✧​​✧​​𝑂𝑟𝑧𝑢 𝐻𝑎𝑦𝑜𝑡✧​​✧​​

Description
🔹Mualliflik she'rlar
🔹Ko‘ngilga yaqin satrlar


.


.


.
She'r va monologlar youtube kanalimda:
https://youtube.com/channel/UCuMUz8ihQsT4gtNJBV1ndpw
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

3 months, 3 weeks ago

#xayrli_tunlar

Ko‘ngil jabr-u jafolarga chidayman desang oshiq bo‘l,
Necha turli balolarga chidayman desang oshiq bo‘l...

🍂 @orzu_hayot_ijodi

4 months, 1 week ago

#kun_videosi

Qo‘llab-quvvatlashga arziydigan kontent deb shuni aytishadi)

Ko‘ring, tushuning, fikrlang!

🍂 @orzu_hayot_ijodi

5 months, 2 weeks ago

Савдогарлар, сотинг ҳаммани,
Пайпоқ сотинг, иштонбоғ сотинг.
Чилвир сотинг,
қалампир сотинг...
Энангизнинг ковушини ҳам,
Бобонгизнинг говмишини ҳам.
Мозордаги латтани сотинг,
Сотинг!.. Сотинг!..
Ҳаммани сотинг!..
Сувни сотинг, дарё сизники,
Битни сотинг, бўрё сизники.
Мозорларни, ерларни сотинг,
Хотинларни, эрларни сотинг.
Тувакларни, бешикларни ҳам,
Деворларни, эшикларни ҳам.
Ичак-човоқ, каллани сотинг,
Сотинг!.. Сотинг!..
Ҳаммани сотинг!..
Кўчаларни, қўйларни сотинг,
Данғиллама уйларни сотинг!
Қони оққан тешикка қаранг,
Қопқоқ тикиб сотмоқда фаранг.

Мушугига таом сотмоқда,
Сал эгилиб атом сотмоқда...
Илон, чаён, қуртлар сотилар,
Катта-катта юртлар сотилар.
Савдогарлик авж олиб бу дам,
Қизлар сотар танасини ҳам.
Бутун дунё улкан мозордир,
Ё қиёмат қўпган бозордир...
Хафа бўлма, қўй энди шеърим,
Сени сотиб олмайди ҳеч ким...
Ҳақ деб юрган битта тентаксан,
Сен ҳеч кимга керак эмассан!..
Савдогарлар!
Сотинг ҳаммани!..

© Асқар Маҳкам

🍂orzu_hayot_ijodi

5 months, 2 weeks ago

Adolatmi? Adovatmi?!

Har bir inson avvalo inson o‘laroq o‘ziga baho beradi. Bunda uning barcha xislat va fazilatlari, yaxshi va yomon odatlari jamlanadi.
Biz yashab turgan jamiyatda insonni baholash me'zonlari biroz o‘zgacha. Tushunarli bo‘lishi uchun misol keltiraman. Masalan, katta bir tashkilot rahbari xodim tanlashda birinchi o‘rinda uning ish salohiyatiga qarab, zaruriy bilimlari va tegishli talablarga javob bera olishiga qarab munosabat bildirishi kerak. Vaziyat taqozo qilganida ana shunday xodimlarning lavozimi oshirilishi, rag‘batlantirilishi o‘rinlidir. Lekin ko‘p hollarda bu omil chetga surilgan holda, xodim tanlanishida uning "tanka" si bor yo‘qligi ko‘proq rol o‘ynaydi. Yaxshi lavozim, yaxshi ish o‘rni ochilganda ko‘p yil faoliyat yuritgan, o‘z ishini sidqidildan qilib kelayotgan tajribali xodimlar o‘rniga umuman boshqa yo‘nalishda faoliyat yuritgan, soha bilan tanish bo‘lmagan, ammo yuqori turuvchi tashkilotlarda qarindosh-urug‘lari ishlaydigan yosh, tajribasiz xodimlar ishga olinadi.
Bu hol esa yaxshi bir xodimning ishga bo‘lgan mas'uliyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p tarqalgan mashhur so‘zlar bor: "Xodimga ishiga yarasha haq to‘lamasang, haqiga yarasha ishlay boshlaydi!".
Taassufki, manfaatlar to‘qnashuvi deya bong urishdan charchamaydigan hukumat odamlarining o‘z atrofida son-sanoqsiz korrupsiya holatlari tiqilib yotadi. Eng achinarlisi, buni hamma biladi. Ko‘ra, bila turib, ko‘z yumishadi. Bunday qabihliklar shu oqimda suzayotganlar uchun unchalik fojeali tuyulmasligi mumkin. Gaplarim biroz erish tuyulayotgandir balki, biroq haqiqat haqiqatdan ham achchiq va og‘riqli. Bu og‘riqni kunini laganbardorlik bilan o‘tkazadigan, ikkiyuzlamachilikni asosiy fazilatiga aylantirgan manfur kimsalar his qila olmaydi albatta...
Qarashlarim bir tomonlama bo‘lib qolayotgandek nazarimda. Shu bois fikr almashinishni ma'qul ko‘rdim. Fikr-mulohazalaringizni kutaman!

? @orzu_hayot_ijodi

7 months, 2 weeks ago

https://telegra.ph/Bizni-si%D2%93dirmading-05-14

Telegraph

“Бизни сиғдирмадинг...” Бир сиғиндидай

ФОЖЕБОЗ Эшик устихони синди қирсиллаб, Қарсиллади узоқ оёқ излари. Қолдим кўкрагимга садолар қадаб, Садо видо бўлди, видо бўзлади. “Мен учун ҳаммаси барибир”, дедим, Бир қадам нарида тургандай гўрим. Сен мени едингми, мен сени едим, Кўксимдан аждардай қўпган…

7 months, 4 weeks ago

Ushbu uyg‘oq satrlarni sizga ulashgim keldi.

? @orzu_hayot_ijodi

7 months, 4 weeks ago

https://t.me/c/1550109279/3948

"Jannat onalar oyog‘i ostida" filmi

Shu havola orqali kirib ko‘ring!

? @orzu_hayot_ijodi

8 months, 2 weeks ago

Qaldirg‘ochday giryoningman ota uyim,
Endi senga mehmoningman ota uyim...

? @orzu_hayot_ijodi

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago