Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Yurisprudensiya

Description
Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!



Murojaat uchun @Yurist_01bot
We recommend to visit

Join grup utama :
@WhyRed_Indonesia

- Follow
@ancientkernel
@pbtwrp
@ancientrom
@guzramwrp
@NokiaSymbianWhyred
@vernmod
@xyzUpdate
- Join
@ancientid
@ancientkernelwhyred
@pbrpcom
@mabarpabji
@patchmiui
@xyz_playground

Last updated hace 1 mes, 4 semanas

★ Isticaml Bot-ka M0PH O dalbo Sawir hagajin ★

ミ★ MOPH - @Ophmadani_bot ★彡

Me: @cabbasM

Last updated hace 1 mes

Jay mataji 🙏🏻

Last updated hace 1 mes, 2 semanas

1 week ago

"Vijdoni toza" hokim

Shaharda o'nqir-cho'nqir yo'llar bo'la turip 300-400 mln so'mga avto mashina oladigan hokimlar xalqni o'ylashi mumkinmi? Menimcha yo'q! Biz hokimlarni saylash tizimiga o'tmas ekanmiz, hokimlar xalqqa emas, ularni tayinlagan shaxslarga xizmat qilaveradi. Ungacha esa, hech qachon vijdonini ishlatmagan, "vijdoni toza" hokimlarga chidashga majburmiz.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

1 week ago

Uy-joyda tintuv o'tkazishga faqat sud qarori bilan yo'l qo'yiladi.

Yangi tahrirdagi konstitutsiyaga ko'ra, hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Asos: Konstitutsiya 31-modda

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

P/S: Prokuror sanksiyasi bilan uy-joyda tintuv o'tkazish bosh qomusimiz Konstitutsiyaga zid hisoblanadi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

1 week ago

Hokimlar kengash raisi lavozimini egallashi mumkin emas

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida belgilab qo'yilgan

Hozirgi vaqtda deyarli barcha viloyat, tuman, shahar hokimlari xalq deputatlari kengashi raisi hisoblanadi.

Qabul qilinganiga deyarli bir yil bo'lgan Konstitutsiyaning kuchga kirish sanasini ham belgilash kerak edi..))

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

2 months, 1 week ago

⚡️Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun transport va kommunal sohalarda imtiyoz beriladi

1 oktabrdan aholiga koʻrsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi.

Bunda, eng avvalo, “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamgʻarmalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar oʻtkaziladi.

Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin boʻladi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

2 months, 1 week ago

Vakant lavozim uchun eʼlon qilingan tanlov natijasidan norozi boʻlgan nomzod qayerga murojaat qilishi mumkin? Nomzodlar tanlov komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kunlik muddatda tanlov natijalari boʻyicha…

2 months, 1 week ago

❗️Doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqariladi

2 months, 2 weeks ago

⚡️Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Vanihoyat! "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim lavozimi ochiq tanlovga qo'yildi

Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim lavozimi uchun belgilangan malaka talablari
👉malakasi👈

Ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi va faoliyat samaradorligini baholash natijalari bo'yicha to'lanadigan mukofot miqdorlari👉 ish haqi 👈

❗️Ish izlab yurgan yaqinlarga ulashing

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

2 months, 2 weeks ago

⚡️Insayd xabarlarga ko'ra, Chirchiq davlat pedagogika universiteti tugatiladi, talabalar Nurafshon davlat universitetiga ko'chirilishi mumkin...

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

2 months, 2 weeks ago

*⚡️1 yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subʼektlari va oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar uchun 100,0 mln soʻmgacha garovsiz kredit berish boshlandi.*

Ushbu kredit uchun hokim yordamchisi tavsiyanomasi va tadbirkorlik yoʻnalishida onlayn oʻquv kursida oʻqib maxsus sertifikat olish kifoya.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

2 months, 3 weeks ago

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Jamoat xavfsizligi kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi (qaror loyihasidan)

uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarga elektron kuzatish vositasini qoʻllash asoslari va tartibini belgilash;

Xizmat vazifalarini bajarishda qulayliklar yaratishni va iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari uchun yangi formali kiyim-bosh namunasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda ularni sifatli va mos oʻlchamdagi formali kiyim-bosh bilan taʼminlash;

har beshta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskanini namunaviy loyiha asosida tashkil etish;

bozorlar atrofidagi tirbandliklarni bartaraf etish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida va transport vositalari sonini hisobga olgan holda, yirik bozorlar atrofida ushbu bozorlarning daromadlari hisobidan koʻp qavatli yoki yer osti avtoturargohlari qurilishini tashkil etish.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurispridensiya

We recommend to visit

Join grup utama :
@WhyRed_Indonesia

- Follow
@ancientkernel
@pbtwrp
@ancientrom
@guzramwrp
@NokiaSymbianWhyred
@vernmod
@xyzUpdate
- Join
@ancientid
@ancientkernelwhyred
@pbrpcom
@mabarpabji
@patchmiui
@xyz_playground

Last updated hace 1 mes, 4 semanas

★ Isticaml Bot-ka M0PH O dalbo Sawir hagajin ★

ミ★ MOPH - @Ophmadani_bot ★彡

Me: @cabbasM

Last updated hace 1 mes

Jay mataji 🙏🏻

Last updated hace 1 mes, 2 semanas