Natijali Post | Kopirayter Oʻlmasbek

Description
Ikki yarim yildan ortiq vaqt davomida kopiraytingdaman.
Odatda Telegram uchun matn yozaman.

Kanalga kopirayting hamda maqsadli obunachilarni jalb qilish boʻyicha postlar joylab boriladi.

Murojaat uchun: @ulmasbek_kopirayter
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

4 days, 1 hour ago

Foydali marketing haqida
Ushbu post koʻproq marketingga qiziquvchilar uchun boʻladi.

Kanalda soʻrovnoma oʻtkazgan vaqtimda obunachilarning koʻpchiligi marketingga qiziqishini bilib olgan edim.

Ushbu obunachilarimiz uchun juda ham foydali boʻlgan bir Telegram kanalni tavsiya qilmoqchiman.

Bu kanal marketing yoʻnalishida boʻlib, "Foydali marketing" deb nomlanadi.

Bu kanaldan yangi gʻoyalar, kreativ reklamalar, marketing keyslari hamda natijali postlarni topasiz.

👉 Foydali kanalga obuna boʻlavering, foyda topasiz!

------
@natijali_post

5 days ago

Kopirayting nima ekanligi haqida

Kopiraytingni asosiy vazifasi, bu sotilishi kerak bo’lgan mahsulot yoki xizmatlarni, har-xil turdagi matnlar yozish orqali maqsadli auditoriyaga uning qiymati va foydaliligini o’zgacha bir shaklda yetkazish va bu orqali sotuv bo’lishiga erishish.

Ushbu matnni esa kopirayter* yozadi.

#takror

⛳️ @natijali_post

6 days, 3 hours ago

Telegram kanallardan obunachilar nima sababdan ketishi haqida
Kanalimda yaqindagina 1000 dan ziyod obunachi boʻlgan edi. Bundan sizning ham xabaringiz bor. Oradan koʻp oʻtmay 60 ga yaqin obunachi tark etdi. Buning sabablari juda ham oddiy boʻlib, ushbu postda barchasi haqida sizga maʼlumot bermoqchiman.

Aynan shu sabablarni yaʼni qanday holatlarda obunachilar kanalni tark etish mumkinligini bilish uchun kanalimda bir necha tahlillar oʻtkazdim. Reklama joyladim, soʻrovnomalar oʻtkazdim, sifatsiz postlar joyladim. Natijalari quyidagicha boʻldi:

  1. Reklama - kanaldan koʻproq obunachilar reklama joylangandan keyin chiqib ketdi. Reklama yoʻnalishi ham auditoriya yoʻnalishiga yaqin edi. Ammo shunga qaramasdan koʻproq obunachilar ketishi shu holatda kuzatildi.

  2. Qiymati kam postlar - postda mavzuga chuqur kirishilmaganda, Shunchaki, foydasini kamroq qilib postlar joylanganda ham obunachilar kanaldan chiqib ketdi.

  3. Yoʻnalishdan tashqari postlar - kanal yoʻnalishidan tashqari boʻlgan postlarda ham kanaldan koʻproq obunachi ketish holatlari koʻzatildi.

Boshqa holatlarda esa juda koʻp obunachi ketishi kuzatilmadi. Demak, bu shuni anglatadiki, faqat bitta yoʻnalishda post yozish, kontentlarni qiymatini juda kuchli qilib tayyorlash hamda reklama joylamaslik kanalni juda ham tez rivojlanishiga sabab boʻladi.

Eslatma: Bu post boshqalarga ham foydali boʻlishi mumkin.

@natijali_post

1 week, 3 days ago

Agar siz boshqalar qiladigan ishni qilsangiz, uni "Upwork", "Amazon" yoki "Alibaba" da topish mumkin boʻlsa, bu sizga foyda keltirmaydi.

Agar siz ishingizga sarflagan kuchingiz evaziga munosib daromad olish uchun narxni koʻtarsangiz, biz shunchaki boshqa joyga boramiz va uni arzonroqqa sotib olamiz.

Yozda plyajda muzqaymoq sotish oson. Odamlarning umidlarini oshirish, ularning umidlari va orzularini roʻyobga chiqarish, ularga yanada uzoqroqqa qarashlariga yordam berish - bu biz tanlagan mashaqqatli ish.

Bundan buyon sizning mijozlaringiz raqobatchilaringiz haqida sizdan koʻra koʻproq bilishadi. Va shuning uchun sotiladigan ishingizga qancha kuch sarflasangiz ham, bu yetarli emas.

"Buni marketing deydilar" kitobidan

@natijali_post

1 week, 4 days ago

Kreativ, reklama va keyslar haqida

Hozirgina juda ham foydali boʻlgan bir podkastni koʻrib tugatdim.

Ushbu podkast Lokals agentligi kopirayteri Said Nazrillaev bilan boʻlgan. Kopirayting haqida juda koʻp foydali bilimlar oldim.

Vaqtingiz boʻlganida koʻrishni tavsiya qilaman.

https://youtu.be/PJTLtEClrFohttps://youtu.be/PJTLtEClrFo

@natijali_post

1 week, 4 days ago
2 weeks, 2 days ago
Natijali Post | Kopirayter Oʻlmasbek
2 weeks, 2 days ago
Natijali Post | Kopirayter Oʻlmasbek
2 weeks, 2 days ago
Natijali Post | Kopirayter Oʻlmasbek
3 weeks, 2 days ago
**Kofe ham tarqatamiz**

Kofe ham tarqatamiz

Bu post marketingga qiziquvchilar uchun juda ham foydali.

"Mening eng sevimli kitoblarimdan biri bu Seth Godin'ning "Buni marketing deydilar" kitobidir. Juda ham foydali kitob boʻlib, yaqinda marketolog hamda qurilish kompaniyalari bilan ishlovchi "Meraki" marketing agentligi asoschisi Shohbozbek (Shaha) Dolimov ham oʻzining "Maqsadli Mijoz" Youtube kanalidagi bir ushbu kitobni tavsiya qilganini koʻrdim.

Ushbu kitobni yana bir bor oʻqish davomida, bir "goʻshtli" joyidan sizlarga ham ulashmoqchiman:

"Yongʻin sababli vaqtincha toʻxtab qolmagunicha Bostondagi "Trident", "Booksellers" va "Cafe" mamlakatdagi eng yorqin va eng muvaffaqiyatli kitob doʻkonlari boʻlgan.

"Amazon" qanchalik arzon va katta boʻlmasin, "Trident" undan ham yaxshirogʻini uddaladi. Chunki ular "Amazon" uddalay olmaydigan ishni qilishadi. Ular kofe tarqatishadi.

Agar siz internetda istalgani bilan raqobatlasha oladigan onlayn chakana savdo doʻkonini boshqarsangiz, "Biz esa kofe ham tarqatamiz" shiori chakki emas.
Sababi kofening boʻlmaganidan koʻra boʻlgani yaxshi.

Kofe bahona uchrashish, muloqot qilish va orzu qilish uchun muhit yaraladi.
Demak, "Trident" asli kitob sotadigan qahvaxona.
Biz sotib olgan kitoblar - bu bugungi shaxsiy aloqalarimizdan esdalikdir".

Ushbu kitobni oʻqishingizni tavsiya qilaman!

@natijali_post

2/30

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago