ABDUVOSIT ABDURAHIMOV

Description
* * *
Men undan vafoni etmayman talab,
Boʻlmasa ishqimni soʻylar edimmi?!
Balki u ham sevar, qalbga oʻt qalab
Sevmasa men uni oʻylar edimmi?!

©ABDUVOSIT ABDURAHIMOV
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 7 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 11 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 10 months ago

hace 5 meses

Xush kelibsiz, Bonu

hace 5 meses

#shunaqa

Bizga tor kelmoqda sevgili makon,
Endi chorlamagin olisdan turib.
Yurakda uyg‘onib bir parcha vijdon
Ayrildik ko‘ngilni bir chetga surib.

Bu hayot, zarurdir uni anglamoq,
Bo‘lmasa yashamoq bizga abasdir.
Asosli mantiqni kerak tanlamoq,
Dildagi har tuyg‘u sevgi emasdir.

Azizam, bir qara yolg‘on-ku bari,
Izhor ma’nosida aytilgan so‘zlar.
Insonlar ulg‘ayib borgani sari,
Hayotni boricha ko‘rarkan ko‘zlar...

Abduvosit ABDURAHIMOV

hace 5 meses

#iqtibos

Dunyo yaratilibdiki, oq va qora, yaxshi va yomon, rost va yolg‘on yonma-yon yashaydi...

"Saylanma"
Xabib Siddiq

hace 5 meses

#unutdimikin?

*Yurakda olov yo‘q, cho‘g‘ yo‘q ayni dam,
Bilmadim, negadir yonmaydi hech ham,
Yarim ko‘nglimda ham mavjud emas g‘am,
Robbim endi meni unutdimikin?...

Ilgari ezardi ko‘p iztiroblar,
Qalbimni o‘rtardi tig‘li azoblar,
Yurak qilmay qo‘ydi dardli xitoblar,
Robbim endi meni unutdimikin?...

ABDUVOSIT ABDURAHIMOV*

hace 5 meses
hace 5 meses

Iymonimning yarmi bo‘larsan!

?Abduvosit Abdurahimov
?Shahzoda Saydullayeva

hace 5 meses, 1 semana

#Yangi_yilingiz_bilan

Bizni tark etmoqqa shaylanib turgan 2024-yilda o‘tkazgan umrimizga tafakkur ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lsak, undan oldingi yillarga qaraganda bu yilda ko‘proq natijalarga erishibmiz. Xudo xohlasa, kirib kelayotgan yangi 2025-yilda ham yuksaklikga intilishdan aslo to‘xtamaymiz!

Deydiganlar reaksiyani ayamasin?**

hace 5 meses, 1 semana

#iqtibos

Umr deganlari namuncha tez
o‘tmasa... Ana, eski yil ketishga izn so‘rab, vido aytgancha bo‘sag‘ada iymanibgina turibdi.

"TO‘RTKO‘CHA"
ULUG‘BEK HAMDAM

hace 5 meses, 1 semana

@Talimuz kanalida o'tkazilayotgan: ? Eng yaxshi akademik litsey-2024 so'rovnomasida, ? Andijon qishloq xо‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyiga ovoz bering! Hozirda 801 ta ovoz to'plagan holda 90 ta nomzod orasida 15-o'rinda ketmoqda!…

hace 5 meses, 2 semanas

Sizlarga qanday mavzudagi she’rlar yoqadi, qani bir menga aytib yuboringlar iltimos? Suhbat quramiz she’r haqida

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 7 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 11 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 10 months ago