Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Abituriyent ²⁴

Description
✅️ @Abitur24 — eng so'nggi yangiliklar!

🔥 Kanalda abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!

😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 дня, 7 часов назад

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 1 месяц назад

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 1 месяц, 4 недели назад

3 weeks, 2 days ago

*⚡️Kontrakt narxlari oshishi kutilmoqda*

Batafsil videoda: https://www.instagram.com/reel/C6vt_6LsEYT/?igsh=MTZxNXZ6eHhsbWlzeQ==

3 weeks, 3 days ago

⚡️Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi
Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich
ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

3 weeks, 3 days ago

⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

3 weeks, 5 days ago

⚡️Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolishi mumkin edi.

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

3 weeks, 6 days ago
*****⚡️***5 yil staji bor oʻrta maxsus …

*⚡️5 yil staji bor oʻrta maxsus darajadagi xotin-qizlar diqqatiga!
🇺🇿* Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.

Batafsil: https://telegra.ph/Hotin-qizlar-uchun-yana-bir-imtiyoz-05-15

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

1 month ago

*⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari*

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

❗️Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

1 month, 1 week ago

*⚡️Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mumkin bo'ladi*

📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi.

⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

** Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz!

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

1 month, 1 week ago

"Davolash ishi" yo'nalishi qaysi OTMlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ushbu yoʻnalish kunduzgi ta'lim shakli, o'zbek tili boʻyicha 15 ta oliygoh mavjud.

1. Andijon davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 169.10 ball | Kontrakt - 153.10 ball

2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.30 ball | Kontrakt - 146.60 ball

3. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.50 ball | Kontrakt - 147.50 ball

4. Guliston davlat universiteti
📊 Grant - 153.80 ball | Kontrakt - 140.30 ball

5. Jizzax davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 161.20 ball | Kontrakt - 146.40 ball

6. Namangan davlat universiteti
📊 Grant - 164.90 ball | Kontrakt - 145.70 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 154.00 ball | Kontrakt - 142.40 ball

8. Qarshi davlat universiteti
📊 Grant - 163.70 | Kontrakt - 141.90 ball

9. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
📊 Grant - 151.10 ball | Kontrakt - 138.80 ball

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti
📊 Grant - 172.10 ball | Kontrakt - 154.10 ball

11. Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti
📊 Grant - 175.40 ball | Kontrakt - 159.10 ball

12. Toshken tibbiyot akademiyasi
📊 Grant - 180.50 ball | Kontrakt - 161.30 ball

13. Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
📊 Grant - 157.10 ball | Kontrakt - 143.50 ball

14. Toshken tibbiyot akademiyasi Urgancha filiali
📊**** Grant - 162.10 ball | Kontrakt - 139.10 ball

15. Samarqand davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 169.50 ball | Kontrakt - 156.70 ball

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatjavobbot orqali bilishingiz mumkin!

Maktabgacha ta'lim: t.me/nodavlattalim/1222
Boshlangich taʼlim: https://t.me/abitur24/21
Yurisprudensiya: https://t.me/abitur24/22

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

1 month, 1 week ago

⚡️2024-yilgi kirish imtihonlarida 90 ta savol beriladi. Maksimal ball – 189Davlat OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan. Unga ko‘ra

*👉* Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun
1,1 balldan.
Maksimal ball –
11 ball**.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

*👉* Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun
3,1 balldan.
Maksimal ball –
93 ball**.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📝 Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Safimizga qo'shiling👇****
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 дня, 7 часов назад

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 1 месяц назад

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 1 месяц, 4 недели назад