Consular Section of the Embassy of Uzbekistan in India

Description
O'zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasining konsullik bo'limi
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 months, 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 8 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 10 months ago

2 months, 1 week ago

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda konsullik ro‘yxatiga turishining afzalliklari

Hurmatli vatandoshlar! Agar siz uzoq muddat davomida Hindistonda istiqomat qilayotgan bo‘lsangiz, Hindistongi Elchixona konsullik ro‘yxatiga turish sizga bir qator qulayliklarni taqdim etadi.

Konsullik ro‘yxatiga turishning asosiy afzalliklari:

Huquqiy va konsullik himoyasi
• Fuqaro xorijda huquqiy muammolarga duch kelganda, elchixona ularga yuridik yordam ko‘rsatishi va himoya qilish uchun aralashishi mumkin.
• Favqulodda holatlarda (baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar, urushlar yoki tartibsizliklar) fuqarolarning xavfsizligi ta’minlanadi va zarurat tug‘ilganda evakuatsiya ishlari tashkil qilinadi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish
• Pasportingiz yo‘qolgan yoki muddati tugagan taqdirda uni qayta tiklash yoki almashtirish tezroq amalga oshiriladi.

Saylovlarda ishtirok etish imkoniyati
• Konsullik ro‘yxatiga turgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va parlament saylovlarida, shuningdek, referendumlarda qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar.

Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarda yordam
• Agar fuqaro kasal bo‘lib qolsa yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelsa, elchixona o‘z fuqarolariga yordam ko‘rsatish uchun harakat qiladi.

Quyidagi toifadagi shaxslar konsullik ro’yxatiga turishlari mumkin:
📌 Hindistonda mehnat qilish ruhsatnomasi asosida yashab kelayotganlar;
📌 Oila birligi uchun kelganlar (xorij fuqarosi bilan rasmiy nikohdan o’tganlar);
📌 Hindiston Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar;
📌 Og’ir kasalligi tufayli 6 oydan ortiq muddat chet elda yashayotganlar.

Ro’yxatga turish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
📌 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasporti.
📌 Konsullik ro‘yxatiga turish uchun ariza (www.consulate.mfa.uz sayti orqali to’ldiriladi).
📌 Xorijiy mamlakatda qonuniy yashayotganlikni tasdiqlovchi hujjat (yashash guvohnomasi va adres kaydı).
📌 Konsullik ro‘yxatiga turish uchun asosni tasdiqlovchi hujjat (o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ishlash ruhsatnomasi - nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma, tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjatlar);
📌 3x4 sm o‘lchamdagi fotosurat.

Chet elda istiqomat qilayotgan har bir O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘z huquqlarini himoya qilish va zarur xizmatlardan foydalanish uchun konsullik ro‘yxatiga turishi tavsiya etiladi.

📞📍 Manzil: EP-40, Dr. S. Radhakrishna Marg, Chanakyapuri, New Delhi, Delhi 110021

📞 Telefon: +91-11-24670774, +91-11-24670775
@consuluzbindia_bot

3 months, 3 weeks ago

Hurmatli fuqarolar,

O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan sizlarni muborakbod etadi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, 2024-yilning 30-dekabr, 31-dekabr hamda 2025-yilning 1-yanvar kunlari bayram munosabati bilan fuqarolar qabuliga yopiq ekanligini e'lon qiladi.

Elchixona 2025-yilning
2-yanvaridan (Payshanba) boshlab odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.

Mazkur kunlar davomida favqulodda vaziyatlarda quyidagi telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin:
@consuluzbindia_bot

Bizning sahifamiz:
@consuluzbindia

4 months, 3 weeks ago

Diqqat!
Hurmatli fuqarolar!

O'zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasida
Vaqtinchalik konsullik ro'yxatidan
o'tish haqida

Vaqtinchalik konsullik ro'yxati o'zi nima?
Xorijga xizmat safariga, oqishga, uzoq vaqt davolanishga, ishga va oz oilasi bilan birlashishga olti oydan ortiq muddatga chiqib ketib xorijiy davlatda qonuniy yashab kelayotgan va Ozbekistonda doimiy royxatda turgan Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslar Ozbekistonning xorijdagi diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarida vaqtincha konsullik royxatiga olinadilar.

Kimlar konsullik ro'yxatiga olinadi?
- Xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan;
- Oila birligi uchun Hindistonga kelgan
(Xorijlik fuqaro bilan rasmiy nikohi bo'lsa);
- Xorijda rasmiy ishlab kelayotgan;
- OCI karta egalari;

Konsullik ro'yxatiga olingan fuqarolar:
- pasportlarining amal qilish muddati tugaganida;
- pasportlari yaroqsiz holatga kelib qolganda;
- pasportlari yo'qolib qolganda;
diplomatik vakolatxonadan pasport olish huquqiga ega bo'ladilar.

Bundan tashqari, turli xil favqulotda vaziyatlarda konsullik ro'yxatida bo'lgan fuqarolarning yashash va ish/o'qish joyi manzillari hamda aloqa ma'lumotlari diplomatik vakolatxonada bo'lgani sabab ularga amaliy yordam ko'rsatish jarayoni osonlashadi.

Dehli shahridagi elchixona Hindistonda qonuniy yashab kelayotgan fuqarolarimizni konsullik ro'yxatidan o'tishga chaqiradi.

Ro'yxatdan o'tish haqida batafsil:
www.consulate.mfa.uz

5 months ago
*****?**********?**********?*****Toshkent shahridagi "Oq uy" jome masjidi …

*?*?*?Toshkent shahridagi "Oq uy" jome masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljon o’g’li bilan "Haqiqiy boylik nima?" mavzusida to'g'ridan to'g'ri jonli suhbat o‘tkaziladi.✔️*Muloqotda siz ham o‘z savollaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin!Muloqot vaqti: Juma - 15 noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 19:00.

Kanalga ulanish:https://t.me/vatandoshlar_fond
Bizni kuzatib boring.
?Facebook | ?Instagram |
?YouTube | ?**Web-site

5 months, 3 weeks ago
Ўзбекистон Республикасининг Ҳиндистондаги элчихонаси консули Гуруграм …

Ўзбекистон Республикасининг Ҳиндистондаги элчихонаси консули Гуруграм туман қамоқхонаси ва “Нирмал Чая” депортацион марказида бўлиб, бу ерда вақтинча ушлаб турилган ватандошларимиз билан учрашди.
Ушбу муассасалар мутасадди ходимлари ҳамда бир гуруҳ фуқароларимиз билан якка тартибда суҳбатлар ўтказилди.
Консул томонидан ватанга қайтарилаётган юртдошларимизга тегишли ёрдам кўрсатилди. Шунингдек, суд жараёни давом этаётгани ёки бошқа сабаблар туфайли депортация марказида ушлаб турилган хотин-қизлар билан мулоқот ташкил этилди.
Ўзбекистон Республикасининг Ҳиндистондаги элчихонаси ватандошларимиздан ушбу мамлакатда бўлиб туриш давомида маҳаллий қонунчилик талабларига қатъий риоя қилишни тавсия этади.

6 months ago

*? *Хорижда овоз бериш

? Чет давлатлардаги Ўзбекистон фуқаролари сайловчилар рўйхатига кириш учун ёзма шаклда хориждаги сайлов комиссияларига ёки Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигига saylov.mfa.uzвеб-сайти орқали электрон шаклда мурожаат қиладилар.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

6 months, 1 week ago
Consular Section of the Embassy of …
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 months, 1 week ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 8 months, 1 week ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 10 months ago