IJOD | she‘rlar | monologlar | ijrolar | qo‘shiqlar

Description
Ijodiy blog

She‘rlar

Monologlar

Ijrolar

Qo‘shiqlar

Tabriklar

Ijodiy kechalar
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months ago

O‘lib bo‘lgansan.

Bor ediku kungil menda ham,
Ishq bogʻimda so‘lib bo'lgansan.
Sen xiyonat qilgan o‘sha dam,
Sen men uchun oʻlib boʻlgansan.

Qilgan eding qalbimni pora.
Aybdor sen bil yuzing qora.
Kechirim yo‘q, yo‘q biror chora,
Sen men uchun oʻlib boʻlgansan.

Xiyonatga uchradim netay.
Sen yo‘q joyga, qaylarga ketay.
Ey bevafo takrorlab aytay,
Sen men uchun o'lib boʻlgansan.

Yashayapman telbadek arang.
Ko‘rsam seni asablar tarang.
Ortiq solma hayotimga chang,
Sen men uchun oʻlib boʻlgansan.

Men sevgidan to‘yib bo'lganman.
Muhabbatdan kuyib bo'lganman.
Qaytmasman hech hayotinga bil,
Sen men uchun oʻlib boʻlgansan.

Qilgan eding sevgimni o'yin.
Sog‘inasan bo‘lasan buyin.
Chalavergin ayriliq kuyin,
Sen men uchun oʻlib boʻlgansan.

Sobitjon Eshtemirov. 14.02.2025.

2 months ago

Bir

(Muxlisbek Qurbonov "Qastingiz bormu?" she‘ri (qo‘shig‘i) ga nazira)

Qiziqmas endi menga sevging,
Men deb urmas endi yuraging,
Baxt saroyda bo‘lgin tilagim,
Ketsang ham bir ketmasang ham bir.

Topgin janon mendan yaxshini,
O‘zi boy, uyi zo‘r naqshini,
Seni kuylaydigan baxshini,
Sevsang ham bir, sevmasang ham bir.

Tutgandim qo‘limni baxtga,
Ko‘nikgandim ne bo‘lsa shartga,
Hech qolmadi bardoshim dardga,
Kelsang ham bir, kelmasang ham bir.

Qalbim oynasin taqillatib,
Kirding yor so‘ramay berkinib,
Eh sevgimni ham laqillatib,
Qo‘yding o‘zingni ermak qilib.

Menga qiziqmas endi sevging,
Sevsang ham bir, sevmasang ham bir.

Bektosh Mansurov
(Kamchiliklar bo‘lsa uzr)

@Bektosh_Mansur

2 months ago

BORARDIM TOʻYINGA

Oʻtirsam yarashmas hech nolib,
Qandayin chiday man koʻyinga.
Hech yoʻgʻi bir dasta gul olib,
Aytsayding borardim toʻyinga.

Soʻzlamay qaytardi bu tilim,
Baxtingni tilamoq jon dilim.
Men uchun benasib sevgilim,
Aytsayding borardim toʻyinga.

Ishqing soxta koʻngil sayliydi,
Chin oshiq Majnun va Layliydi.
Bir ogʻiz boʻlsa ham mayliydi,
Aytsayding borardim toʻyinga.

Alamdan tugab dil madori,
Topilmas na davo, na dori.
Begona odamlar qatori,
Aytsayding borardim toʻyinga.

Goʻzalim yoningda yor oʻzga,
Tariflar sigʻmaydi hech soʻzga.
Soʻngi bor tushardi koʻzga koʻzga,
Aytsayding borardim toʻyinga.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

4 months, 2 weeks ago

BUNCHA YAXSHI INSONSIZ DADAM

Yonimdasiz har on siz dadam,
Tashvishlarga qalqonsiz dadam.
Dunyoda yoʻq siz kabi odam,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Sizning kabi yashagim kelar,
Sizga jonim toʻshagim kelar.
Doim sizga oʻxshagim kelar,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Oʻzingizni oʻylamay ey siz,
Doim bizni gʻamimiz yeysiz.
Bolam mendan zoʻr boʻlgin deysiz,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Xato qilsim toʻgʻri yoʻllagan,
Siz kelmagan joylar choʻllagan.
Doim qoʻlim tutib qoʻllagan,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Eng zoʻrisiz men uchun buyuk,
Qancha desam shunchalar suyuk.
Duoingiz menga tabarruk,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Uyim fayzi, davlatim, taxtim,
Madadkorim shiddatu shaxdim.
Xudo bergan omadim baxtim,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Davringizda davron suraman,
Sultonimsiz xonu toʻraman.
Sizni juda yaxshi koʻraman,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Haqqingizga qilgan duoyim,
Ex asrasin sizni Xudoyim.
Baxtim uchun sogʻ boʻling doyim,
Buncha yaxshi insonsiz dadam.

Odilbek Qodirov

❤️ ????? | ??????? ???????

4 months, 2 weeks ago

#premyera#mp3 **ONAMNING SOCHIGA OQLAR TUSHUBDI

xonanda: Zuhriddin Murodov
shoir: Odilbek Qodirov

Sizlar uchun yana bir mehnatimiz?**

@Odilbek_sherlar

4 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago

SHER JOʻRALARIM

Yoningdaman der joʻralarim,
Ranjitganni yer joʻralarim.
Boringizga shukrlar boʻlsin,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Yigʻilganda toʻlar soʻrilar,
Boʻshatishar kelsa toʻrilar.
Koʻrsa qoʻrqar chiyaboʻrilar,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Qizchalarni qaymoq qiladi,
Sogʻintirib qiynoq qiladi.
Oqibatni qaynoq qiladi,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Kimligini nechalar sezar,
Kunlar sezar, kechalar sezar.
Ular oʻtgan koʻchalar sezar,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Borsam kulib suhbatim olgan,
Oshni damlar dasturxon solgan.
Saralanib yonimda qolgan,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Sinovlarda soʻlmadik mana,
Birga yomon boʻlmadik mana.
Shu yoʻllarda oʻlmadik mana,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Oqibati qonimda bor deb,
Yaxshi yomon onimda bor deb.
Maqtanaman yonimda bor deb,
Ex oʻzimni sher joʻralarim.

Odilbek Qodirov

❤️ ????? | ??????? ???????

4 months, 3 weeks ago

OʻZINGDAN KETMA DOʻSTIM

Koʻp kibr etma doʻstim,
Osmonga yetma doʻstim.
Bugun uch toʻrt soʻm topib,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Kim sultonu kim gʻarib,
Yurar dunyo ahtarib.
Oʻzingda boʻl, oʻzgarib
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Qular sher ham boʻri ham,
Boʻshar davra toʻri ham.
Oʻlgan sendan zoʻri ham,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Doʻsting ortda qolib,
Tursa emassan gʻolib.
Oqibating yoʻqolib,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Toʻgʻri zoʻrniki zamon,
Zoʻrlar boʻlsinlar omon.
Nazardan qolsang yomon,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Rizqing boʻlsin ziyoda,
Yurma aslo piyoda.
Ammo yolgʻon dunyoda,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Yaxshi nazarda, koʻzda boʻl,
Elda aziz soʻzda boʻl.
Oʻzingda boʻl, oʻzda boʻl,
Oʻzingdan ketma doʻstim.

Odilbek Qodirov

❤️ ????? | ??????? ???????

4 months, 3 weeks ago

SEVMAYMAN DEB AYT

Boʻldi yetar oromimni qayt,
Deya bitdim senga qancha bayt.
Bagʻritoshim ketay dil uzib,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Yer yorilsin, qulasin osmon,
Bir sasdan jon qolmasin omon.
Dunyoyimga boʻlsa ham yomon,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Ishqing gumon, soʻzing bolli qand,
Umidlarim berayabdi pand.
Sevmasang yor jar solib, baland,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Hasratinga ahtarib chora,
Ketayabman soʻlib tobora.
Bir onda jon boʻlsin ming pora,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Ichimda oʻt yoqyabdi jahil,
Koʻngil bilan boʻlma deb ahil.
Bitta soʻzing bariga kafl,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Oromingni ozod etaman,
Qaytmoqlik yoʻq butkul ketaman.
Aro yoʻlda ahir netaman,
Endi sizni sevmayman deb ayt...

Soʻng bor oshiq haqqini oqla,
Qiynamasdan mayli qichoqla.
Sevsang agar qattiq quchoqla,
Yoki sizni sevmayman deb ayt...

Odilbek Qodirov

❤️ ????? | ??????? ???????

4 months, 3 weeks ago

Otasiz yashash

Qiyin kechar har qilgan ishim,
Uchib ketdi qaygadir tushim,
Pushmon keltirardir qilmishim,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Ostonada turar kovushi,
Hayolimda yangrar tovushi,
Duo qilib ochgan hovuchi,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Har sog‘inchdan ezildi qalbim,
Bunga dosh berolmas yuragim,
O‘ziz ediz menga keragim,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Huvullaydi ko'nglim saroyi,
Salomimni olmas anoyi,
Aslo kulmas yuzim chiroyi,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

G‘anim pichoq otdi men tomon,
Topolmasman hattoki darmon,
Bo‘ldingiz ota katta armon,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Ozor berar hattoki do'stim,
Tayyor turar shilmoqqa po'stim,
Tanimaydi jonojon qo'shnim,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Har lahzangiz g‘animat bu dam,
Kerakmas menga butun olam,
Ko‘zlarda yosh ilindida nam,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Jamolingiz sog'indim netay,
Arzim bor men Allohga aytay,
Otam bilan bir suxbat quray,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Qolmadi yo‘q bir bor izingiz,
Yodimdadir kulgan ko‘zingiz,
Sizni sog‘indi-ku o‘g‘lingiz,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Bektosh Mansurov

Yodimdadir har bir so'zingiz,
Tomirimda oqar qoningiz,
Duodadir yolg'iz qizingiz,
Qiyin ekan otasiz yashash.

Ruxshona Ismoilova

Mualliflar Bektosh Mansurov, Ruxshona Ismoilova
2024.10.02

@Bektosh_Mansur

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago