Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago
Maishiy texnikada yuzaga kelgan nuqsonlar bepul bartaraf etib berildi
Toshloq tumani "Qo‘rg‘oncha" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro H.J. o‘tgan yilning oktyabr' oyida tuman markazidagi savdo do‘konidan bo‘lib to‘lash sharti bilan 10 500 000 so‘mga “LG” rusumli kondisioner sotib oladi. Biroq, hech qancha vaqt o‘tmay, sotib olingan maishiy texnikada nosozliklar kuzatiladi. Ya'ni kondisioner qishki rejimda yaxshi ishlamasdan xonani isitmay qoladi. Bu haqda iste'molchi savdo markazi va mahsulotga texnik xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiladi.
👉 Batafsil istemolchi-info saytida lotin || кирилл
👉 Batafsil fargona.istemol saytida lotin
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://t.me/PotrebitelUz_bot
Ishonch telefoni: ☎️ 1091
Iste'molchining ishonch telefoniga qilgan murojaati ijobiy yechim topdi
Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona tumanida yashovchi X.S.ning buyum bozori hududidagi do‘kondan 2 500 000 so‘mga sotib olgan ehtiyot qismlarini sifatsiz chiqqanligi sababidan ularni sotuvchiga qaytarib, pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishin so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
👉 Batafsil istemolchi-info saytida lotin || кирилл
👉 Batafsil fargona.istemol saytida lotin
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://t.me/PotrebitelUz_bot
Ishonch telefoni: ☎️ 1091
Узоқ муддат фойдаланиладиган товарга кафолат муддати белгиланмаган бўлса-да, истеъмолчи қонуний ҳуқуқларини рўёбга чиқара олади
Тошлоқ туман истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш жамиятида «Конизар» маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида яшовчи К.И.нинг 1 000 000 сўмга сотиб олинган мобил телефон аппаратини ҳеч қанча ишлатилмасдан ишдан чиққанлиги ва унинг ушбу ҳолатни бартараф этиш юзасидан сотувчига қўйган қонуний талаблари бажарилмаётганлиги хусусидаги мурожаати ўрганилди.
Батафсил: https://nuqtainazar.uz/ru/archives/11339
Kengash yig‘ilishida o‘tgan yil faoliyat yakunlari sarhisob qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi Kengashining hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining 2024-yildagi faoliyat yakunlari sarhisobi va 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilab olishni ko‘zda tutuvchi, joriy yildagi, dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Ta'kidlandiki, o‘tgan 2024-yilda federatsiyaning viloyatdagi idoralariga jami bo‘lib 898 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalariga ko‘ra, 1 mlrd 783 mln 521 ming 122 so‘m mablag‘lar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan bo‘lib, shundan 241 mln 139 ming 146 so‘mi sud idoralariga kiritilgan 18 ta da'vo arizalari bo‘yicha iste'molchilar foydasiga undirilgan moddiy va ma'naviy zararlardir. Murojaatlarning 35,3 foizi savdo masalalaridagi, 16,1 foizi gaz ta'minoti, 10,9 foizi elektr ta'minoti, yana 10,9 foizi suv ta'minoti, 7,1 foizi kommunal soha (shirkatlar), 5,3 foizi xizmat ko‘rsatish (servis) sohalariga oid masalalardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, qolgan 14,3 foizi sog‘liqni saqlash, transport, aloqa (va internet) hamda iste'mol sohasiga oid boshqa masalalarda kelib tushgan. Savdo sohasiga oid murojaatlarning eng ko‘p qismi 28,7 foizi xarid qilingan maishiy texnika vositalarida nuqsonlar aniqlanishi holatlari yuzasidan bo‘lgan.
Shuningdek, o‘tgan yil davomida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan 595 ta ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilgan, faoliyat natijalarini OAVlarda yoritish maqsadida televidenie, radio, respublika va mahalliy bosma va elektron nashlarda 975 ta chiqishlar tashkillangan. Faoliyat natijalarini aholining keng qatlamlariga yetkazish maqsadida OAV vakillari ishtirokida 6 ta brifing va 4 ta ochiq muloqot shaklidagi media tadbirlar o‘tkazilgan.
Hududiy birlashmaning davlat granti doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha tadbirlarni, xususan, hududiy birlashma saytini modernizatsiya qilish, oliy ta'lim muasssasalarida seminar-treninglar o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish, moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qiluvchi plakatlarni ishlab chiqish va tarqatish kabi ishlarni o‘z muddatlarida amalga oshirilishi ta'minlangan.
681 nafar fuqarolarga tizimda tashkillangan "Iste'molchi bilan muloqot" huquqiy maslahatxonalari orqali, 299 nafar fuqarolarga esa rahbar va mas'ul xodimlarning aholi bilan muloqot tadbirlari doirasida bepul huquqiy maslahatlar va amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan xodimlarning huquqiy va kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan 9 ta o‘quv tadbirlarida tizim xodimlarining ishtiroki ta'minlangan.
Kengash yig‘ilishi doirasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini yana-da oshirish bo‘yicha tuman (shahar) jamiyatlari mas'ullariga tegishli topshiriq va ko‘rsatma berib o‘tilib, uning yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari?
Telegram| Facebook | YouTube | Istemol.uz
Фарғона вилояти ҳокимлигининг расмий веб-сайти, ижтимоий тармоқлари сунъий интеллект асосида ишлайди
Вилоят ҳокимлигининг расмий веб-сайти www.fergana.uz,"PremiumSoft" жамоасининг малакали мутахассислари томонидан замонавий дастурлаш тиллари ёрдамида янгиланиб, тест режимида ишга туширилди. Эътиборли жиҳати, сайтда сунъий интеллект технологияси қўлланилди. Бунда сунъий интеллект фуқаролар билан интерактив мулоқот қилади, уларнинг саволларига атрофлича жавобларни тақдим этади.
Веб-сайт хавфсиз бошқарув тизимига эга бўлиб, барча ижтимоий тармоқлар билан интеграция қилинган. Бу веб-сайт ва барча ижтимоий тармоқларни бир нуқтадан бошқариш имконини беради.
"Farg‘ona tongi" gazetasining 2024 yil 30-oktabr sonida hududiy birlashmaning grant loyihasi doirasida Farg‘ona davlat universitetida yoshlar uchun tashkil qilingan kutubxona haqida "Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi" foydalanishga topshirildi" nomli maqola berildi.
Yuksak iste`mol madaniyati sari:
https://t.me/PotrebitelUz_bot
Ishonch telefoni: ☎️ 1091
#statistika
#insonmarkazlari
#xizmatlar
2024-yilning III choragi davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib tushgan arizalar va ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan MA'LUMOT
? 2024-yil avgust oyida, barcha “Inson” markazlarida yangi Murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi (CRM) joriy etildi.
O’tgan oyda ushbu tizim orqali 79 mingdan ortiq murojaat ro‘yxatga olindi, kunlik o‘rtacha murojaatlar soni 3 669 tani tashkil qildi.
☺️ III chorak yakunlari bo’yicha 208 ta tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan jami 1 006 116 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, shularning 652 928 tasi (64.9%) ijobiy hal qilingan, 268 877 ta (26.7%) ariza rad etilgan, va 84 311 ta (8.4%) ariza ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.
? Tahlil natijalariga ko‘ra, 20 773 ta ariza muddati kechiktirilgan. Bu arizalarning aksariyati TIEK va VMKdan POM va RTV mahsuloti uchun xulosa olish (4 305 ta), bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash (4 064 ta), hamda nogironlikni belgilash va guruhini o‘zgartirish (2 157 ta) xizmatlariga to‘g‘ri keladi.
? Batafsil tahlil videoda
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 2 weeks, 4 days ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 6 months, 2 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 8 months ago