Xushnudbek.uz

Description
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Advertising
We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 weeks, 3 days ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 1 month, 2 weeks ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 4 days, 12 hours ago

2 weeks, 3 days ago

29-may kuni qabul qilingan Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra:

✔️Fiskal huquqbuzarliklar sodir etish realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi (ilgari bu miqdor realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum bilan teng bo‘lgan).

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

2 weeks, 3 days ago

*‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi*
#abituriyent

Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

*1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini* hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

*2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida* oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

*O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?*

Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

2 weeks, 4 days ago

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati o'yinlariga chiptasi bo‘lganlarga temir yo‘l chiptalari uchun 50 foiz chegirma beriladi

Bu “2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida nazarda tutilgan.

✔️ Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilangan:🔹 Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) BEPUL foydalanadi;

🔹 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi;

🔹 Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni QR-kod yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.

👉 @xushnudbek 👈

3 weeks, 3 days ago
**Eng ko’p ovoz olgan TOP-10 mahallaga …

Eng ko’p ovoz olgan TOP-10 mahallaga universal sport maydonchasi qurib beriladi

tashabbus.sport.uzsayti orqali respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda. Batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/23802

Sport vazirligi ovoz yig’ish jarayonidagi faollikni hisobga olib, tuman (shahar)dagi egallagan o‘rnidan qat’iy nazar eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta mahallaga universal sport maydonchalari qurib berilishini e’lon qildi.

Soat 19:30 dagi holat bo’yicha eng ko’p ovoz olgan TOP-10 mahalla ro’yxati yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan.

G’oliblar 1-iyun kuni ma’lum bo’ladi.

👉 @xushnudbek 👈

3 weeks, 3 days ago
Taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sabab **Abdulla …

Taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sabab Abdulla Qodiriy koʻchasidagi, “Anhor Lokomotiv” bogʻi, “Ramada Tashkent” mehmonxonasi va boshqalar boʻylab oʻtuvchi koʻprik 25-maygacha (shu kuni ham) transport vositalari harakati uchun yopildi.

👉 @xushnudbek 👈

3 weeks, 3 days ago

DXX: hokim o’rinbosari, ichki ishlar organlari xodimlari va elektr tarmoqlari xodimlari pora bilan qo’lga olingan

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, 1 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filialining bo‘lim boshlig‘i va muhandisi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmog‘iga ulash va transformator o‘rnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda ko‘maklashish evaziga 39 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilishadi.

Muhandis so‘ralgan pul mablag‘idan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi katta tezkor xodimi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish evaziga, tamagirlik yo‘li bilan undan 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablag‘i hisobidan 400 AQSh dollari oladi.

Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent shahar Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 5 ming AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, u ushbu pul mablag‘i evaziga, o‘zaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani bo‘yicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, holatni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni va’da qilgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

1 month ago

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari: Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
Dorilarning sanoat texnologiyasi;
Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
[👉 Batafsil ma'lumot

☎️](http://ftti.uz/) Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi

1 month ago

*📌 Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun maxsus taklif*

Ijtimoiy himoya milliy agentligi muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida Uzum Market bilan hamkorlikda yangi tizim ishga tushirdi.

Bu turdagi mahsulotlarni UZUM Market’ga joylashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozlar beriladi. Bu ham daromad, ham ezgu maqsaddagi tijorat.

Tadbirkorlar buning uchun my.ihma.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

1 month ago

❗️Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan vaqtincha ozod qilindi
Prezident ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi Qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra:

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekistonga olib kirish 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha QQSdan ozod qilindi;

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilindi;

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etildi.

👉 @xushnudbek 👈

1 month, 1 week ago

Tinchlik uchun jon bergan insonlarning joylari jannatdan bo‘lsin.

Yurtimizda doim tinchlik bo‘lsin, ilohim. Dunyodagi nizolar ham tezroq tugasin, odamlar urushdan o‘lmasin.

👉 @xushnudbek 👈

We recommend to visit

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•fb.com/xushnudjohn

•twitter.com/xushnudbeck

•instagram.com/xushnudbek

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Last updated 2 weeks, 3 days ago

⚽️ Futbol muxlislari uchun yaratilgan Rasmiy kanal!

📰Yangiliklar
⚽️Onlayn gollar
🎬Videolar
🎤Intervyular
🥅Anonslar
📺TV dasturlar

💰Reklama uchun:👉 @jaxon_rek

Last updated 1 month, 2 weeks ago

“Daryo”ning rasmiy kanali.

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Vakansiyalar — @daryohr_bot
Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
На русском - @daryo_central_asia

Last updated 4 days, 12 hours ago