Sevinch Ulugʻbekovna

Description
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti talabasi
"Yosh siyosatchi qizlar" loyiha muallifi
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

1 month, 2 weeks ago

#tabrik Bugun bizning kun, bizning kun bugun. Ha, aslida har kun bizning kun, har kun hadyalar va kichik eʼtiborlar uchun ochiqmiz.
Jajji dunyoyimdagi aziz xonimlar! Latofatimiz umrboqiy boʻlsin. Doim koʻzlarni va yuzlarni tabassumdan shod etib yuraylik, biz borki olam munavvar. Bayramlar davom etaversin, hadyalar olishdan hech tolmaylik. Bayramingiz muborak boʻlsin
💚**

2 months ago

#iqtibos *"Рус босиб олгани, яхши" - дер бири,
Бири: "Америка яхшироқ"- дейди.
Зоҳири озод, лек ботини қуллар,
Фақат бир-бирининг ғўштини ейди.

"Реал" ёки "Барса", "айфон" ё "samsung",
"Роналдо" ё "Месси" қайси зўр"- дейди,
Китоб ўқи десанг бўлар кар ва гунг,
Фақат бир-бирининг ғўштини ейди.

Жавоҳир Эшонқулов

Aqida Hanum facebook tarmogʻidan olindi.*

2 months ago

#iqtibos *Hammani oʻldiryapmiz, qadrli doʻstim. Kimnidir oʻqlar bilan, kimnidir soʻzlar bilan, kimnidir qilgan ishlarimiz va kimnidir qilmagan ishlarimiz bilan...

Fyodor Dostoyevskiy*

3 months, 1 week ago

#iqtibos *Birovlarning aybini koʻruvchi koʻz - haqni koʻrishdan mahrum. Chunki uning nazari doimo boshqalarga qaratilgandir.

Jaloliddin Rumiy*

3 months, 2 weeks ago

#poydevorlar_uchun Qarama qarshi jins vakillari oʻrtasidagi munosabatda qiz bolaning hayotiy poydevori otasiga bogʻliq. Balkim oʻylarsiz arzimagan gap deb. Ammo unaqa emas.
Qiz farzandingizni munosabatlarda qoqilishi, oʻzini aybdor his qilishi, ishonchsizligi, oʻzini xunuk deb hisoblashi bu - otaning mehri "
juddda zoʻr" boʻlganligidan dalolat beradi. Kichik yoshda qizingiz bu gaplarni aytmasligi, aytolmasligi mumkin. Kun kelib shunaqa qoqiladi-ki, siz berolmagan mehr birma-bir koʻz oldidan bot-bot oʻtaveradi.
Ota (boʻlar) ekansiz, harakat qiling farzandingizga bor mehr va eʼtiborni berishga. Xoh qiz boʻlsin, xoh oʻgʻil ota-onadan har kez mehr umidvor.
Hech qachon "menga injiqlik qilma, erkaliging koʻpayib ketdi, ishim koʻp nari tur demang !
Bolalikdan unga kerakli ozuqalarni (mehr, eʼtibor, quvonch, shukur neʼmati) berar ekansiz, umid qiling-ki mehnatlar samarasi qariganingizda qaytadi.
Fikrlar mendan, xulosa esa sizdan...**

3 months, 3 weeks ago

#oʻzimizni_gaplar_turkumidan Barchada boʻlgani kabi men ham oʻtgan yilni sarhisob "qilyapman". Ammo, hozircha yakuniga yetmadim. Hamon oʻtgan yil sarhisobidan umidim bor...
Sizchi, sarhisob qildingizmi? Topganlaringiz yoʻqotganlaringizga arzidimi?**

3 months, 3 weeks ago

#izohsiz Azobda yashayotganlarni koʻpchilik unutdi, ammo Oʻzbekiston emas. Toʻgʻri, butun shahar emasdir, 100 nafar inson hayotini saqlash ham oson emas ??*??*

4 months ago

#shunisini_oʻqish_kerak Oʻrtoqlar! Sahnada diplomni olmadi degani kibrlandi degani emas. Bu yerda kibrlanadigan joyni oʻzi yoʻq. Gapirishdan oldin oʻylash yaxshi odat, anaqqisa**!

4 months, 1 week ago

#shunisini_oʻqish_kerak Soʻnggi paytlarda tarmoqlarda yangi turmush qurgan oilalar muammolariga guvoh boʻlyapman. Nazarimda shu mavzudagi videolar targʻiboti kuchaydi. Ammo, oxirgi Samarqanddagi (byuti) bloger qizning videosi omma ichida shov-shuvlarga sabab boʻlmoqda. Undan sal avval Turkiyada bir yigit ikki qizni shavqatsizlarcha pichoqlagan videosi tarqalgan edi.
Shaxsan meni fikrim bu videolar oʻsib kelayotgan avlodni turmush qurishdan biroz chetlashishga olib keladi (sababi, men ham qoʻrqib qoldim...). Toʻgʻri, tomosha qilmang dersiz, ammo instagramdan boʻlmasa telegramdan xabarlar kelmoqda. Aynan nimagadir shaʼma qilmayapman, ammo tafakkur qilish kerak, oʻgʻil bolalarimizda tarbiya oqsaganmi yoki qizlarda?
Siz qay fikrdasiz?**

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago