Ochopat_Book

Description
Kitoblar,
Filmlar,
Hislar.
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago
[#kayfiyat](?q=%23kayfiyat)

#kayfiyat

Shunday gyuuuzal xabar bilan davom etyapti bugungi kun.

O'zbekistondan, Zabarjad media nashriyoti va xodimlaridan kitob kelyaptiiii🥹

Aaaaaaauuuuuuuu🥳
Bugundan may oyini ikki karra kutib yashayman😁

Aytgancha, kitobxonlar, 14-fevral qanday kunligini bilasizlar a?

@Ochopat_book

3 months, 2 weeks ago
Ochopat_Book
4 months ago

#mulohaza

Yaldo tuni, yaldo kechasi, yaldo kabi zim-ziyo, yaldo zulmati kabi jumlalarga ko'p duch kelganmiz.
She'rlar, g'azallar, ruboiy, chiston, hikoya, romanlarda, ayniqsa, ko'p uchraydi.

O'zi Yaldo tuni qanday tun?
Mohiyati qanday?

Eron va Turon xalqlari qadimdan Yaldo kunini bayram qilib kelishgan. Bugungi kunda Eron, Аfg'oniston, Tojikiston, Turkiya va Ozarbayjonda bayram qilinadi.
(Har yili 21-dekabrda)

Sosoniylar imperiyasi qulagach, Islom dini tarqalgach bu bayramning ahamiyati tobora kamayib borib, Yaldo tuni zardushtiylarga xos oilaviy bayramga aylangan.
Shuningdek, Yaldo zardushtiylikgacha bo'lgan Quyosh Xudosi Mitraga sig'inish an'analaridan kelib chiqqan, degan qarash ham bor.

Yaldo kechasi yoki Chilla kechasi Eronning eng qadimiy bayramlaridan biridir. Yaldo so'zi suryoniy tilida "tug'ilish" ma'nosidagi so'zdan olingan. Ushbu so'zning nomi Yaldo kechasi va qishning birinchi kunida quyosh chiqqandan keyin kechaning davomiyligi asta-sekin qisqarganligi va kunlarning davomiyligi uzoqroq bo'lganligi bilan bog'liq bo'lib, ma'lum maʼnoda yer qayta tiklanadi. Bu kechaning Chilla kechasi deb atalishiga sabab, qishning birinchi qirq kuni "Buyuk chilla" va undan keyingi yigirma kuni "Kichik chilla" deb nomlanadi. Ilgari, qishki sovuqning eng yuqori nuqtasi "Katta chillada" ro'y berishiga ishonishgan.

Yaldoning tarixi juda uzoq vaqtlarga borib taqaladi, ammo aynan qachonga tegishli ekanligi aniq emas. Ko'plab arxeologlar Yaldoning tarixi bundan 7 ming yil oldingi davrlarga borib taqalishini taxmin qilishgan.

Аmmo mutaxassislarning fikriga ko'ra, Yaldo kechasi deb nomlanuvchi bayram miloddan avvalgi 500-yil va uning Doro I davrida qadimgi forslarning rasmiy taqvimiga kiritilgan sanasi bilan bog'liq.

Yaldo kechasi ko'plab tarixiy kitoblarda ham tilga olingan. Buyuk olim va taqvimshunos olim Аbu Rayhon Beruniy Yaldo kechasini "Milodi Аkbar" deb eslagan va uni quyoshning tug'ilishi deb nomlagan. Forsiyzabon davlatlarda qadimdan bu tunni oila davrasida o'tkazish, yeb-ichib, Hofiz Sheroziyning g'azallaridan o'qish, Firdavsiyning "Shohnoma" asarini yarim tungacha o'qish odat tusiga kirgan. Meva va yong'oqlar iste'mol qilingan. Аyniqsa,dasturxonda anor va tarvuz bo'lishi shart. Chunki bu ne'matlarning qizil rangi tonggi shafaqqa demakki, hayot yog'dusiga qiyoslanadi.

Xullas kalom, bugun Yaldo kechasi. Yilning eng uzun kechasida yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkazing.

@Ochopat_book

4 months, 2 weeks ago

#his

Yaxshi bir kitob o'qing,
Go'zal film tomosha qiling,
Huzurbaxsh musiqalar eshiting,
Va O'zingizni dunyodagi barcha ahmoqgarchiliklardan himoya qiling...

@Ochopat_book

4 months, 2 weeks ago

#fikr

Bizning holatimiz kitob ko'tarib ketayotgan eshakdan farq qilishi kerak. Bu uchun esa olgan va olayotgan ilmlarimiz bilan birlasha olishishimiz kerak.

Biz har qanday o'rgangan narsamiz, ilmimiz, bilmimizni sevishimiz kerak. Yaxshi ko'rishimiz kerak.
O'zimiz ham amal qila olishimiz, hech yo'q, ma'lum bir qismiga bo'lsa-da amal qilish uchun jiddu-jahd qilishimiz kerak. Eng muhimi esa boshqalarga o'rgatish uchun jonbozlik ko'rsata olish.
Shundagina ular foyda olib keladi. Manfaatga aylanadi.

Bizning vazifamiz faqatgina o'rganish emas, o'rganganlarimizni amalga oshirish va boshqalarga o'rgatishdir. Olgan ilmimizning sadaqasi boshqalarga o'rgatish orqali ado qilinadi. Kichik nimadir o'rgandingizmi uni kimgadir o'rgating. Orqamizda ishlatilmagan, foyda olinmagan va o'rgatilmagan, yukdek ko'tarib yurgan ilmni hech kimga keragi yo'q.

@Ochopat_book

4 months, 3 weeks ago

#his

Qo'shiq kuyla
raqsga tush,
she'r ayt,
ovozing boricha kul,
baqir,
hayqir,
qichqir,
halinchakda uch,
yomg'irda soyabonsiz yur(qo'rqma, shamollab qolmaysan)
o'zingni shamol izmiga topshir,
ulg'ayma!
Sira ulg'ayma!
Nima qipti, 25/30/50 ga kirgan bo'lsang?!
Nima qipti oilang, farzanding bo'lsa?
Ulg'ayma!
Ko'rdim "ulg'ayganlar"ni, qalbi tosh bo'lib ketgan...
Sen ulg'aymagin, iltimos.
İchingdagi bolachani asra!

@Ochopat_book

7 months ago

Bu esa kirish zali.
Bu yerda asosan kitobxonlik uchrashuvlari, kitob muhokamalari, suhbatlar, yig'inlar bo'ladi. Yoki shunchaki dam olib o'tirishingiz ham mumkin.

@Ochopat_book

7 months ago
7 months ago

Bu esa kitoblarni sterizatsiyalash mashinasi. Siz o'qimoqchi bo'lgan kitobdan sizdan oldin kimdir foydalangan bo'lsa, siz uni o'qishdan oldin sterizatsiyalashingiz mumkin. Shu mashina ichiga solasiz va 1 daqiqa ichida kitob butunlay toza, har xil mikrob va infeksiyalardan holi holda qo'lingizga tegadi.

@Ochopat_book

9 months, 3 weeks ago

#fikr

Maktab davrim, bolaligim haqida ko'p eslayman. Ajoyib davrlar bo'lgan. Boshlang'ich maktabda o'qigan davrim ota-onamning (meni emas!) juda qiynalgan paytlari edi. Buxorodan Navoiyga ko'chish, yangi shahar, yangi odamlar...
Akamning ayni o'smirlik davri, opam esa Buxoroda, bizdan uzoqda. Eslayman, dadamning ilk oyliklari 101 ming so'm edi. Bu pulga dadam bizni yedirsinmi, ichdirsinmi, kiydirsinmi?
Kommunal to'lovlar, xarajatlarni qoplasanmi?

Lekin ota-onam topgan pulini 3 ta farzandining o'qishi uchun sarflagan. Avvaliga oilaviy vaziyat, keyin esa moliyaviy qiyinchilik tufayli ota-onam o'zlari o'qiy olishmaganidan afsuslanishardi. Ikkovlari ham har xil sabablar bilan oliy o'quv yurtini tashlab, qishloqqa qaytishga majbur bo'lishgan. Shuning uchundir balki, bor pullarini bizning ilm olishimizga tikkan bo'lsalar kerak...

Eslayman. 2-sinf edim. Ustoz mehnat darsidan plastilin olib kelishimizni so'radi. Uydagi vaziyat esa tang. Darsga plastilinsiz bordim. Gap eshitdim. Uyga yig'lab keldim. Onam atrofimizdagi domlarni birma-bir kezib chiqdi. "Kimning ko'rpa-ko'rpachasi bo'lsa tikib beraman, arzonga. Sifatli tikaman!".
Kechquruni bilan barmoqlari teshilib, ko'rpa tikdi. Ertalab ko'zi to'la yosh bir qo'li bilan qo'limdan ushlab, ikkinchi qo'lida pulni g'ijimlab, do'konga olib bordi. Eng qimmat, eng yaxshi plastilinni olib berdi...
Onam - men uchun qahramon!

Ota-onam 3 farzandlarini ham oliy ma'lumotli qildilar. Akam magistrni ham bitirdi. Bu orada yangam oilamiz safiga kirgach, ota-onam uni ham magistr va doktorantura o'qishini qo'llab-quvvatlashdi.
Opam qarindoshlar ichidan oliy o'quv yurtiga kirgan birinchi inson. Shundan keyin zanjir boshlangan.
Ko'pchilik dadamga: "Qiz bolani o'qitib nima qilasan? Baribir turmushga chiqib ketadi, senga bir tiyinlik foydasi yo'q" deb ko'p aytishardi. Unga javoban dadamning sukut saqlaganlarini va bor pullarini bizning o'qishimizga sarflaganlarini bilaman.
Dadam - men uchun qahramon!

Turmush o'rtog'im bilan to'yimiz kamxarj, kamchiqim bo'lishiga kelishdik. Na mebel, na tilla, na latta-puttalarsiz. Turkiyaga ketishimiz, katta hayot, musofirlik bizni kutib turgandi. Magistr o'qish niyatim borligini bilib, bittada rozi bo'ldilar. Kontrakt to'lovi anchagina pul, yetmaganiga ikkov ham o'qiymiz. To'yni ortiqcha xarajatlarsiz o'tkazish va shu pulga magistr o'qish yaxshi qaror edi. Shu yo'ldan ketdik.
Turmush o'rtog'im - men uchun qahramon!

Maktabda ham a'lochi, ham tadbirlarda faol sinfdoshlarim bo'lardi. O'ziga to'q oiladan. Rosa katta o'qishlarda o'qitsa kerak oilasi, deb o'ylardim. Maktabdan keyin turmushga chiqib ketishdi. Boy oila. Lekin "ko'lmak"dan chiqmaydi deyarli...

@Ochopat_book

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago