Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago
XAYOL
Man – qishdan charchagan etikdo‘z,
Kuttirmay kelsang-chi, ey ko‘klam.
Tilimda aylanib qolgan so‘z,
Qo‘limda xat bordir uch buklam.
O‘n sakkiz yoshimga qaytaman.
So‘z topolmay bo‘lgandek izza,
Lekin shirin boʻsaga tayyor…
Man qoshingga kelgan yoʻllardan
Qisqadir o‘n yetti yoshing, yor.
O‘n sakkiz yoshimga qaytaman.
Orazingga tushmasa ham nur,
O‘tsa hamki oqshom yarmidan,
Ovozingdan, atringdan emas,
Man taniyman kipriklaringdan.
O‘n sakkiz yoshimga qaytaman.
Sani sernav xurmo shoxlari
Kabi larzon-larzon qilsalar,
Kechalari hijron qilsalar,
Orzularing armon qilsalar,
O‘n sakkiz yoshimga qaytaman.
Hammasi tush erur, o‘y, xayol,
Ko‘nglim ob-havodek soviydi –
Shaharning chetida bir ayol
O‘limning to‘shagin qaviydi…
O‘n sakkiz yoshimga qaytaman!
2025
Менсизлик қийиндир сенга аслида…
Талабалик дафтаридан
ЭШИТЯПСАНМИ...
Олийгоҳ....
Маъруза...
Эшитяпсанми?
Орқа партадаги юрак зарбини.
Сен илк бор ўргандинг шу маърузада
Улкан муҳаббатнинг кичик ҳарфини.
Қизларнинг шовқини...
Йигитлар сўкар,
Булар — иккимиздан бегона дунё.
Улар бошқа гуруҳ бўлиб ўқийди,
Бошқа гуруҳдамиз иккимиз гўё.
Парталар оралаб синфхонанинг
Шовқинида сузар сезилмас севги.
Манави нигоҳга қараб тўймайман,
Секин жилмаяди.
Бу қандай белги?
Дарс эса давомлар...
Ёз, чиз ва тингла....
Норизо овози келди устознинг.
Бир онда ўзгарди шундоқ манзара,
Мен эсимдан оғдим...
Сен эса ёздинг.
Дарслар тугаб кетди....
Танаффуслар ҳам,
Соғинчларнинг охир келдими гали?
Сабоқдошлар ҳам йўқ.
Сен ҳам узоқда.
Қанисан жонажон маъруза зали?
Олийгоҳ...
Маъруза...
Эшитяпсанми?
Орқа партадаги юрак зарбини?
Birodar yashayber, yigʻlab va kulib,
Chayir bilagingda oqar quvvating.
Qayta turolmasang bir kun yiqilib,
Achinma, boshqaga qolar niyating.
Boraver gʻovlarga achchiqma-achchiq,
Tilka-pora boʻlsin, oʻrtansin yurak.
Birodar, dunyoda, gapirsam ochiq —
Faqat yaxshi niyat yashashi kerak.
Chidamak mumkinmas, mumkinmas sira,
Hamoqat hayqirsa, boqilsa oʻgʻri,
Fahsh yursa, menman, deb toza, bokira,
Toʻgʻriligi uchun qiynalsa toʻgʻri.
Hali juda koʻpdir kalamushniyat —
Dunyoni kemirib, sotib yurganlar.
Umrida oʻtqazmay birorta daraxt,
Zanchalish koʻksiga mushtin urganlar.
Kurashsang arziydi haqiqat uchun,
Kurashib yurganlar haqdir, odildir.
Qotillik qilganlar qotil-ku, lekin
Kuzatib turganlar asl qotildir.
Yashayber, qalbingga ishonib, magʻrur,
Yashayber, boʻlsang ham oromdan yiroq.
Gʻolib chiqmogʻliging juda ham zarur,
Boshqacha boʻlishi mumkinmas biroq.
Shavkat Rahmon
Ўзиям бир ой бўлибди. Шер машқ қилмай қўйганимга. Орада турли юмушлар чиқиб қолиб, бу ҳақида ўйлашга ҳам айтарли фурсат бўлмади. Энди насиб аввалгидек ижодни давом эттирамиз. Парилар тарк айламаса, албатта…
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago