Nodizayn

Description
Nodir Khalilov kanali.
Dizayn va samaradorlik haqida yozaman. LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/nodirkhalilov
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 1 week ago

Dizaynda qaror qabul qilishda ko‘pincha foydalanuvchilarning real muammolarini tushunish uchun sohaga oid tajribaga ega odamlarning fikri inobatga olinadi. Bu tabiiy va foydali yondashuv, ammo bunda muhim bir xavf bor:

Bitta odamning shaxsiy tajribasi hamma foydalanuvchilarning ehtiyojlarini aks ettirmaydi.

Misol uchun, agar biz kompaniyalarning moliyaviy jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha dizayn yechimi ishlab chiqayotgan bo‘lsak va komandamizda shu sohada ishlagan mahsulot menejeri yoki boshqa mutaxassis bo‘lsa, biz tabiiyki undan maslahat olamiz. Lekin vaqt o‘tishi bilan bu maslahat standartga aylanib ketishi mumkin — “U moliya sohasida ishlagan, demak, aynan u biladi” degan fikr dizayn qarorlariga haddan tashqari ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Bu xato. Nega? Chunki:
- U odam qanday kompaniyada ishlagan? Kichik startup, o‘rta biznes, yoki enterprise darajasidagi korxona? Kichik bizneslarda ishlagan odamlarning tajribasi enterprise kompaniyalarning murakkab moliyaviy jarayonlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

- Foydalanuvchi profili turlicha bo‘lishi mumkin. Faqat bitta segmentdan olingan fikr umumiy foydalanuvchi tajribasini aks ettirmaydi.

- Empirik ma’lumotlar ustuvor bo‘lishi kerak. Intervyu, tadqiqot, va real foydalanuvchi ma’lumotlari yakka fikrdan ustun turishi lozim.

Shuning uchun, dizaynda “shaxsiy tajribaga asoslangan maslahat” bilan “foydalanuvchi tadqiqoti orqali isbotlangan qaror” o‘rtasidagi farqni tushunish muhim. Sohaviy mutaxassislarning fikri qimmatli, lekin u dizayn yechimining yagona manbai bo‘la olmaydi. Dizayn qarorlari tadqiqotga asoslanishi va turli segmentlarga mos kelishi kerak.

@nodizayn

2 months, 2 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Adobe Design generativ AI uchun UX dizayn bo‘yicha maqola e’lon qildi. Unda quyidagilar haqida so‘z boradi:

- AI UX dizaynga qanday ta’sir qiladi
- Foydalanuvchilarga qulay va tabiiy tajribalar yaratish
- AI cheklovlari: hissiyotlar va madaniy kontekstni tushunmasligi
- Dizaynerlar uchun yangi bilim va ko‘nikmalar

👉 Designing for generative AI experiences

@nodizayn

3 months, 2 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

2024-yil uchun tuzgan rejalaringiz amalga oshmadimi?
Chunki siz noto’g’ri rejalar tuzgansiz. Hozir men sizga 2025-yilda muvaffaqiyatga erishish sirlarini o’rgataman, deb navbatdagi murojaatini boshlabdi, treningchi Eshmat...

Faqat 8% odam yangi yilda rejalashtirgan ishlarini amalga oshira oladi

Scranton universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, yangi yil boshida maqsad qo‘yadigan odamlarning atigi 8% yil oxiriga qadar ularni amalga oshirishga erishar ekan. Qolgan 92% esa rejalarini bajarolmaydi. Aksariyat hollarda, yanvar oyidan keyin ko‘pchilik o‘z maqsadlarini unutib yuboradi yoki motivatsiya yetishmasligidan qiyinchiliklarga duch keladi.

Shuni yodda tutish kerakki, motivatsiya – vaqtinchalik kuch, lekin uzoq muddatli muvaffaqiyatni faqat intizom va har kuni tashlangan kichik qadamlar ta’minlaydi. Reja qilish muhim, lekin uni izchil va oddiy odatlar bilan amalga oshirish undan ham muhimroq. Katta natijalarga erishish uchun kichik, lekin uzluksiz harakat qilish yetarli.

Biz yillar davomida shakllantirgan odatlarimizni bir zumda reja tuzib o‘zgartirish qiyin, ayniqsa real hayotdagi imkoniyatlarimizni hisobga olmasdan katta rejalarga sho‘ng‘ib ketsak. O‘zgarish asta-sekinlik bilan va kichik, foydali odatlarni (habits) shakllantirish orqali amalga oshadi.

Reja tuzmang, qanday bo’lsangiz shundayligingizcha qoling demoqchi emasman.

Menga yordam bergan uslub — “Atomic Habits” kitobidagi maslahatlarni hayotga tatbiq qilish. Unda “har kuni atigi 1% yaxshiroq bo‘ling” degan tamoyilga asoslangan oddiy, lekin kuchli usullar keltirilgan. Bu kichik o‘zgarishlar vaqt o‘tishi bilan hayotni yaxshilashga yordam beradi.

Muhimi, natija emas – jarayon!

Bizning odatlarimiz, kunlik harakatlarimiz va kichik qadamlarimiz uzoq muddatda hayotimizni shakllantiradi. Shuning uchun asosiy maqsad biror natijaga yetishish emas, o‘sha natijaga yetaklovchi odamga aylanishdir. Mana, hayotiy misollar:

- Sportda maqsad marra chizig‘ini bosib o‘tish emas, yuguruvchi bo‘lish. Har kuni yoki kun ora ozgina yugurish, kun kelib marafon tugatishga olib boradi. Ammo natija emas, yugurish jarayoni hayotingizni o‘zgartiradi.

- Bilim olish: Maqsad universitetni tugatish emas, o‘quvchi bo‘lish. Har kuni yangi bilimga intilishni odat qilgan odam hayotining har bir sohasida muvaffaqiyatga erishadi.

- Sog‘lom ovqatlanish: Maqsad vazn tashlash emas, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. Har kuni ratsionga ko'kat va sabzavotlarni qo'shib borish va foydasiz mahsulotlarni kamaytirish kabi kichik odatlar vaqt o‘tishi bilan sog‘lom tanani shakllantiradi.

Kichik odatlarni shakllantirib maqsadga erishishda yordam beradigan manbaalar:

? Atomic Habits
? 1% Better Every Day

@nodizayn

3 months, 4 weeks ago

TBC Bank ilovasi interfeysida juda shubhali holatni sezib qoldim.

Ilovani ochib, profil ekraniga o'tib, "Другое" bandini ochganda,
"У вас активная заявка" matni, uning ostida esa, "Отменить заявку на кредит" tugmasi bor. Qiziq tomoni men zayavka qoldirmaganman. Hamamsidan qizig'i, arizani bekor qilgandan keyin ham bu holat shundayligicha qolmoqda.

Ilovadan video yozib joylamoqchi edim, xavfsizlik uchun bunga ruxsat berishmaydi.

TBC Bank ilovasi ishlatadiganlar, bu holatni tekshirib ko'rishlarini tavsiya qilaman.

Farkhod.com qanday qilib kredit tarixiga ta'qiq qo'yish haqida foydali yo'riqnoma bergan edi. Bu amalni bajarib qo'yish ham har xil xavflar oldini oladi.

@nodizayn

6 months ago
Nodizayn
6 months ago
Nodizayn
6 months ago
Nodizayn
6 months ago

Kostya Gorskiy sun’iy intellektning kelajakdagi imkoniyatlari haqida o‘z prognozlarini yillar bo‘yicha taqsimlab, batafsil fikr bildirdi. Uning tahlillariga ko‘ra:
2024–2026 yillar
AI eng oddiy va bir xil vazifalarni bajaradi, hozirda bu ishlarni odatda junior darajadagi xodimlar bajarishadi. Masalan, kod yozish, tayyor yo'riqnomalarga ko‘ra dizayn qilish, kandidatlarning javoblarini saralash va eng qiziqarli bo‘lganlari bilan intervyu tashkil qilish kabi vazifalar. Qayta-qayta takrorlanadigan ishlarimizni sun'iy intellekt tezlashtirib beradi.
2026–2028
AI-agentlar o‘rtacha (middle) malakaga ega mutaxassislar darajasida ishlay boshlaydi. AI-dizaynerlar va AI-dasturchilardan iborat jamoa tuzish mumkin bo‘ladi. Lekin ularga vazifalarni qo‘yish va fikr-mulohaza berish hamon odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuning uchun haqiqiy dizaynerlar va dasturchilar ko‘proq jamoa yetakchisi sifatida qolishadi.
Yaxshi tomoni shundaki, AI-agentlar hech qachon “burn out” bo'lmaydi yoki charchamaydi va ularni boshqarish uchun yumshoq ko‘nikmalar (soft-skills) juda kerak bo‘lmaydi. Freelancerlar bozori jiddiy o‘zgaradi, chunki AI o‘rtacha freelancerlardan ancha yaxshi va arzonga ishlaydi. AI-rekruterlar yangi nomzodlarni topishda va birinchi suhbatdan o‘tkazishda juda yaxshi ishlashadi.

2028–2030
AI-agentlar yuqori malakali mutaxassislar darajasida ishlashadi: ular mustaqil bo‘lishadi, hatto noto‘g‘ri qo‘yilgan vazifani ham tushunib, yuqori sifatli tarzda bajarishadi. Faqat asoschilar tomonidan tashkil etilgan, inson ishtirokisiz milliard dollarlik kompaniyalar paydo bo‘ladi. Katta va noodatiy muammolarni hal qila oladigan, yuqori darajadagi malakaga ega odamlar (principle-level) esa yanada qadrliroq bo‘ladi. Jismoniy dunyoda robotlar odamlarning ko‘plab ishlarini o‘rnini bosadi: ovqat tayyorlash, tozalash va yetkazib berish. Yashash xizmatlari odamlar tomonidan bajarilganida qiymati keskin oshadi.

2030 va undan keyin – bu yerda men uchun hamma narsa biroz noaniq. Lekin bir narsa aniq, dunyo butkul yangicha bo‘ladi va ko‘pgina tizimlarni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Insonlar har qanday holatda ham o‘zaro ishlashadi va biror narsalarni yaratishda davom etishadi. Lekin bu hozirgi ratsional biznesdan ko‘ra ijodiy jarayonlarga yaqinroq bo‘lsa kerak.

Aytgancha, 2030 yil bizga hozir futuristikdek tuyulishi mumkin, lekin aslida bu yil shu qadar yaqin – xuddi bugungi kun bizdan bir necha yil oldingi vaqt kabi.
Mening fikrim: AI kelajakda kundalik hayotimizni va ish jarayonlarimizni tubdan o‘zgartiradi. Oddiy vazifalarni avtomatlashtirgach, odamlar murakkabroq va ijodiy masalalarga e’tibor qaratishi kerak bo‘ladi. Eng katta o‘zgarish – bu iqtisodiyot va jamoaviy ishlash usullarining yangilanishida. AI yordamida kichik jamoalar katta natijalarga erisha oladi, lekin raqobat ham kuchayadi.

Shu bilan birga, inson qobiliyatlari – ijodkorlik, strategik fikrlash, va empatiya – AI’dan ustun bo‘lgan sohalarda qadrliroq bo‘lib qoladi. Aynan mana shu sohalar kelajakda eng katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

AI texnologiyasini to‘g‘ri boshqarish va cheklovlarini tushunish kelajakdagi muvaffaqiyatning asosiy kaliti bo‘ladi. Insoniy aloqa va xizmatlar hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmaydi, chunki ular AI tomonidan to‘liq almashtirib bo‘lmaydi.

Sun'iy intellekt kelajagi haqida siz qanday fikrdasiz?

@nodizayn #ai

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago