Munabbih

Description
• Ilm oling, o'zgaga yetkazing!
• Yetkazishda omonatga rioya qiling!
• Har bir ishda Allohdan ajr umid qiling!

Shaxsiy kanal, shaxsiy fikrlar...
Murojaat uchun: @Munabbih_bot

• Instagram.com/Munabbihuz
• https://www.youtube.com/@Munabbih_media
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

3 months, 4 weeks ago

Eng xavfli soʻz: ikki marta choʻzib “iy- iiyy” deb, uchinchisi “vaaay” bilan yakunlangan soʻz. ?

P/s: Shunchaki, kanalga bir nima yozgim keldi.

Anaqqisa, ulashib qoʻyish tekin?

1 year ago

Assalomu alaykum va rohmatulloh!
Ustozlar kuni munosabati bilan shaxsiyda va umumiy qilib tabrik yuborganlarning barchasidan Alloh rozi boʻlsin!

Hozir yozmoqchi boʻlgan narsa yuqoridagilarga taalluqli emas. Mavzu doirasi shunga taqazo qilgani sabab yozmoqdaman.

Darhaqiqat, ustoz shaxs kamolotidagi umurtqa hisoblanadi. Umurtqasiz inson jasadi tik turmagani kabi ustoz va uning koʻrsatmasisiz ham shaxs hech qachon yuksalmaydi.

Ustoz haqida qancha koʻp gapirmaylik baribir bunday maqomning asl mohiyatini ochib berish uchun soʻzlar ojizlik qiladi. Balki, bu faqatgina qalb orqali his qilinadi. Pok qalblar orqali…

Shu bilan birga ustozga hurmat va uni e’zozlash yilning ma’lum sanasiga xoslangan emas. Uni e’zozlash uchun doimo bir nima narsalar hadya qilish ham shart emas.

Shaxsan men uchun ustozga hurmat:
⁃ uning topshiriqlarini soʻzsiz bajarish;
⁃ darsida bardavom boʻlish;
⁃ darsini sababsiz qoldirmaslik;
⁃ darsga oʻz vaqtida ishtrok etish;
⁃ dars jarayoni aktiv boʻlish;
⁃ savollar yuzaga kelsa, ustoz ruxsat bergandagina berish;
⁃ dars tushuntirish asnosida gap suqib turmaslik;
⁃ uyga vazofalarni alo darajada bajarish;
⁃ uyga vazifa bajarish asnosida mavzu doirasida qoʻshimcha ma’lumotlar izlash;
⁃ uning koʻnglini ranjitmaslik;
⁃ uning koʻziga tik boqmaslik;
⁃ unga koʻz bilan va qoʻl bilan ishora qilmaslik;
⁃ u kirguniga qadar dars xonasini tayyor holga keltirish;
⁃ ustozga yaqin joyga oʻtirish;
⁃ uni jon quloq bilan tinglash;
⁃ uning hatto 1000-marta aytayotgan gapini ham 1-marta eshitayotgandek ishtiyoq bilan eshitish;
⁃ darsga tanballik qilmaslik;
⁃ ustoz vaqtini behudaga olmaslik;
⁃ ustoz bergan topshiriqlarni (oz va koʻpligi borasida) muhokama qilmaslik;
⁃ ustozga “falonchi siz aytgan narsaning xilofini aytdi” deb aytmaslik;
⁃ ustozning xatosini izlamaslik;
⁃ xatosiga guvoh boʻlganda Allohdan uning gunohini kechirishni soʻrash;
⁃ hayotiy biror muammoga duch kelganda - garchi sizning nazlingizda u bunga loyiq boʻlmasa ham - undan maslahat soʻrash;
⁃ u borligida ham, yoʻqligida ham ortidan gʻiybat qilmaslik;
⁃ uning sha’nini boshqalar oldida ham himoya qilish;
⁃ uning oldiga tushib yurmaslik;
⁃ uning oldida ovoz koʻtarib turmaslik;
⁃ uning joyiga oʻtirmaslik;
⁃ uning harakatlarini taqlid qilib kulmaslik;
⁃ uning hojatlarini boshqalardan oldin ravo qilishga intilish;
⁃ imkon qadar uning xizmatini qilib, duosini olish;
⁃ u turgan tarafga oyoq uzatmaslik;
⁃ uni doimo duolarda eslab turish;
⁃ Uning ilmiga barakot soʻrashdir.

• Bular har bir tolibi ilmga vojib ishlardan boʻlib, usiz ilmga erisha olmasligi mumkin.

• Ushbu nasihat avvalo oʻzimga shu qatori men kabi boshqa tolibi ilmlarga eslatma oʻlaroq yozdim.

• **Alloh taolo Ustozlarimizni salomat qilsin, ularni din xizmatida sobitqadam qilsin. Amallarini qabul qilsin. Gunohlarini Oʻzi magʻforat qilsin!

– Muhammad Amin Ahmad**

1 year ago
Men menga bir harf oʻrgatganning quliman. …

Men menga bir harf oʻrgatganning quliman. Xohlasa sotsin, xohlasa ishlatsin, xohlasa ozod qilsin.

- Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

1 year, 1 month ago

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam najsh*dan qaytardilar. (Sunani termiziy, 4/1304-hadis)

Najsh – oʻzi sotib olmaydigan narsaga odamlarni qiziqtirish va uning narxini oshirish. Hukmi makruhi tahrimiy. Chunki bu ishda birodarini aldash va uning ishonchini suiistemol qilish bor.

Bugungi kundagi reklamalar ayni shunday emasmi?

1 year, 1 month ago

#tasavvuf

Ikkinchi rukn. Ochlik. 2-qism

Ibrohim Adham aytadiki: "Uch yuz nafar valiy zotga xizmat qildim va har biri menga 4 ta narsani vasiyat qilib qoldirdi:
- Kim ko'p yesaAlloh taologa toat qilish lazzatini topmaydi;
-Kim ko'p uxlasa umrida baraka bo'lmaydi;
-Kim odamlarga ko'p aralashsa unga Allohning huzurida hujjat keltirilmaydi;
-Odamlar e’tiboriga tushishni koʻpaytirgan kimsa, dunyodan tavhid bilan chiqmaydi.

Yahyo ibn Muoz aytadiki: “Odam bolasining nafsida yomonlikning mingta shoxi bo'lib, ularning har biri shaytonning qo'lidadir. Agar inson qornini och qo'yib, ehtiyotini qilsa va nafsini bo'ysundirsa, yomonlikning har biri qurib bitadi, ochlik olovi bilan yonadi va undan shayton qochadi (nari bo'ladi)”.

Bir kishi Ibn Bashirga: “Menga ibodatni o'rgating” dedi. Shunda Ibn Bashir: "Ovqatlanib turasanmi", dedi. U kishi ha dedi. Ibn Bashir: "Qanday yeysan", dedi. U kishi: "To'ygunimcha yeyman va shu bilan kifoyalanaman", dedi. Ibn Bashir: "Bu aqlsiz mavjudotlarning ya'ni hayvonlarning ovqatlanishidir, borgin, va yeyishni o'rganib kelgin, so'ng ibodatni o'rganasan", dedi.

Ba'zi ulamolardan "Alloh taoloning kitobida tibbiyotni topganmisiz", deb so'rashdi. Shunda ular: “Ha, Alloh taolo tibbiyotni barchasini quyidagi oyatda jamladi:
  كلوا و اشربوا و لا تسرفوا
Yenglar, ichinglar va isrof qilmanglar. (A'rof surasi 31-oyat)
.
Ya'ni yeyishda ichishda isrofga ketish tana a'zolaridagi va qalbdagi kasalliklarini keltirib chiqaradi”, deb javob berdilar.

Qoوariyr

1 year, 2 months ago
**Voqelikka adolat bilan boqish bunday bo'ladi...**

Voqelikka adolat bilan boqish bunday bo'ladi...

1 year, 2 months ago
**Bir-biringizni yomon ko'rmang. Birodar bo'linglar, Allohning …

Bir-biringizni yomon ko'rmang. Birodar bo'linglar, Allohning bandalari!("Sahihi Buxoriy", 6064-hadis; "Sahihi Muslim", 2563-hadis)

1 year, 2 months ago

#ilm_suhbat
#Tasavvuf

Birinchi rukn: Doimiy zikr.

Zikr qalbni Haq bilan doimiy mashg'ul boʻlishi orqali Allohni unutish va g'aflatda qolish illatlaridan halos qiladi.

Zikrning mohiyati shuki, unda  zikr qilinuvchi zot ya’ni Allohdan boshqa barcha narsani unutiladi.
Qachonki unutsang, Robbingni esla!” (Kahf surasi, 24-oyat).

Oriflar qalbining lazzati bu zikrdir.
Ular iymon keltirgan va qalblari Allohni zikr qilish — eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh boʻlingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur” (Ro’ad surasi, 28-oyat).

Alloh taolo: "Ey iymon keltirganlar, Allohni ko'p-ko'p zikr qilinglar" deydi. Ya'ni tursangiz ham, o'tirsangiz ham va hatto yonboshlasangiz ham…

Ibn Abbos roziyallohu anhumo shunday deydi: "Hech bir kishi Alloh taologa zikr aytmagani uchun uzr topa olmas. Ammo aqlida nuqsoni borlar bundan mustasnodir".

Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayji va sallam: "Zikrni ko'paytiringlar, toki sizlarni ko'rganlar majnun deyishsin" dedilar.

Zikr qilish borasida ko'plab oyatlar kelgan. Ulardan:
"Allohni ko'p zikr qiling, shoyadki najot topsangiz"( Anfol surasi, 45-oyat)

"Robbingni ertayu kech ichingda tazarru’la, qoʻrqib ovoz chiqarib, gapirmay zikr qil va g'ofillardan boʻlma" (A'rof surasi, 205-oyat)

Shu sababli tasavvuf ilmi zikrni asosiy unsurlardan va tasavvuf yo'lining asosiy ruknlaridan biri sifatida tanlagan. Zero, hech kim davomli zikrsiz Haq taoloning visoliga erisha olmas.

Zikr Qur’on va Sunnatda kelishicha amallarning eng afzallaridan biri. Agar komil shayx yo'lboshchiligida ado etilsa, Alloh taologa eltadigan eng yaqin yo'llardan biri.

Zikrning turli ko'rinishlari bor:
1. Tahlil - Laa ilaha illalloh;
2. Takbir - Allohu Akbar;
3. Tasbih - Subhanalloh;
4. Hamdala - Alhamdulillah;
5. Hasbala - Hasbiyalloh;
6. Havqola - Laa havla va laa quvvata illa billaah
7. Salovot - Allohumma solli ‘alaa Muhammad.
Ularning har biring fazilat va xususiyatlari bor.

Bir kishidan "Sen ro'zadormisan?", deb so'ralganda "Men Allohning zikri bilan ro'zadorman" deya javob qilgan ekan. Darhaqiqat, zikr boshqa ibodatlar kabi vaqt va makon bilan xoslanmagan. Ya'ni har kim xohlagan joyida, har qanday holatida zikr qilishi mumkin.
Ammo zikr qilishda ham xushu' va qo'rquv, rajo* va muhabbat bilan qilishimiz darkor.

Ibn Ajiyba aytadi: "Zikr uch turlidir.
1. Faqa til bilan zikr qilish, u g'ofillarning zikridir.
2. Qalb va til bilan zikr qilish, tariqat ahlining (tasavvuf yo'lidagi) zikridir.
3. Faqat qalb bilan zikr qilish, u Allohning visoliga yetuvchilarning zikridir”.

Alloh taolo barchamizni qalb bilan zikr qiluvchilardan qilsin. Qalbimizni musaffo qilsin, qalb go'zalligimizni o'zining yo'lida qilgan amallarimiz bilan bezab qo'ysin.
Barchamizga tavfiq bersin, Allohimma Amiyn!
*Rajo - umid, Allohning rahmatini umidvor boʻlish.

Qoوariyr

1 year, 3 months ago
Ҳаётимиз майда ишларга ўралашиб қолган. Ўқишга …

Ҳаётимиз майда ишларга ўралашиб қолган. Ўқишга кириш, ўқишни битириш, ишга кириш, маош, машина, уй-жой, ижтимоий муаммолар фақат "тонировка" ё артистлар айтган гапга муносабат билдириш.

Тарихни унутдик, буюк ишларни фақат эртак қаҳрамонлари қилади деб ишонамиз. Бизнинг муаммоимиз фақат еётган ва кияётганимиз. Яна вазнимиз ҳам.

Қуддусни қўйиб туринг, ўзимизнинг устимиздаги ишларга ҳам кучимиз етмайди. Биз тинчлиги ва қорни учун ҳамма нарсасидан кечиб бўлган ва бунга кўникиб кетган майда инсонлар йиғиндисимиз.

Ҳайитда нархларни оширамиз, навбатсиз тиқилишни эпчиллик деб ўйлаймиз, кўпчилик ҳақи бўлган нарсаларга пул бериб эга чиқишдан ор қилмаймиз.

Бизга нимадир етишмайди. Ақл ва фаросатдан ташқари яна нимадир.

- Жамолиддим Муҳаммаджон

1 year, 5 months ago

Ramazon tugadi. Lekin bandalik tugamadi. Ramazondagi Robbimiz boshqa oylarda ham Robbimizdir.
Ramazondagi harom ishlar boshqa oyda ham harom.
Ramazondagi savobli ishlar boshqa oylarda ham savob.
Ramazonda farz bo‘lgan namoz boshqa oylarda ham farz.
Ramazonda tilovat qilingan Qur’on boshqa oylarda ham tilovatga eng haqli Kitobdir.
Ramazonda qilgan zikrlarimiz boshqa oylarda ham cheksiz fazllarga ega.
Ramazon tugadi, biz hamon mo‘minmiz, musulmonmiz!

Yo Alloh, bizlarni O‘zingga yo‘liqqunimizgacha sobit qadam qil. Omin.

*© Ikrom Sharif*

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago