Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 day, 21 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 5 months, 4 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 7 months ago
YAXSHILIK
Korma Deyzn choy ishlab chiqarish ortidan juda katta boylik jamladi. Bu sohada afsonaga aylandi.
Deyzn do‘sti Shino Soymonning katta qarz bo‘lib qolganini bilib qoldi. Soymon yaqinlaridan birining qarzini to‘layman deb shu ahvolga tushib qolgan edi. Deyzn do‘stining ahvoli og‘irligini bilib unga yordam qilmoqchi bo‘ldi. Ammo Soymon juda mag‘rur, oriyatli yigitlardan edi. Birovdan yordam olishni hazm qila olmas edi. Shuning uchun Deyzn hiyla qilmoqchi bo‘ldi.
Deyzn do‘stining uyiga ziyoratga bordi. Uning devorida osig‘liq turgan lavhani maqtay boshladi. Uni "Monaliza"ga tenglashtirdi. Buni eshitgan Soymon do‘stiga surat yoqqanini bilib uni devordan oldi va Deyznga sovg‘a qildi. Deyzn unga minnatdorchilik bildirdi.
Ertasi kuni Deyzn Soymonga gulli vaza yubordi. Uning ichida maktub bor edi. Maktubda Deyzn shunday yozgan edi:
"Kechagi saxovatingdan so‘ng senga minnatdorchilik bildirmoqchi bo‘ldim. Bu sovg‘ani mendan qabul qil. Bu vaza buyuk hunarmand Sun Norkyoning san’at asaridir. Uning ustida buyuk imperator Hudoyoshining qo‘li bilan yozilgan yozuvlar bor. Agar bu vaza senga yoqmasa uni Kovosha Sonimonga sotishing mumkin. U ancha yillardan beri shu vazani qo‘lga kiritishga haris bo‘lib yuribdi!".
Soymon aynan Kovoshadan qarz edi. Soymon vazani Kovoshaning uyiga olib bordi. Kovosha vazani ko‘rib xursand bo‘ldi. Soymondagi puli evaziga vazani unga sotishini so‘radi. Yana qo‘shimcha pul ham berishini aytdi. Soymon ko‘ndi. Vaza sotildi. Soymon qarzidan qutildi".
Gohida to‘g‘ridan to‘g‘ri berilgan yordam kishi qalbini jarohatlashi mumkin. Saxiy inson muhtoj kishini dilini jarohatlamaydigan yo‘lni topishi lozim. Kishilardagi obro‘-e’tibor va hurmat ularning ehtiyojidan ancha ustun turadi. Ularning hurmatini oyoq-osti qilib yordam bergandan ko‘ra muhtoj holda qoldirgan ma’qulroq.
Bu dunyoda hamma narsaning odobi bor. Ehsonning odobi muhtojning hurmatini, obro‘sini saqlashdir!
Abdulqodir Polvonov
@bola_tarbiyasi 🏡 – Oliy maqsadga aylansin!
Шекспир айтган эди: "Мен ҳамиша ўзимни бахтиёр сезаман.
Биласанми нега? Чунки мен ҳеч қачон, ҳеч кимдан, ҳеч нарса кутмайман!
🧨 Кутиш бу - азоб. Ҳаёт қисқа...
Шундай экан, ўз ҳаётингизни севинг...
✔️ Ҳамиша кулиб боқинг...
✔️ Гапиришдан олдин тингланг, эшитинг.
✔️ Ёзишдан олдин ўйланг...
✔️ Пулни сарфлашдан олдин ишлаб топинг...
✔️ Аразлашдан олдин кечиришни билинг...
✔️ Оғритишдан олдин ҳис қилинг
✔️ Нафратланишдан олдин севинг...
✔️ Ўлишдан олдин яшанг...!!!
Latish xalq maqollari
• Pul gapirgan joyda haqiqat jim turadi.
• Qancha quyi egilsang, shuncha ko‘p kaltak yeysan.
• Qora ish — oq non.
• Ahmoq bilan kulishgandan oqil bilan so‘kishgan afzal.
• Qizil olmaning ichida qurt borligini ham unutma.
• Gunohlardan ilondan qochgandek qoch — ular senga yaqinlashsa, chaqib oladi.
• Yoshlik gunohlari qarilik yuzini bujmaytiradi.
• Og‘izga tushgan har luqmada belning og‘rig‘i bor.
• Xo‘jayin uxlaydi — o‘rmon o‘saveradi.
• It go‘shtni qo‘riqlolmaydi.
• Kambag‘alning bolasi ko‘p, boyning — chorvasi.
• Bo‘ri cho‘pondan ruxsat so‘rab o‘tirmaydi.
• Puli ko‘pning gapi to‘g‘ri.
• Tilla kalit bilan hamma darvozalar lang ochiladi.
• Olma yo‘q bo‘lsa, sabzini ham yeyaveramiz.
• Ochlikda qo‘ng‘iz ham — go‘sht.
• Pulni ko‘rsa alvasti ham o‘yinga tushib beradi.
• Pul sasimaydi.
• Cho‘ntak bo‘sh bo‘lsa, demak, aql puxta emas.
• Bo‘sh cho‘ntak bilan ko‘p narsaga erishish qiyin.
• Bir ishni qilayotganingda ikkinchisi aqlingda tursin.
• Kuching yetganicha ishla, qancha bersalar, shuncha ye.
• Qamchining qancha kuchli ursang, shuncha tez yuguradi.
• Ish quyon emas, sakrab qochib ketolmaysan.
• Yaxshi ish uchun yaxshi qamchi kerak.
• Egilgan sinmaydi.
• Kichik toyni hamma mingisi keladi.
• Qancha og‘ir ish qilsang, shuncha oson o‘lasan.
• Yuvosh to‘ng‘iz chuqur o‘ra qaziydi.
• Aqlli boshning kissasi to‘la.
• Ahmoqqa faqat ahmoqlar haq beradi.
• Arpa cho‘qiyotgan payt ko‘r tovuq ham baxtiyor.
• Merosni bo‘lishga kelganda aka — ukaga dushman.
• Musibatlar otda kelib, eshakda ketadi.
• Gunoh qilmasdan taqvodor bo‘lib bo‘lmaydi.
• Ho‘kizni shoxidan ushla, yigitning — so‘zidan.
• Loy poyafzalni kir qiladi, gunohlar — qalbni.
• Hatto bo‘ri ham har kuni go‘sht yeyolmaydi.
• Gunoh qilib, uni aytish — uyat.
• Uchqur otga niqtash shart emas.
• Yuristlar ikki xil bo‘ladi: biri qonunni biladi, ikkinchisi sudyani yaxshi taniydi.
• Hayotni sevgan qo‘rquv haqida o‘ylamaydi.
• Tinchlik non beradi, janjal — g‘am.
• Ko‘p kalla — ko‘p aql.
• Erkak va’da beradi, erkak bajaradi.
• Kemaga langar qanchalik kerak bo‘lsa, erkakka ham ayol shunchalik zarur.
• Oting bo‘lmasa piyoda yur — imperator qonuni.
• Unutilmagan gunoh — kechirilmagan gunoh.
• Ish bajarib bo‘lingandan so‘ng maslahat ortiqcha.
• Ko‘p eshitib, kam gapir.
• Bir bolani tarbiyalagandan butun boshli o‘rmon o‘stirgan osonroq.
• Ikki qulog‘ing bilan eshitib, ikki ko‘zing bilan yaxshilab qara.
• Gunohlaringni bolalaring eslab yurishmasin.
• Qo‘rqoq o‘z soyasidan ham qochadi.
• Har gunohning oqibati bor.
• Gunohi ko‘pning yostig‘i qattiq bo‘ladi.
• Temirchining qo‘li qora — noni oq.
• Yaxshi maslahat kutilmaganda keladi.
БУГУНГИ КУН УЧУН МОТИВАЦИЯЛАР:
Келдим, кўрдим, ғалаба қозондим.
© Цезарь
️Ҳар доим ўзингиздан кучлилар орасида бўлинг! Қийналасиз, аммо ривожланасиз.
© Уорен Бафет
Билгувчилар амал қилсин, тушунганлар сабоқ берсин.
© Конфутсий
️Секин ҳаракат қилишдан қўрқманг, қотиб қолишдан қўрқинг.
© Брюс Ли
️Имконият музқаймоққа ўхшайди, эриб кетмасидан олдин еб қолиш керак.
© Бодо Шефер
Қўрқсанг бажарма, бажаряпсанми қўрқма, бажардингми ачинма!
© Чингизхон
Qalbingni ocha olganing qadar och, ummonlar kabi bo‘lsin. Ishonch bilan yur, insonga nisbatan mehr-muhabbat tuy! Qo‘l uzatmagan bir mahzun ko‘ngil qolmasin!
✍ Jaloliddin Rumiy
Bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati
Ya’ni o‘z okrugida boshqa partiyalardan nomzodi qo‘yilgan 4 nafar raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plagan holda saylangan deputatlar.
? @xushnudbek ?
Siyosiy partiyalar ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati.
Ro‘yxatda vazirlardan hech kim yo‘q. Ya’ni birorta vazir deputat bo‘lmagan. Ertalabdan qayerdan bunaqa ishonarsiz va tekshirilmagan xabar tarqatishdi, hayronman.
? @xushnudbek ?
“Men baxtni koʻrganman. Koʻrganman. Aniq... Baxtni uchratganman! Nima gʻamim bor!”
Usmon Azimdan “Baxt haqida ballada”
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!
O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz
•instagram.com/xushnudbek
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•x.com/xushnudbeck
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Last updated 1 day, 21 hours ago
⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!
?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar
?Reklama uchun:? @jaxon_rek
Last updated 5 months, 4 weeks ago
?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?
Barcha madridistlar shu yerda!
Murojaat uchun : @RUZALOQABOT
??Reklama : @RUZALOQABOT
Last updated 2 years, 7 months ago