Yurisprudensiya

Description
Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!









Hamkorlik va murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot
We recommend to visit

Science for CTET JULY 2024 by Sarika Ma'am: https://cutt.ly/oeawIJuw

Last updated 1 week, 5 days ago

Join grup utama :
@WhyRed_Indonesia

- Follow
@ancientkernel
@pbtwrp
@ancientrom
@guzramwrp
@NokiaSymbianWhyred
@vernmod
@xyzUpdate
- Join
@ancientid
@ancientkernelwhyred
@pbrpcom
@mabarpabji
@patchmiui
@xyz_playground

Last updated 1 month ago

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!









Hamkorlik va murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

Last updated 3 weeks, 6 days ago

4 weeks ago

O'ynashmagin arbob bilan, arbob urar shapaloq bilan

Gaz va elektr uzilishlari sabab xalqning sabr kosasi to'lganini ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklardan ko'rish mumkin. Bu oddiy e'tiroz emas, balki jiddiy signaldir!!

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

4 weeks ago

2024-yil ham tugashi sanoqli kunlar qoldi, lekin dekabr oyida tasdiqlanishi aytilgan Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri hali ham tasdiqlanmagan.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanib, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

4 weeks, 1 day ago

"Agar gaz yo'q bo'lsa, benzin olishsin!" — ya'ni, gaz zaprafkalarida navbatda turganlarga qilingan maslahat. 18-asr fransuz malikasi xalqi ocharchilikdan qiynalayotganida "Yeyishga nonlari boʻlmasa, shirin kulcha yesinlar!" deganidek, bu gap ham xalqning muammosini tushunmaslikka misol.

Bir qarasang, asrlar va texnologiyalar o'zgaradi, lekin yuqoridagilarni pastdagilarning dardi uncha qiziqtirmaydi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

1 month ago

Adliya vazirligi zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etib, sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi

Endi situatsion markaz orqali tizimdagi xodimlarning odob-axloqi, mehnat intizomi, ishga kelish-ketish vaqtlarini nazorat qilish va tahlil qilish sun’iy intellekt yordamida amalga oshiriladi.

Shuningdek, ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari ham avtomatlashtiriladi. Bu fuqarolar uchun tezkor, aniq va shaffof xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Sun’iy intellektning joriy qilinishi nafaqat ichki jarayonlarni samarali boshqarishga, balki aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

1 month ago

Yurist obunachimiz quyidagicha savol bermoqda: sun’iy intellekt yuristlarning o‘rnini qanday bosishi mumkin?

Yuristlarning asosiy vazifasi hujjat tayyorlash va huquqiy masalalarda maslahat berishdir. Masalan, shaxs o‘zining huquqiy muammosi yuzasidan sudga murojaat qilmoqchi yoki yaqin kishisining ishi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, sun’iy intellektga muammoning tafsilotlarini kiritish orqali yordam olish mumkin. Unga “Protsessual harakatlarda qanday qadamlarni amalga oshirish kerak? Nimalarni vaj qilib ko‘rsatish lozim? Qaysi moddalarga asoslanib jazoni yengillashtirish yoki undan qutilish mumkin?” degan mazmunda savollar beriladi.

O‘ylash mumkinki, yaqin kelajakda sun’iy intellekt bu savollarga aniq, asosli va batafsil javob bera oladi. Natijada, advokatlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada kamayishi ehtimoldan holi emas. Hozirgi kunda advokatlar oddiy bir ariza yoki shikoyat tayyorlab berish uchun 400-500 ming so‘m xizmat haqi olishadi. Kelajakda esa sun’iy intellekt bu kabi arizalar, shikoyatlar va iltimosnomalarni mutlaqo bepul tayyorlab beradi. Foydalanuvchilardan esa shunchaki oxirida “Rahmat” deyish kifoya bo‘ladi.

Shu bilan birga, advokatlik faoliyati oddiy hujjat tayyorlashdan iborat bo‘lmagan holatlarda, murakkab va ijodiy yondashuvni talab qiladigan masalalarda insoniy omilning o‘rni saqlanib qoladi. Demak, yurist va advokatlar uchun kelajakda ijodkorlik, strategik fikrlash va sun’iy intellekt bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

1 month ago

Sanoat inqilobi davrida ko‘pchilik ishsiz qolgan bo‘lsa, endigi inqilob – sun’iy intellekt
U inson mehnatini nafaqat qo‘l bilan, balki aql bilan ham almashtirmoqda. U och qolmaydi, charchamaydi, va eng muhimi – oylik to‘lash shart emas. Shu sabab, ko‘plab kasblarga, jumladan yuristlarga bo‘lgan talab ham kamayadi. Sun’iy intellekt tezkor, arzon va samarali yechim sifatida ish beruvchilar uchun afzaldir.

Shunaqa gaplar, endi faqat “Qor to‘xtadimi?” deb o‘tirib qolmasak bo‘lgani)

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

1 month, 1 week ago

Maktabgacha va maktab vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi diqqatiga

Men kadrlar bo‘yicha menejer lavozimida ishlayman va maktabda faoliyat yuritaman. Ushbu murojaatni respublika kadrlari nomidan yo‘llashga jazm qildim, chunki muammo faqat shaxsiy emas, balki tizimli muammolarni o‘z ichiga oladi.

Biz E-huquqshunos, EDO, Ijro.gov, May.mehnat.uz va Uzasbo2 kabi tizimlarda ishlaymiz. Har kuni ertalab soat 8:30 dan kech soat 17:00 gacha, ba’zan undan ham uzoq vaqt davomida ishlashga majburmiz. Ish hajmi juda yuqori, mas’uliyatimiz esa tobora ortib bormoqda. Yaqinda tabel ma’lumotlarini kiritish vazifasi ham bizning zimmmamizga yuklatildi. Natijada javobgarlik darajamiz oshib, ish yukimiz ortdi.

Ammo, shunga qaramay, maoshimiz atigi 1 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Bu miqdor nafaqat qilayotgan mehnatimiz, balki kundalik hayot kechirishga yetarli darajada emas. Bizning harakatlarimiz maktab tizimining barqaror ishlashiga xizmat qiladi, lekin oladigan maoshimiz buni mutlaqo aks ettirmaydi.

Savol tug‘iladi: qayerga murojaat qilsak, ushbu muammo ko‘rib chiqiladi? Maoshimizni oshirish bo‘yicha chora ko‘rish imkoniyati bormi? Xodimlarning moddiy va mehnat sharoitlari haqida kim qayg‘uradi?

Bizni doimiy ravishda yangi vazifalar bilan yuklash, lekin moddiy rag‘batlantirishni unutish nafaqat xodimlarning ruhiyatiga, balki ish sifati va samaradorligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Maktab tizimida ishlayotgan har bir xodim, xususan, kadrlar bo‘yicha menejerlar yetarlicha e’tiborga va munosib rag‘batga loyiq, deb hisoblaymiz.

Hurmat bilan,
Kadrlar bo‘yicha menejer.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

1 month, 1 week ago

Davlat xizmatchisi qul emas!

Past oylik maosh pora olish uchun bahona boʻla olmaydi, pora olmaydigan odam 2 mln soʻm oylik olsa ham pora olmaydi, hatto puldan zoriqsa ham.

Unday odam pora olishdan koʻra, oʻsha ishdan ketishni, uni qadrlaydigan va mehnatiga yarasha yaxshi toʻlaydigan joyga oʻtib ketishni afzal biladi.

Hozirda davlat xizmatidan xususiy sektorga ommaviy koʻchish boʻlayotgani hech kimga sir emas. Chunki, xususiy sektor kun oʻtkazganga pul bermaydi, natija beradigan savodli kadrni ishga oladi va unga yaxshi haq toʻlaydi.

Davlat xizmatida esa bora bora har qanday oylik maosh berishidan qati nazar shunga koʻnikib yashaydigan yoki savodsiz yoxud poraxoʻr kadrlar toʻplanib boradi.

Bu esa oxir oqibat xalq muammosi bilan qiziqmaydigan yoki uni qanday hal qilishni bilmaydiganlar paydo boʻlishiga olib keladi. Natijada total krizis yuzaga keladi.

Har qanday holatda ham davlat xalqiga xizmat qilayotgan xizmatchilarining qadriga yarasha raqobatbardosh oylik va dam olish uchun sharoit yaratib bermas ekan, “sodoqatli” kadrlarni tushida koʻradi.

©generalissimo_marshal

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

1 month, 2 weeks ago

Konstitutsiyaviy sud axboroti Konstitutsiyaviy sud ayniqsa, Konstitutsiyaning shaxsning yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlarini sir saqlashga bo‘lgan huquqini cheklashni, uy-joyda tintuv o‘tkazishni faqat sud qaroriga…

1 month, 2 weeks ago

HMQO xodimlari va harbiy xizmatchilarga xizmat binolarida namoz oʻqish qonun bilan taqiqlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga quyidagilar kiradi:

Prokuratura va prokuratura organlari;
Adliya vazirligi va adliya organlari;
Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlari;
Davlat xavfsizlik xizmati;
Davlat soliq qo'mitasi va soliq organlari;
Davlat bojxona qo'mitasi va bojxona organlari.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

We recommend to visit

Science for CTET JULY 2024 by Sarika Ma'am: https://cutt.ly/oeawIJuw

Last updated 1 week, 5 days ago

Join grup utama :
@WhyRed_Indonesia

- Follow
@ancientkernel
@pbtwrp
@ancientrom
@guzramwrp
@NokiaSymbianWhyred
@vernmod
@xyzUpdate
- Join
@ancientid
@ancientkernelwhyred
@pbrpcom
@mabarpabji
@patchmiui
@xyz_playground

Last updated 1 month ago

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!









Hamkorlik va murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

Last updated 3 weeks, 6 days ago