Namangan Gidromet

Description
Namangan Gidrometeorologiya markazi
Manzil: Namangan shahar, Sanoatchi kõchasi.
☎️ +998782231701
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ?
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 month ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 4 months, 2 weeks ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 6 months ago

12 months ago
***⚠️***TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

⚠️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

#uzgidromet #shoshilinch_axborot #prognoz  #harorat #dekabr #qor_kochish_xavfi

---------------------

⚠️ЭКСТРЕННАЯ ГИДРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКАЯ ИНФОРМАЦИЯ

#узгидромет #экстренная_информация #прогноз #декабрь #лавинах

Telegram | Facebook| Instagram ?  Youtube ?

12 months ago
***?******❄️***[O‘zbekistonda yanvar oyi odatda qanday bo‘ladi …

?❄️O‘zbekistonda yanvar oyi odatda qanday bo‘ladi va 2024 yil yanvar oyida qanday ob-havo sharoitlari kutilmoqda?
Ma’lumot uchun: Yangi 2024-yilning birinchi oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5° ga yuqori bo‘ladi.
Yanvar quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Yanvar oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 1-3-yanvar kunlari kunduzgi havo harorati 6-11° iliq atrofida, 4-5-yanvar kunlari esa 1-3-yanvarga nisbatan 3-5° ga yuqori bo‘ladi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15° iliqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Harorat kechalari qisqa davrga 10-13° sovuqqacha pasayishi va kunduz kunlari 16-18° iliqqacha ko‘tarilishi mumkin.
Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda. Umuman olganda, oy uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

#uzgidromet #prognoz #harorat #dekabr #shamol #iliq #yomgir #qor #sovuq
______

?❄️Каким обычно бывает январь в Узбекистане и какие погодные условия ожидаются в январе 2024 года?

#узгидромет #прогноз #температура #декабрь #ветер #тепла  #дождь #снег #мороза

Telegram | Facebook| Instagram ?  Youtube ?

12 months ago
***✔️***O‘zgidromet direktor o‘rinbosari ***Ibratjon Karimov*** O‘zbekiston …

✔️O‘zgidromet direktor o‘rinbosari Ibratjon Karimov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

#toshkent #uzgidromet #ekologiya #tabiat_himoyachisi #taqdirlash #iqlim

Telegram | Facebook| Instagram ?  Youtube ?

1 year, 1 month ago
*****⚠️******‼️***TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!**

*⚠️*‼️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!**

Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida
sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

https://t.me/namangangidromet

1 year, 1 month ago

#oav_biz_haqimizda

✔️Gidrometeorologiya xizmati agentligining Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan Iqlim vaziyat markazi haqida Namangan MTRK telekanalining “Diyor yangiliklari” ko‘rsatuvidagi reportaji.

#uzgidromet #prognoz #harorat #viloyat #namangan #toraqorgon

1 year, 1 month ago
**6-10 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI**

6-10 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun viloyatimiz hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida havo o‘zgaradi.

8 noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 8-9 noyabrda hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8-10 noyabrda viloyat bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

8-9 noyabrda harorat 13-18° iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 15-20° iliq bo‘ladi. 10 noyabrga kelib, harorat kechasi 3-6° iliqqacha pasayadi.

https://t.me/namangangidromet

1 year, 3 months ago

23-25 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 17-22°bo’ladi.

https://t.me/namangangidromet

Telegram

Namangan Gidromet

Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi Manzil: Namangan shahar, Sanoatchi kõchasi. ***☎️*** +998782231701 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ***📩*** @namangan\_gidromet

**23-25 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI**
1 year, 3 months ago
**TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!**Joriy yilning **20-22 sentyabr** …

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!Joriy yilning 20-22 sentyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.https://t.me/namangangidromet

1 year, 3 months ago

9-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZIHavo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 10 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 11 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°bo’ladi.

TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARHavo o’zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 9 sentabrda 19-24°, 10 sentabrda 21-26°, 11 sentabrda 15-20° bo’ladi.

https://t.me/namangangidromet

Telegram

Namangan Gidromet

Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi Manzil: Namangan shahar, Sanoatchi kõchasi. ***☎️*** +998782231701 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ***📩*** @namangan\_gidromet

**9-11 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI**Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan **5-10 m/s** tezlikda esadi. Harorat …
1 year, 4 months ago

**Haftaning oxirigi kunida harorat pasayishi va yog'ingarchilik kutilmoqda.

25-27 AVGUST KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZIHavo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 25-26 avgustda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25 avgustda 33-38° bo’ladi, 26-27 avgustda 22-27°** gacha pasayadi.

https://t.me/namangangidromet

Telegram

Namangan Gidromet

Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi Manzil: Namangan shahar, Sanoatchi kõchasi. ***☎️*** +998782231701 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ***📩*** @namangan\_gidromet

**Haftaning oxirigi kunida harorat pasayishi va yog'ingarchilik kutilmoqda.
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 1 month ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

?Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
?Videolar
?Intervyular
?Anonslar
?TV dasturlar

?Reklama uchun:? @jaxon_rek

Last updated 4 months, 2 weeks ago

?? Madridistlar haqidagi tezkor, ishonchli yangiliklarni bizda kuzatib boring! ?

Barcha madridistlar shu yerda!

Murojaat uchun : @RUZALOQABOT

?‍?Reklama : @RUZALOQABOT

Last updated 2 years, 6 months ago