Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago
“Xo‘jayin bir nimani qil desa xo‘p deb turgin. San yangisan” shunaqa maslahat berishgan menga Toshkentda ishlab yurganimda. Norvegiyadagi yangi ishimda 20 yillik tajribasi bor odam “Men yozgan kodlarini yaxshilab ko‘rib chiq va yaxshiroq yo‘lini bilsang ayt. Tajribasi bor, xato qilmaydi deb o‘ylama” dedi. Katta farq, lekin bu o‘zimizda yomon, chetda yaxshi degani emas.
Qaysidir millatlar yuqori kontekstda (high-context) gapirishni yaxshi ko‘radi. Misol uchun, o‘zimizda mehmonga borsangiz, ming qornim to‘q desangiz ham sizga majburlab ovqat berishadi. Bu holatda sizni yo‘ldan kelganingiz va katta ehtimol bilan qorningiz ochligini, odob yuzasidan qornim to‘q deyishingizni mezbon biladi. G‘arb davlatlari nisbatan past kontekstda (low-context) gapiradi. Misol uchun, shu holat Yevropada bo‘lsa, qornim to‘q degan javob ovqat berilmasligiga yetadi. Mezbon odamni so‘zlarini boricha qabul qiladi va “gap tagida gap” izlamaydi.
Xalqaro kompaniyalarda har xil millatlar birga ishlaydi. Bunaqa muhitda birinchi marta ishlayotgan odam qiynalishi mumkin. O‘zbeklar yuqori kontekstda muloqot qilishini hisobga olsak, ba’zi gaplar bizga tegib ketishi yoki bizning gaplar boshqalarga to‘g‘ri yetib bormasligi mumkin. Bunga misollar ko‘p, ruslar qoʻl ostidagilarga qo‘polroq muomalada bo‘lishi, gollandlar hammaning oldida sizni tanqid qilishi, amerikaliklar nima ish qilishingizni yuzma-yuz gaplashib bo‘lganingizdan keyin e-mailda yozib yuborishingizni so‘rashi mumkin (go‘yoki gaplaringiz yozuvda bo‘lmasa ishonmaydi). Ularning maqsadi sizni kamsitish yoki sizga ishonmasligi ko‘rsatish uchun emas , balki shunchaki ularda muloqot madaniyati shunaqa.
“The Culture Map” kitobida shunaqa holatlar juda yaxshi tasvirlangan. Misol uchun, amerikaliklarning juda past kontekstda (gapni boricha tushunish) gapirishiga sabab Amerikaning tub aholisi har xil millatli va tarixdan qarasak, ular bir-biri bilan muloqot qilishi uchun aniqlik bo‘lishi muhim bo‘lgan. Faraz qiling, amerikalik o‘zbekka telefon qilib kelyapsanmi desa o‘zbek yo‘lga chiqyapman deydi. Boshqa o‘zbek odam bo‘lsa bilardi, u odam hali uyida ekanligini. Amerikalik bo‘lsa, ha yo‘lda ekan deb tushunadi.
Boshqa millatlar bilan ishlaganda gaplarimizda ochiqlik, aniqlik va xushmuomalalik juda muhim. Bu tushunmovchiliklarni kamaytiradi. Biror nimani bilmasligingiz yoki qila olmasligingizni aytish sizning obro‘yingizni tushirmaydi. Odamlarning xilma-xil ekanligini tushunish va ularga mos muomala qilish ishga kirishdagi intervyularda va ishda muvaffaqiyat qozonishda juda muhim.
Azamat Sobirov, Norvegiya
@uzbekistonlikuz
Ba'zan mayda qadamlar hayotimizni tubdan oʻzgartirib boradi.
Inson ulgʻaygan sari uning afsusi va oʻtgan umriga nisbatan achinishi deyarli bir zayilda oshib boradi. Bunga asosiy sabab esa uning vaqtida qoʻyishi kerak boʻlgan qadamlarini kechiktirgani ba'zan umuman voz kechgani boʻlishi ham mumkin.
Ibodatini qariganda boshlagan chol-u kampirning, yilni oxirigacha darsga e'tibor bermay butun bir modul'ni bir boshidan oʻqib chiqishi kerak boʻlgan oʻquvchining, ishga koʻmilib ketgan insonlarning til oʻrganmaganlikka boʻlgan afsusi, bular barchasi bir xil. Vaqtida qilinmagan ishning yuki ayrim holatlarda arifmetik, skill'lar bobida esa geometrik progressiyada oshib, qiyinlashib borishi mumkin.
Bizning nazmimizda kunlik qilinadigan ishlarning mashaqqati ogʻir ammo vazni yengil tuyiladi. Keling aslida qanday? 10-yoshlik yigit kuniga 1 soat vaqtini Qur'on yodlashga sarflasa, 2 yilda qori boʻladi. 12 yoshlik yigit kuniga 1 soat vaqt sarflasa, ingliz tili oʻrganishga sarflasa, 15 yoshida A1 dan C2 ga oʻzgarsa boʻladi. 15 yoshlik yigit kuniga 2 soat vaqtini yaxshi koʻrgan va ustida ishlay oladigan qanaqadir sohaga bersa, 20 yoshida master boʻladi.
Men oʻsha yantoq paydo boʻlgandan beri, esimni taniganimdan beri kitob oʻqiyman, darsimni qilaman, nega menda buni hammasi yoʻq deysizmi? Doʻstim, men bilan sizda bir sohada qattiq qunt yoʻqligi sabab, vaqtimizni katta qismini qanaqadir talablarni bajarish bilan, kecha bejab qoʻygan ishimizni yopish bilan biz bularni barchasiga erisholmadik.
Endi hammasi kechmi ? Mavzuni boshiga qaytadigan boʻlsak, ana endi sizda katta achinish hissi bor. Endi umringizni qolgan qismini achinishga sarflashga shoshilmang. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, inson bolasining oʻrganishga moyillik bor davri 9-25 yoshlari hisoblanadi. Sizda oʻsha mayda qadamlarni hozir ham boshlab olish imkoniyati mavjud. Zeroki, har bir soniyangizdan soʻraladigan bu dunyoda ortiqcha hissiy va keraksiz mashaqqatlardan oʻzingizga dam bering. Shunchaki aqlli oʻquvchi boʻlib oʻrganishni davom eting.
Sarlavhada mayda qadamlar hayotingizni oʻzgartirib yuboradi deyilmadi, ular bir maromda oʻzgartirib boradi. Imom Buxoriy omadli kartani tortgani uchun 600000 hadis yodlamagan. Mayda qadamlardan koʻp narsa kutmang, ammo ular katta narsalarni doimo kafolatlaydi.
Inson dunyoga kelgan vaqtda qadam tashlashga, yangi narsalarni oʻrganishga ishtiyoqi baland boʻladi. Qancha yiqilsa ham qayta emaklab, chirmashib yurib ketadi. Bu dunyoning oddiy ishlari sizni farz-u muhim ilmlarni oʻrganishdan chalgʻitmasligi kerak. Qayta-qayta turib oʻrganishni davom eting. Mayda qadamlar hikoyada maydaligicha qolaveradi, ammo intihoda vaznlari ogʻir keladi...
University of Birmingham talabasi Olimjon Uktamov
Esimda bor. Chet eldagi talabalar biror ovqatining rasmini joylasa, izohlarda “halolmi” degan savol berishsa, menga gʻalati tuyilardi.
Sababi shunchaki yaxshi gumonda boʻlardim. Chetda yashayapti degani borib harom narsalar yeyaveradi deganimas-ku, “kallasi ishlasa” kerak, bunaqa savol berish menimcha notoʻgʻri derdim.
Lekin yoʻq. Chindan ham ba'zilar chetga chiqib halolmas narsalar yeyishi mumkin ekan. Siz ham ulardan boʻlib qolmang. Ogoh boʻling!
Karimova Zilola
Lavozimingizni oshirishingiz uchun buni bilishingiz shart.
Ish xonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas. Qaysidirlari juda muhim. Bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo. Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim, kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo. Qaysidirlari esa umuman muhim emas, hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.
Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.
Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.
Boshqa strategiyaga o‘tdim.
Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim. Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta promotion'larga olib keldi.
Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.
Amazonda dasturiy ta'minot muhandisi Jahongir Rahmonov
@uzbekistonlikuz
Nimaga Amerika ta'lim tizimidagi erkinlik uning rivojlanishiga hissa qoʻshadi? Oʻzi ta'limda erkinlik nimaga kerak?
Shu savollarga faqatgina sohamga aloqador boʻlgani uchun emas, balki Oʻzbekistondagi ta'limda qilinishi kerak boʻlgan islohotlar uchun ham javob qidiraman. Platformadan universitetda olishingiz mumkin boʻlgan darsning qiyinchilik darajasi qanday, qancha odam olgan, qanchasi yuqori baho bilan yopgan, qiziqarlilik darajasi qanday bilib olishingiz mumkin. Buni menga oʻrtoqlarimdan biri yaqinda aytib qoldi. Juda foydali boʻldi oʻzim uchun.
Qolaversa, olayotgan darsingizni kim oʻtishiga qarab sayt orqali studentlarning unga bergan ta'riflarini oʻqib olishingiz mumkin. Eng asosiysi, shaxsingiz maxfiy qoladi, professor kim nima yozganini bilmaydi. Bu esa nisbatan xolis tanqid shakllanishiga muhit boʻlib beradi. Oʻzbekistonimizga ham shunaqa tizim kerak. Oʻzim universitetda oʻqiganimda koʻp oʻqituvchilardan pand yeganman. Reytinggi tushgan sari oʻqituvchining darsini kamroq studentlar oladi, bu oʻz navbatida professorning karyerasiga kattagina xavf.
Shu sababdan professor studentlarning ham “koʻngliga” qaraydi, oʻz ustida ishlaydi. Bu yerda oʻzingiz xohlagan darslarni olishingiz mumkin, shu sababli bu yerda kursdosh fenomenini kuzatmaysiz, aksincha, guruhdosh degan soʻz mashhurroq. Toʻgʻri, hamma yerning oʻziga yarasha talablari bor, 4 yil ichida olishim majburiy darslar bor, lekin asosiysi, ularni men xohlagan payt olaman. Mana shu erkinlik! Dars jadvalingizni, professoringizni, darslaringizni oʻzingiz tanlashingiz mumkin.
Bunday muhit Amerika ta'lim tizimidagi oʻziga xoslikni yaratadi. Student ma'lum qonunlar ostida erkin ta'lim ola biladi. Shunaqa tizimni Oʻzbekistonga olib borishni istardim, lekin bunaqa katta islohotni menga oʻxshagan bakalavrchalar qilolmaydi. Hech boʻlmaganda, magistr yoki doktorant boʻlganimda orzum ancha haqiqatga yaqin boʻlardi... Mayli, aytmoqchi boʻlganim shuki, biz ham ta'limimizda kreativ, erkin, tanqidiy, sogʻlom raqobatli muhit yaratmas ekanmiz, tuzuk el boʻlolmaymiz. Zero, muammoning ildizi-yu oxiri ta'limdir.
University of Minnesota, Twin cities talabasi Meliboyev Behruzjon
Shoshilish hissi
Oʻzbekistonda 25 yoshgacha boʻlgan aholi soni: 14,2 million. Norvegiya, Finlandiya, Estoniya, Latviya. Bu 4 ta davlat jami aholisi 14,2 million.
Siz 20-25 yoshdasiz: raqobatni his qilyapsizmi? Kelajagingiz haqida qaygʻurish vaqti allaqachon kelgan.
Shoshilish zarur!
Iqtisodiy raqobatda yutib chiqishning sinalgan va eng samarali usuli bu bilim olish orqali. Jamiyat uchun kerakli bilimlar oʻrganish uchun birinchi qadam bu til oʻrganish.
Faqat oʻzbek tilidagi ma’lumotlar bilan raqobatda ishtirok etish qiyin, azizlar! Til oʻrganish bu safarning boshi, manzil emas.
Bek Olimjon, Norvegiya
Ingliz tilidagi biron yoqimli badiiy asarni oʻqimoqchi boʻlsangiz, “The Boy at the Back of the Class”ni maslahat beraman. Tili unchalik qiyinmas. Adashmasam bu ona tilisi ingliz tili boʻlgan bolalarga boshlangʻich sinflarda oʻqishga beriladi. Kitob uzoq yoʻlda oilasidan ayrilishga majbur boʻlgan Suriyalik arslon koʻzli bolacha va uning britan doʻstlari haqida.
Oʻqish davomida hayotni yangi koʻz bilan koʻrishni boshlaysiz, goʻyo shu paytgacha hamma narsani oq-qora ranglarda koʻrayotgandingiz-u, endi esa yozuvchi sizni minglab turfa ranglar bilan tanishtirdi. Musulmon sifatida islomni va sharqqa xos ba'zi odatlarni qayta kashf ham etasiz. Kitobni oʻqishni boshlashingiz bilan, iliqlik, yaxshi kayfiyat va mehr-muruvvat sizni qurshab oladi. Kitobni oldindan toʻliq aytgim yoʻq-ku, lekin shuni aytib oʻtmoqchiman: voqealar Londonda roʻy beradi.
Karimova Zilola
16 yosh atroflarim edi. Oʻsha paytlari ingliz tili oʻrgatib yurardim. Ikkita oʻquv markazda 100 dan ortiq oʻquvchiga ingliz tilini oʻrgatardim. Asosiy daromadim ham shundan edi. Otam yoʻqligiga qaramay, onam hammamizni juda toʻq qilib oʻstirganlar. Butun oilamizda onam boshqacha fikrlardi, erkinlik, qobiqdan tashqarida yashash, hayotga yorqin orzu va umidlar bilan qarashga oʻrgatganlar.
Oilamda birinchi boʻlib chet elda oʻqishga qiziqish bilan ingliz tili oʻrgangan inson men boʻlganman. Bunga har qanday sharoitni onam qilib berganlar. 2021-yili birinchi marta Amerika elchixonasining yozgi oromgohiga qabul qilingandim. Hammasi ham ana shundan boshlandi. Hayotimning yangi sahifalari yozilishni boshladi... 2022-yil mart oyida maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan eng nufuzli dastur, FLEX dasturiga qabul qilindim. Minglab oʻquvchilar orasidan 40 ta tanlab olinganlardan biri boʻlish menga oʻzgacha motivatsiya bergan.
Yutganimda birinchi boʻlib AQSHda ega boʻladigan imkoniyatlarim emas, oilamning men uchun bagʻishlagan umri, mehnati, oʻzimning tinimsiz oʻqigan tunlarim va soatlar sanamay ishlaganlarimni samara berganligi koʻz oldimga kelgan. Hammada imkoniyat har xil, kimdadir moliyaviy resurslar juda kam, kimdadir esa yetarlicha bor va bunaqa holatda toʻgʻri ish tuta bilish eng muhimidir. Har bir ingliz tili, SAT yoki qaysidir tilni oʻrganayotgan oʻquvchining orzusi ham shunday. Ularga berilgan ishonchni oqlash va maqsadga erishish boʻlsa kerak.
Sizda qanday maqsad, aniq maqsadingizni yozib qoldiring.
Borough of Manhattan Community College talabasi Saidamir Egamberdiyev
Nima uchun talabalar Italiyada o’qishnii afzal ko’rishadi?
Talabalar Italiyada o‘qishni bir qancha sabablar tufayli afzal ko‘rishadi. Quyida bu omillarni tahlil qilib chiqamiz:
Yuqori sifatli ta’lim tizimi. Italiyada dunyoga mashhur universitetlar, masalan, Bologna Universiteti, Sapienza Universiteti va Milano Politexnika Universiteti joylashgan.
• Bu universitetlar o‘zining yuqori sifatli ta’lim dasturlari, xalqaro akreditatsiyalari va tadqiqot faoliyatlari bilan mashhur.
Arzon yoki bepul ta’lim. Ko‘plab davlat universitetlari talabalar uchun o‘qish to‘lovlarini nisbatan arzon qiladi. Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlardan kelgan talabalar uchun stipendiyalar, grantlar, va iqtisodiy yordam dasturlari mavjud.
Xalqaro dasturlar va ingliz tilida ta’lim. Ko‘plab universitetlar ingliz tilida bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif qiladi, bu esa til to‘sig‘ini kamaytiradi. Erasmus+ kabi xalqaro dasturlar orqali boshqa Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro almashinuv imkoniyatlari mavjud.
Madaniyat va tarixiy meros. Italiya o‘zining boy madaniyati, san’ati va tarixiy yodgorliklari bilan mashhur. Talabalar Rim, Florensiya, Venetsiya kabi shaharlarning madaniy merosidan ilhom olishadi.
Taniqli sanoat va kar’era imkoniyatlari. Italiya moda, dizayn, muhandislik, va gastronomiya sohalarida dunyo bo‘ylab etakchi hisoblanadi. Ko‘plab talabalar o‘qish davomida yoki undan so‘ng Italiya sanoatida amaliyot va ish topish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Iqlim va hayot sifati. Italiya iqlimi iliq va qulay, bu esa talabalar uchun yoqimli yashash sharoitlarini yaratadi. Yashash narxi boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan maqbul bo‘lib, talabalar uchun qulay turmush kechirish imkonini beradi.
Tarmoqlanish va global imkoniyatlar. Italiya universitetlari xalqaro talabalar bilan aloqa o‘rnatishga katta e’tibor beradi, bu esa global tarmoq yaratish imkonini beradi. Bitiruvchilar dunyo bo‘ylab yuqori obro‘ga ega bo‘lgan diplom bilan ish qidirishlari mumkin.
Xulosa: Italiyada ta’lim olish nafaqat yuqori sifatli bilim olish imkoniyatini beradi, balki dunyoga mashhur madaniyat, iqlim va iqtisodiy jihatdan qulay sharoitlarni ham taqdim etadi. Shu sababli ko‘plab talabalar aynan Italiyani o‘z ta’lim maskani sifatida tanlaydi.
University of Messina talabasi Oʻtkirbek Hoshimov
Ko‘pchilik yangi yil, yangi oy yoki dushanba kunini yangi odat boshlash, o‘zgarish kiritish uchun eng yaxshi vaqt deb hisoblaydi. Bunday fikrlash qanchalik motivatsion tuyulmasin, kuchli istak va aniq maqsad eng muhim rolni oʻynaydi.
Yangi odatlarni boshlash, eski odatlardan voz kechish yoki hayotini tubdan o‘zgartirish uchun asosiy kuch bu insonning iroda va intilishidir. Agar biror maqsad qo‘yilsa va uni hayotimizga tatbiq etishga kuchli istak boʻlsa, boshlash uchun hatto tong otishini ham kutish shart emas.
Masalan, sport bilan shug‘ullanishni xohlagan odam faqatgina yangi yil rejalarini tuzishni kutmasdan, shu kunning o‘zidayoq birinchi mashqni boshlay oladi. Yoki kitob o‘qishni odat qilishni istagan kishi faqatgina yangi haftani yoki oyni kutmasdan, bugunoq bir sahifa o‘qishni boshlashi mumkin. Eng muhimi va qiyini bu boshlash. Keyinchalik bu odatiy turmush tarzingizga aylanadi, xoh yaxshi odat boʻlsin xoh yomon.
Sana shunchaki raqam, lekin qadam – bu haqiqiy boshlanish. O‘zgarish uchun birinchi qadamni bugun tashlang, ertangi kunga qoldirmang!
University of Birmingham talabasi Ruziboyev Shoxrux
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 month ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 months, 1 week ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 6 months ago