Feruza Xayrullayeva

Description
Adabiyot | kino | hayot | = san'at |
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

hace 4 meses

Bu kanaldagilarning hammasi bedorlar bo’lsa kerak…qaysi oshiqning ko’ziga uyqu inadi, qaysi kuygan qalbning kuyi tinadi axir…?!

@mehrli_kuy

hace 4 meses
hace 4 meses

Bir qish kechasida to‘satdan
Mendan ilhom ketdi.
Ketganin sezganimda
Gapirolmay qolgandim
Olib ketgandi bari so‘zlarni
O‘zi bilan.

Menga yig‘ilarni qoldirdi faqat
Har tun she'r yozgim kelardi
Har kun baqirgim,
Har on yolvorgim kelardi Xudoga
Biroq so‘zlar yo‘q edi:
Toqatsizlik!
Baxtsizlik!
So‘zsizliik!
Oh, bu ne balo ediki,
So‘zlarim uning tomirlarida
Sargardon yugurib yurardi
Iltijo qilardi, bizni qaytar deb!

Sizifning toshidek so‘zlarim,
Tegirmon toshidek so‘zlarim
Boshimni yanchardi oqshomlar
Tushlarim ichida aylanib,
Yozmoqchi bo‘lardim uyg‘onib...

Bir kuni yozishni o‘rgandim
Ko‘z yoshning shovqini,
Shamolning isi,
Yomg‘irning notalari-la.
So‘zlarsiz go‘zalroq edi she'rlarim.
Ularni ilardim har sahar
Kir ilgich dorlarga.
Va har sahar ularni qushlar
O‘qib berar edi daraxtlarzorlarga.

Nihoyat bir kuni
Men so‘zga do‘ndim
O‘zim!
Xudoning aytgan bitta so‘ziga
Xuddi sizlardek,
Xuddi gullardek,
Xuddi dunyodek
Hechkimsa o‘qimas
Bahaybat
So‘zga!

@FeruzaXayrullayeva

hace 6 meses, 3 semanas
hace 6 meses, 3 semanas
Hammaga azob beradigan odamga aylanib qolganingni …

Hammaga azob beradigan odamga aylanib qolganingni his qilish azob...

hace 6 meses, 3 semanas
hace 9 meses, 3 semanas

Badali shuncha ogʻirmi baxtning...

hace 9 meses, 3 semanas

Kechagi bir holatdan keyin ichimda aylanayotgan gap:

Shavkat Rahmon tirik boʻlganda, bu qadar boʻlmasdi(k)...

hace 9 meses, 3 semanas
hace 12 meses

Jaloliddin Rumiyda sevgi haqida shunday hikoya bor:

Bir kishi bir ayolni sevib qolibdi. Oʻsha ayolning choʻrisiga koʻngil rozini bayon etibdi.

"Men uni unday sevaman, bunday sevaman. Oshiq boʻldim, yondim, kuydim, oʻldim. Na uyqumning, na yemoq-ichmogʻimning tayini bor. Azoblanyapman. Tunim undoq oʻtyapti, kunim bundoq oʻtyapti" qabilidagi gaplarni ayttirib yuboribdi.

Choʻri xonimining yoniga kelib debdi:
– Falon kishi salom aytdi, siz bilan yotmoqchi ekan.
– Shunchalik qoʻrs shaklda aytdimi? – debdi xonim.
– Yoʻq, yonib-kuyib koʻp gapirdi, lekin maqsadi shu edi. – debdi choʻri.

@salimov_blogi

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago