Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Description
Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz.
Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin.
Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara_kitob guruhiga yozishingiz mumkin
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 5 days, 7 hours ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 3 weeks, 2 days ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 1 month, 2 weeks ago

6 days, 14 hours ago

#nazmvaqti

Ғаним бўлолмасмиз иккимиз сира,
Дўст ҳам бўлолмасмиз балки ҳеч қачон.
Балки эмасдирсан сен ҳам бокира,
Балки эмасдирман мен ҳам покдомон.

Иккимиз учун ҳам ёлғиз шу офтоб,
Иккимиз учун ҳам ягона замин.
Мен ҳам сенинг учун битмадим китоб,
Сен ҳам шуҳратимни этмассан таъмин.

Кимга нима керак? Нечун сохта шон?
Нечун мангуликдан беҳуда талаб?
Ахир иккимиз ҳам сўнг манзил томон
Кетмасмиз дунёнинг юкин орқалаб.

1974 йил

© Абдулла Орипов

Kanalga ulanish ⤵️
t.me/sara_kitoblar_uz

Telegram

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara\_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

[#nazmvaqti](?q=%23nazmvaqti)
6 days, 14 hours ago

**Bugun 14-may 2024-yil, seshanba.

👉 BAYRAMLAR:**

🌏 Butunjahon chixuaxua kuni
🌏 Vazelin tug‘ilgan kun

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇪 Gruziya - Tamboro (Malika Tamarani xotirlash kuni).
🇮🇷 Eron - Tamakiga qarshi fatvo kuni.
🇫🇯 Fidji - Girmit kuni.
🇵🇭 Filippin - Konstitutsiya kuni.
🇮🇱 Isroil - Mustaqillik kuni.
🇨🇦 Kanada - Denim kuni.
🇰🇭 Kambodja - Qirol tugʻilgan kun.
🇰🇷 Koreya - Sariq kun (Atirgul kuni).
🇱🇷 Liberiya - Integratsiya kuni.
🇲🇼 Malavi - Kamuzu kuni.
🇷🇺 Rossiya - Frilanserlar kuni.
🇵🇾 Paragvay - Mustaqillik kuni.
🇹🇭 Tailand - Osiyo buyvollarini himoya qilish kuni.
🇨🇱 Chili - Muhandislar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1147 - Konrad va nemis salibchilari 2-salib yurishi paytida Regensburgni tark etishdi.
- 1607 - inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi - Jeymstaunni tashkil etishdi.
- 1796 - Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi.
- 1835 - Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi ertak” dunyo yuzini ko‘rdi.
- 1862 - Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.
- 1853 - AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi.
- 1869 - Oqto‘ba shahriga asos solindi.
-1872 - Germaniya kansleri Otto fon Bismark katoliklarga qarshi kurash uchun Kulturkampf kampaniyasini e'lon qildi.
- 1878 - “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi.
- 1900 - Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
- 1904 - AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi.
- 1917 - Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi.
- 1927 - Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
- 1939 - Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi.
- 1948 - David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi.
- 1954 - Gaagada BMTga a'zo davlatlar "Qurolli to'qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to'g'risida Gaaga konvensiyasini" qabul qildilar.
- 1955 - Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi.
- 1962 - Afinada Ispaniya  qiroli  Xuan Karlos va Gretsiya  qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi.
- 1963 - Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi.
- 1993 - Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi.
-1993 - MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.
- 2007 - “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi.
- 2008 -  “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi.
- 2009 - Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi.
- 2022 - Valiahd shahzoda Muhammad bin Zoid An-Nahayon BAA prezidenti bo‘ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1265 - Dante Aligyeri (1321) - italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir.
- 1316 - Karl IV (1378) - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378).
- 1553 - Margarita de Valua (1615) - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur.
- 1771 - Robert Ouen (1858) - ingliz sotsialist utopisti.
- 1838 - Vilgelm Steynis (1900) - nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
- 1905 - Uyg‘un - O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg.
- 1922 - Frano Tudjman (1999) - Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti.
- 1942 - Edvard Rtveladze (2022) - arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992).
- 1943 - Birodar Abduraimov - futbolchi, "Paxtakor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), "O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" (1994).
- 1944 - Uolton Lukas - amerikalik film rejissori, prodyusser, ssenariy muallifi va tadbirkor.
- 1946 - Rahmon Muhammadiyev - koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001).
- 1952 - Robert Zemekis - “Kelajakka qaytib”, “Forest Gamp” va boshqa ko‘plab filmlar rejissyori.
- 1969 - Ketrin Elis Blanshet - avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissori.
- 1984 - Mark Sukerberg - Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori.
- 1994 - Marquinos ( Markos Aoas Korrea) - braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016).

BIZ BILAN QOLING!

Kanalga ulanish ⤵️
t.me/sara_kitoblar_uz

Telegram

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara\_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

**Bugun 14-may 2024-yil, seshanba.
1 week ago

#nazmvaqti

Саҳро — чексиз жондор — мени ютади,
Ютади тўрт тараф — турт тубсиз уммон.
Тундай фожиамни тунлар кутади...
Хавотир ҳоритди. Мен қурдим қўрғон.

Унинг деворлари нақадар баланд!
Тирмашиб ярмига аранг чиқар ой.
Қиличлар синади. Ўқ беради панд.
Бекорга чираниб титранади ёй.

Қўрғон! Ўзим — қўрғон, ҳей, баланд қўрғон!
Собит деворларинг нечун толмайди?
Душман киролмайди сенга ҳеч қачон,
Аммо дўстларим ҳам кира олмайди.

Эркин яшолмадим ёруғ дунёда... 
Теграмда, оҳ, қанча қўрғонлар бордир.
Фақат бир ҳикматни билдим зиёда —
Кураш мудом кенгдир, сокинлик тордир.

Фалокат, кириб кел қўрғонларимга
Темир дарвозани йўлдан оздириб...
Кўксимнинг юраксиз томонларидан
Саҳро — чексиз жондор келар бостириб.

© Усмон Азим

Kanalga ulanish ⤵️
t.me/sara_kitoblar_uz

Telegram

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara\_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

[#nazmvaqti](?q=%23nazmvaqti)
1 week, 6 days ago

#buguntarixda

Ватанимиз тарихидаги 7 май санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни.

https://telegra.ph/Vatanimiz-tarihidagi-7-maj-sanasi-bilan-bo%D2%93li%D2%9B-ajrim-vo%D2%9Bealar-bayoni-05-07-2

Telegraph

Ватанимиз тарихидаги 7 май санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни.

1825 йил (бундан 199 йил олдин) – тарихчи олим Огаҳийнинг “Риёз уд-давла” (“Салтанат боғлари”) асарида ёзилишича, Хива хони Муҳаммад Раҳимхон I йигирма йил ҳукм суриб 50 ёшида “...тарихи ҳижрий 1240 йилда, товуқ йилининг авойили рамазони ол муборак ойининг…

[#buguntarixda](?q=%23buguntarixda)
1 week, 6 days ago
[#bayramlar](?q=%23bayramlar)

#bayramlar

Bugun 7-may - Radio kuni

7-may jahon fan va texnikasi tarixiga radioning tug'ilgan kuni sifatida kirdi.

1895-yilning aynan shu kuni Rossiya fizika-kimyo jamiyati yig‘ilishida rus fizigi Aleksandr Stepanovich Popov o‘zi yaratgan dunyodagi birinchi radio qabul qiluvchining taqdimoti va namoyishi bilan birinchi radioaloqa seansini o‘tkazdi.

Shu bois bugun ushbu sana barcha aloqa tarmoqlari xodimlarining bayrami hisoblanadi.

Soha xodimlarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz!

Kanalga ulanish⤵️
@sara_kitoblar_uz

1 week, 6 days ago

Педагогларга устамалар тўлаш тўғрисида янги Низом тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 6 майдаги 263-сон қарори билан Сифатли таълимни таъминлашда ижобий натижаларга эришаётган умумий урта таълим мактаблари раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларига устама бериш тартиби тўғрисида НИЗОМ тасдиқланди.

2024/2025 ўқув йилидан бошлаб ўқитиш ва билимни баҳолашнинг янги тартибини самарали жорий этган, ўқувчилари ижобий кўрсаткичларни қайд этаётган умумий ўрта таълим мактаблари раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларига устама бериш тартиби жорий этилади.

Раҳбарияти ва ўқитувчилари рағбатлантиришга тавсия этилган умумий ўрта таълим мактаблари рўйхати ҳар ўқув йили якунида эълон қилинади ҳамда кейинги бир ўқув йили давомида ушбу мактабнинг ўқитувчиларига мазкур қарорга мувофиқ раҳбарияти ҳамда ўқитувчиларнинг тариф ставкасига нисбатан 40 фоизгача устама берилади.

Раҳбар ва педагог кадрларига устама тўланадиган умумтаълим мактаблари рўйхатини шакллантириш тартиби ҳақида каналимиз орқали маълумот бериб борамиз.

2 weeks, 6 days ago

#buguntarixda

Ватанимиз тарихидаги 30 апрель санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни.

https://telegra.ph/Vatanimiz-tarihidagi-30-aprel-sanasi-bilan-bo%D2%93li%D2%9B-ajrim-vo%D2%9Bealar-bayoni-04-30-2

Telegraph

Ватанимиз тарихидаги 30 апрель санаси билан боғлиқ айрим воқеалар баёни.

1918 йил (бундан 106 йил олдин) - Туркистон Шўролар Жумҳурияти ташкил этилди 1918 йил 20 апрель - 1 май кунлари Тошкентда Туркистон ўлкаси Советларининг V съезди бўлиб ўтади. Унда “пролетар демократияси”га тегишли тамойиллари бўйича танлаб олинган 251 депутат…

[#buguntarixda](?q=%23buguntarixda)
2 weeks, 6 days ago

#buguntarixda

Бугун 30 апрель - Туркистон Автоном Совет Республикаси (Туркистон Республикаси) эълон қилинган кун

https://shosh.uz/turkiston-avtonom-sovet-respublikasi-turkiston-respublikasi/

Shosh.uz

Туркистон Автоном Совет Республикаси (Туркистон Республикаси)

Туркистонда ҳокимиятнинг фақат ишчилар ва европалик миллат вакиллари қўлида бўлиб қолиши ўлкадаги барча демократик кучларнинг ҳукуматга бўлган ишончсизлигини кучайтириб юборди

[#buguntarixda](?q=%23buguntarixda)
2 weeks, 6 days ago

#nazmvaqti

ИЗҲОР

Қанча диёрларда сайр этиб юрдим,
Канча манзилларда туздим ошён.
Ва буюк ҳикматга ахир юз бурдим,
Сийланган жойида азиздир инсон.

Юртим сенда экан насибам тугал,
Сен ўзинг масканим, сен ўзинг шоним.
Сен онам, сен синглим, ёримсан, азал,
Эй, жоним, жаҳоним — Ўзбекистоним.

Иста, қисматимга ўзинг бер барҳам,
Иста, яхши кунда номим қилгил ёд.
Менсиз ҳам мукаммал экан бу олам,
Менсиз ҳам бахтга ёр экан одамзод.

Юртим, фақат сенинг қўлингдан тутиб,
Болангдай эргашиб кета олсам, бас.
Сен пири комилсан, мен сенга муҳиб,
Сени танимаган мени ҳам билмас.

1978

© Абдулла Орипов

Kanalga ulanish ⤵️
t.me/sara_kitoblar_uz

Telegram

📖📕SARA KITOBLAR📒📗

Bu yerda siz uchun kerakli kitoblarni joylashtirib boramiz. Shuningdek sizga kerakli ma’lumotlarni ham so‘rashingiz mumkin. Sizga kerakli kitob yoki ma’lumot haqida @sara\_kitob guruhiga yozishingiz mumkin

[#nazmvaqti](?q=%23nazmvaqti)
4 weeks ago
[#bayramlar](?q=%23bayramlar)

#bayramlar

Bugun 22-aprel - Xalqaro Ona Yer kuni

Har yili 22-aprelda nafaqat ulkan, balki chinakam xalqaro bayram - Xalqaro Ona Yer kuni nishonlanadi.

Bu kun 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida (A / RES / 63/278 sonli rezolyutsiya, BMTning 50 dan ortiq davlat a’zolari tomonidan homiylik qilingan) 22-aprel kuni tayinlangan va 2010-yildan boshlab nishonlanish boshlangan.

Bosh Assambleyaning 63-sessiyasining raisi Migel d’Escoto Brokman ushbu Xalqaro kunning qarorida Yer va uning ekotizimlari bizning uyimiz ekanini tan olish, insoniyatni hayot bilan ta’minlashni e’tirof etishni BMTning Atrof-muhit bo‘yicha konferensiyasida qabul qilingan majburiyatlarni tasdiqlashini 1992-yilda Rio-de-Janeyroda e’lon qildi.

Shuning uchun hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o‘rtasida adolatli muvozanatga erishish uchun tabiat va Yer sayyorasi bilan uyg‘unlikni ta’minlash kerak.

Kanalga ulanish⤵️
@sara_kitoblar_uz

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 5 days, 7 hours ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 3 weeks, 2 days ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 1 month, 2 weeks ago