shunga moslashtirish kerak. Asosiysi, loyiha sizlarda bor!
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago