Sodiqmirzo Sattorov

Description
O'zim uchun qiziqarli bo'lgan barcha narsalar haqida yozaman).
Tags
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 9 months ago

"Siz harakat qilmaguncha, o'z imkoniyatlaringizni bila olmaysiz"

? Hayotda ko'p insonlar o'z imkoniyatlarini past baholashadi. Ular "Men buni qila olmayman" yoki "Bu men uchun juda qiyin" deb o'ylashadi. Lekin William Cobbett aytganidek, biz o'zimizning haqiqiy salohiyatimizni faqat harakat qilganimizda ko'ramiz.

? Tasavvur qiling: Stiv Jobs birinchi kompyuterni garajida yasagan, J.K. Rowling birinchi kitobini qashshoqlikda yozgan. Ular o'z g'oyalariga ishonib, harakat qilishdi.

? Bugun siz ham orzu qilgan ishingizni boshlang. Balki bu yangi biznes, yangi til o'rganish yoki sport bilan shug'ullanish bo'lishi mumkin. Muhimi - birinchi qadamni qo'ying.

? Esda tuting: Muvaffaqiyat sirli emas - u harakatdan boshlanadi.

? @Sodiqmirzo

1 year, 12 months ago

*? Muvaffaqiyatga erishishning siri: Munosabat va Qobiliyat ?***

Muvaffaqiyatga erishishda qobiliyatning o'zi yetarli emas. To'g'ri munosabat bilan yondashganingizda, qobiliyatingizdan to'liq foydalanib, yuqori natijalarga erishasiz. ?

Qobiliyat va munosabat - muvaffaqiyatning ikki muhim ustuni:
1️⃣ Qobiliyat - bu sizning potentsialingiz, bilim va ko'nikmalaringiz.
2️⃣ Munosabat - bu sizning harakat qilish istagingiz, qat'iyatingiz va ijobiy fikrlashingiz.

Misol: ?‍♂️ Sportchi
Qobiliyat: Yuqori jismoniy tayyorgarlik
Munosabat: Muntazam mashq qilishga intilish, raqobatga tayyor bo'lish

Amaliy maslahat:
Har kuni 15 daqiqa o'z sohangizdagi yangi bilimlarni o'rganing.
Kundalik yuritib, erishgan yutuqlaringizni qayd eting.
Qiyinchiliklarga duch kelganingizda "Men buni uddalay olaman" degan ichki dialogni shakllantiring.

Unutmang:
Qobiliyat – bu imkoniyatlar eshigi.
Munosabat esa shu eshikni ochish kalitidir. ?

Har kuni ijobiy va qat'iyatli bo'lishga harakat qiling, maqsadlaringizga ishonch bilan intiling! ?

? @Sodiqmirzo

#motivation #success #personalGrowth

2 years, 10 months ago

Ibrat

Otalarimiz asr namozidan so‘ng do‘konlarini yopar, shu kungi berilgan rizqga qanoat qilar, shomdan oldin taomlanar, xufton namozini o‘qib uxlar va o‘z vaqtida bomdod namoziga turar edilar. Shunda jismlari dam olib, asablari joyida bo‘lar edi.

Bugun esa kech 11:00 da ovqatlanamiz, tungi 1-2 da uxlaymiz va 9:00 da uyg‘onamiz...

Allohning ko‘rsatgan yo‘lini o‘zgartirdik. Rasululloh ﷺ "ERTA yotib ERTA turinglar" degan xadislariga amal qilmay qo’ydik . Natijada Alloh bizni salomatligimizni bemorlikka, rohatlanishimiz o‘rnini charchoqqa almashtirib qo‘ydi.

Shayx Sha’roviy.
(TUIT ONLINE)

2 years, 11 months ago

O'zingga ravo ko'rmagan narsani birovga ham ravo ko'rma!

Avtobusda Buxoroga qaytar ekanman, bir amakini uchratib qoldim. Ular menga so'z qotdilar.
- Doim shu oldingi o'rindiqni band qilaman. Orqada yoki o'rtada o'tirishni xohlamayman. Chunki mening oldimda o'tirgan odam o'rindiqni orqaga yotqizsa qattiqroq gapiraman, keyin janjal bo'lib ketadi,- dedilar
Men jimgina eshitdim va indamadim. Ammo biroz muddatdan keyin o'zlari xuddi shu ishni qildilar. O'rindiqni orqaga tomon pasaytirdilar. Bu amaki odam-u boshqalar odam emasmi?!

Bu kimnidir yomonlab, g'iybatini qilmoqchi emasman. Shunchaki insonlar biroz mulohaza yuritib, ish tutishlarini xohlardim. O'zlariga biror jabr yetishini xohlashmaydi-yu, birovlarga bemalol, uyalmasdan ozor yetkazishadi.

Iltimos, boshqalarga zarar yetkazishdan tiyiling. Zero, har narsaning javobi bor.

2 years, 11 months ago

Atrofingizga qarang, qanday ahvoldamiz. Bizni ilmsizlik shu holga olib keldi va faqatgina ilm qutqaradi. Bizni umrini kasbiga bag'ishlagan o'qituvchilargina qutqara oladi.

Bugun o'qituvchilar bayrami. Imkoningiz bo'lsa, o'qituvchilaringizni ko'rgani boring, bo'lmasa telefon qilib tabriklang. Muvaffaqiyatlaringizni ayting. O'qituvchingizning mehnati bekor ketmayotganini ko'rsating. Ularni xursand qiling. Zero, ular taslim bo'lsa xalqni hech kim ilmsizlikdan qutqara olmaydi.
(Bobosher notes)

? @Sodiqmirzo

3 years, 1 month ago

O'qi degan zot kun kelib o'qidingmi deb albatta so'raydi ....

? @Sodiqmirzo

3 years, 2 months ago

Farzandlaringizga qattiq-qo'llik bilan bo'lsada o'qiting, birinchi navbatda insongarchilik, kamtarlik, adolatlik va halollikni o'rgating, orqasidan ingliz tilini majburlang, motiv bering, nimadirlar vada bering nima qilib bo'lsada o'rgating so'ngra esa ingliz tili bilan paralell tarzda biror bir kasbga yo'naltiring(qiziqish va xohishlarini chuqur o'rganing biror bir kasb albatta aniqlanadi)

Bir kun kelib shu inson bilan siz yillaringizni o'tkazasiz, uni qiynalmasligini va o'zingizni qiynalmasligingizni xohlasangiz turing, hoziroq ketma-ketlikda boshlang.

  1. Insongarchilik, kamtarlik, adolatlik va halollik
  2. Ingliz tili va qalb kasbi

Qalb kasbi - bu inson o'zini erkin his qiladigan kasbidir.
(Alisher Tojiyev)

? @Sodiqmirzo

3 years, 2 months ago

Oxiratingga ziyon yetadigan darajada dunyoga berilma. Ammo insonlarga yuk bo'ladigan darajada dunyoni unutib qo'yma.
(Abdukarim Mirzayev)

? @Sodiqmirzo

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid