Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 Monat her
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 Monate, 2 Wochen her
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 Jahre, 6 Monate her
***&&&
Alloh senga yomonlik yetishini xohlamas ekan, butun olam birlashib ham senga zarar bera olmaslar.
Alloh senga yomonlik yetishini taqdir qilgan ekan, butun olam birlashib ham uni sendan daf qila olmaslar.
🍂🍂🍂***
Seni tunlar allalagan uyqu mening,
Koʻzlarimni boyqush boʻlib choʻqimoda,
Senga yetmas xayollarim yoʻllarida,
Oʻrgimchaklar toʻrlarini toʻqimoqda.
Kishan solib qoʻygan mening qadamimga,
Shum yolgʼizlik mehrobiga topinganman.
Yuragimning xilvatyotar xonasida,
Jinjiktirar hoʻl xazonlar yopinganman.
Qaygʼularim olam olam sen bilmaysan,
Yuragimni ezaverar talqonida.
Sen yashaysan koʼnlingning gul osmonida,
Mening jonim jallodlarning makonida.
Qancha qaygʼu boʻlsa yutdim,jilmaygancha,
Kulgi jomim hasratlarga toʻlib ketdi.
Bir jonimni bergan edim ishqqa ammo,
Afsuski u boʻlaklarga boʻlib ketdi.
Almashinib qolgan kecha kunduzlarim,
Yigʻlayverib koʻzim kundan uzib qoʻydim.
Arosatda yugurishib jonim olgan,
Vaqtlarimning millarini buzib qoʻydim.
Nima boʻlsa boʻlar endi,boʻlaversin,
Kuzda uchar xazonlarga oʻxshagim yoʻq.
Sensizlikda yashamoqqa mahkummanu,
Ammo sensiz dunyosida yashagim yoʻq.
✍️. ZULFIYA RAIMOVA***
Orzularim osmoncha edi,
Hech biriga yeta bilmadim.
Qizgʼanishdi bahorni mendan,
Bahor oʻtib kuzda gulladim.
Qayta qayta yuragim tirnab,
Qiynab jonim dunyo toʻymadi.
Ketay desam baridan kechib,
Qoʻllarimdan tutib qoʻymadi.
Tikon sanchdi bagʼrimga gullar ,
Jala quydi boshimdan osmon.
Yaxshi boʻldi dilozor dillar,
Boʻlaverdim bitta men yomon.
Men gunohkor..buyuk gunohkor
Dor ostida sirtmoqni kutgan.
Gʼarib koʻnglin xushlamoq boʻlib,
Sizga yoqmas sheʼrlarni bitgan.
Abr boʻldim...koʻkda aftoda
Toʻlib kelib yogʼa olmagan.
Qancha sevib qancha xoxlab ham,
Siz tomonga nazar solmagan.
Boʻldi,yetar urinmayman hech,
Azob sotib olmayman endi.
Ozurda jon nima desang shu,
Bu yerlarda qolmayman endi.
Ketamiz..unutsin bizni koʻngillar..
✍️. Zulfiya Raimova***
Avrab avrab,nozikkina koʻngling gulim,
Mensizlikning bozorida sotdilarmi?.
Zor yuraging nimtalashib, tilib tilib,
Kerakmas deb bir chekkaga otdilarmi?.
Yigʻladingmi kunlar kutib qadamlarim,
Dardlaringni yigʻlab oyga soʼyladingmi?
Jon joningdan oʻtkazganda sitamlaring,
Mendek oshiq gʼaribingni oʼyladingmi?
Chimildiqning jilolangan torlariga,
Gʼamkoʻylaklar osmoq uchun bichdingmi yor?
Tun tushlari tasnha qilsa zorlariga,
Tong choyiga yodim qoʻshib ichdingmi yor?
Menku, gado koʻchangdan ming oʻtib qaytgan,
Baxtli gulim malikaga aylandingmi?
Men sigʻmadim tor dilinga oʻzing aytgan,
Ishq yurtining keng koʻksiga joylandingmi?
Qayga boqmay ,alahsirash bordir balki,
Kimni koʻrsam bari senga oʻxshar ekan.
Buncha gʼalat bu dunyoning bori xalqi,
Bilib turib bilmaganday yashar ekan.
✍️. Zulfiya Raimova***
Tun choʻkdi..
Yuragim ufqida,
Poyimda toʻzgʼigan xayollar.
Yastangan...
koʻngilning sahrosi.
Javobsiz tentirar savollar..
Kiprikda osilgan
armonim.
Silanar kaftimning
Oʻtida.
Sarhadsiz toʻrtala tomonim,
Kezaman..
yolgʼizlik yurtida.
Tizlarim toʻldirar ogʼushim,
Singiydi dunyoning
Gʼavgʼosi,
Chiqmaydi ..
boʻgʻzimdan tovushim,
Garovda jonimning savdosi.
Bir orom insaydi koʻksimga,
Boshimda..
mungʼayar yulduzlar.
Nafasim chiqishin qoʻymaydi,
Hijron deb atalgan iblislar.
Kengliklar kichrayar,
tamoman,
Jimjitlik boricha kengaydi.
Devorda...
Vaqt degan yosuman,
Tinmasdan umrimni sanaydi.
✍️ Zulfiya Raimova***
***&&
Гоҳида баъзи инсонлардан миннатдор бўлгинг келади, чунки зулмат қоплаган қалбингни бесабаб ва бетаъма ёруғлик сари етаклайди.
Шундай инсонлар
ҳалигача орамизда борлиги қандай яхши...
Яхши инсолар яхши хам борсиз,мен сизларни яхши кураман..
🥰🥰***
&&
Ҳеч кимдан хафа бўлишга ҳақимиз йуқ ....
Ҳақимиз борлар хафа қилишмайди..
😊****
&&
- O'zgalarning hayotiga emas,
O'zingizning sharoitingizga qarab yashang shunda. Baxtli bo'lasiz..!
❤️**
❤️❤️
*&&&
Ilgari oq edi koʻngilning rangi,
Kam edi molparast,shuhratparastlar,
Har kun chiqmas edi udumlar yangi,
Koʻpga choʻzilmasdi gina,arazlar.
Niyatlar sof edi,tuygʻular tirik,
Toʻkilib ketmasdi kaftdan duolar,
U paytlar sajdada sobit,haq edik,
Yoʻq edi oʻzicha "yakkaxudolar".
Yoʻllar uzoq edi yetmoqlik mushkul,
Sovuq edi balki tor-tor xonalar,
Mehr taftli edi,oqibat dumbul,
Zinoga toʻlmasdi pana panalar.
Muhabbat sof boʻlgan,sevgi bahosiz,
Xatgamas yurakka bitgan vafolar.
Nomusni asragan koʻz qarosidek,
Koʻchada yotmagan sharmu hayolar.*
Hali koʻp boʻlmadi,oshmadi zamon,
Biz juda oldinlab ketganmiz goʻyo,
Shundoq oʻzgarishda boʻlsa odamzod,
Qandoq bularga koʻz yumarkan dunyo.
✍️. Zulfiya Raimova**
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 Monat her
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 4 Monate, 2 Wochen her
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 Jahre, 6 Monate her