Rabbimov Jasur (𐱅𐰇𐰼𐰜‎)

Description
“Har qanday millatning, har qanday xalqning tirikligini va parvozini uning ikki qanoti – tarixi va tili ta’minlaydi.”

©️Odil Yoqubov
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 1 day ago

Arman Dashnoqlari Turkiston Muxtoriyati va umuman Turkiston hududida amalga oshirgan vahshiyona harakatlari haqida tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, ular Rossiya imperiyasi va keyinchalik sovet rejimi tomonidan Markaziy Osiyoga joylashtirilgan hamda mahalliy aholi bilan bir qancha mojarolarga sabab bo‘lgan.

1. Turkiston Muxtoriyati va Arman Dashnoqlari

1917-yil 27-noyabrda Qo‘qonda e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyati mustaqil boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biroq, bolsheviklar va ularga qo‘shilgan arman harbiy bo‘linmalari ushbu muxtoriyatni qonga botirib yo‘q qildilar. 1918-yil fevral oyida Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan bostirildi va bu jarayonda arman dashnoqlari muhim rol o‘ynadi.

2. Qo‘qon qirg‘ini (1918-yil fevral-mart)

Qo‘qon muxtoriyati yo‘q qilinishida eng faol qatnashganlar qatorida bolsheviklar bilan birga Arman Dashnoq jangchilari bor edi. Ular Farg‘ona vodiysida mahalliy aholiga qarshi shafqatsiz harakatlar sodir etdilar.

Arman Dashnoqlari tomonidan sodir etilgan vahshiyliklar:

Qo‘qon shahriga bostirib kirib, minglab begunoh musulmonlarni qatl qilish
Ayollar va bolalarni o‘ldirish, uylarni yoqish
Masjid va madrasa kabi muqaddas joylarni buzish va talon-toroj qilish
Mahalliy aholi ustidan sudsiz qatl amaliyotlarini amalga oshirish
Qo‘qondagi boy savdogarlarni ochiqchasiga talash va yo‘q qilish

Turkiston milliy harakati yetakchilaridan biri Mustafa Cho‘qay bu haqda shunday yozadi:

"Arman Dashnoqlari qirg‘in paytida bolsheviklarning eng yaqin ittifoqchilari bo‘lib, begunoh musulmonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirishda yetakchi rol o‘ynashdi. Qo‘qon fojiasi Turkiston tarixidagi eng qora kunlardan biri bo‘ldi."

3. Dashnoqlarning Farg‘ona vodiysidagi harakatlari

1918—1920-yillarda Dashnoqlar Farg‘ona vodiysining boshqa hududlarida ham qatliomlar sodir etdilar. Ular ayniqsa Andijon, Marg‘ilon, Namangan va O‘sh shaharlarida musulmon aholini yo‘q qilishga harakat qilishdi. Ko‘plab tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, arman jangchilari bolsheviklar bilan hamkorlik qilib, qishloqlarda ommaviy o‘ldirishlarni amalga oshirgan.

4. Mahalliy xalqning qarshiligi va kurash

Ushbu vahshiy harakatlarga javoban Farg‘ona vodiysida milliy qo‘zg‘olon boshlandi. Bu harakatning asosiy yetakchilaridan biri Madaminbek bo‘lib, u bosqinchilarga qarshi xalq lashkarlarini to‘pladi va bolsheviklar hamda dashnoqlarga qarshi kurash olib bordi. Uning qo‘shinlari 1919-yilda bir qancha shaharlarni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi, lekin oxir-oqibat kuchlar teng kelmadi va bolsheviklar hududni qayta nazoratga oldilar.

5. Xulosa
Arman Dashnoqlari Turkiston Muxtoriyatini yo‘q qilishda bolsheviklarga katta yordam bergan.
Qo‘qon qirg‘ini va undan keyingi yillarda minglab musulmonlar, jumladan, ayollar va bolalar shafqatsizlarcha qatl qilingan.
Farg‘ona vodiysidagi mahalliy xalq o‘z ozodligi uchun harakat qilgan, lekin bolsheviklar va dashnoqlarning zo‘ravonligiga duch kelgan.
Ushbu voqealar rasmiy tarixda kam yoritilgan, lekin milliy tarixshunoslik va xotiralarda muhim o‘rin egallaydi.

*👉*** @RabbimovJasur

1 week, 1 day ago

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida asarning tili türkčä deb atalgan (türkčä qošuq, türkčä masal singari):
Bu türkčä qošuqlar tüzättim seŋä,
Oqïrda unïtma du‘a qïl meŋä.
(Bu turkcha qo‘shiqlarni sen uchun bitdim, O‘qirda unutma, meni duo qil) (QB.58).

Alisher Navoiy o‘z asarlarida turkiy tilda so‘zlashuvchilarni türk (türk, türk ulusï), türkigoular, atrāk nomlari bilan tilga oladi. Turkiy tilni esa türk (türk tili, türk lafzï, türk alfāzï), türkčä(türkčä, türkčä til), türkî (türkî, türkî alfāz) deb ataydi. Ulug‘ mutafakkirning ta’kidlashicha, uning asarlari ana shu tildadir. Masalan, “Lisonu-t-tayr”da bu to‘g‘rida shunday satrlarni o‘qiymiz:

Türk alfāzï bilä sürdüm maqāl (LT.253).
Türk alfāzï bilä taptï adā (LT.271).

Shundan kelib chiqib, Navoiy turkiy she’riyatni türk nazmï deb atagan edi. Navoiy qo‘llagan atamani Zahiriddin Bobur asarlarida ham uchratamiz. Masalan, u “Boburnoma”da Andijon to‘g‘risida ma’lumot bera turib, elini türk, uning tilini türkî deb ataydi
(BN.6). Yoki Navoiy ijodi haqida fikr yuritib, turkiyda “hech kim uningdek ko‘p va xo‘p” bitmaganligini ta’kidlaydi: türkî til bilä tā še‘r aytupturlar, heč kim anča köp va xob aytqan emäs
(BN.153).
Muhammad Solih o‘zining “Shayboniynoma” asarida Shayboniyxon fazilatlarini ta’riflar ekan, uning turkiy asarlarini türkî ab’yāt, tilini esa türkčä til deb atagan:

Türkî ab’yātï erür šarbat-ï nāb,
Fārsî še’rlarï ham serāb (ŠN.29).
Türkčä til bilä îmālarï bar (ŠN.30).

Bu atama keyingi asrlarda yaratilgan asarlarda ham uchraydi. Lekin türk atamasining xalq nomi sifatidagi
qo‘llanuv doirasi toraygan: uni Anato‘li turklarigina o‘zining va tilining oti sifatida saqlab qoldi. Butun turkiy tillar oilasiga nisbatan esa tirkî (türkî, türkî tillär singari) atamasini qo‘llaymiz.
Hozirgi zamon orientalistikasida XV asrning ikkinchi yarmi – XVI asr boshlaridagi turkiy adabiyotning klassik bosqichini chig‘atoy adabiyoti, tilini esa turkiy, eski o‘zbek tili nomlari bilan yonma-yon “chig‘atoy tili”, “chig‘atoy turkiysi” deb atalmoqda. Ushbu atamaning kelib chiqishi Chingizxonning o‘g‘li Chig‘atoyxon otiga bog‘lanadi. Ma’lumki, Chingizxon o‘zi bosib olgan yerlarni o‘g‘illariga
ulashganda, O‘rta Osiyo yerlari Chig‘atoyga tekkan edi. Shunga ko‘ra, bu yerlar “Chig‘atoy eli”, yerli xalqlar esa “Chig‘atoy ulusi”, xalqning tili esa “Chig‘atoy tili” deb atalgan. Bu ot o‘zining semantik taraqqiyoti davomida kishi otidan ma’muriy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy atamaga aylangan. Ta’kidlash kerakki “Chig‘atoy ulusi”, “Chig‘atoy tili” atamalarining mo‘g‘ullarga yoki ularning tiliga hech bir bog‘liqlig‘i yo‘q. Chunki, bu o‘lkada mo‘g‘ullar emas, turkiy ulus yashagan. “Chig‘atoy tili” atamasi ham turkiy tilning (eski o‘zbek tilining) nisbiy atamasidir.

@shevashunos

1 week, 1 day ago

Endi turkiy (o‘zbek) tilning o‘tmishdagi otlarini yozma yodgorliklar misolida ko‘rib chiqaylik. Turkiy tilning o‘tmishda keng qo‘llanilgan otlaridan biri türk (türkčä, türk tili) atamasidir. Bu ot buddizmning VII–IX asrlarga mansub “Maytri simit no‘m bitig” asarida qo‘llangan. Chunonchi, asarda Partanarakshit Karnavajiki otli kishi uni to‘xri (tohar) tilidan turk tiliga tarjima qilganligi qayd etiladi: Partanarakšit Karnavajiki türk tilinčä ewirmiš Maytri simit nom bitig (MS.145).
X asrda yashab o‘tgan beshbaliqlik mashhur tarjimon Shingku Sheli tudung ham o‘z tarjimalarida ana shu atamani qo‘llagan. Uning tavg‘achcha (xitoycha) versiya asosida turkiyga o‘girilgan “Syuan-szan kechmishi” asari turk tilida ekanligi ta’kidlanadi: Tawğač tilintin yana bešbalïqlïğ Šïŋqu Šeli tuduŋ yaŋïrtï türk tilinčä ewirmiš (Tavg‘ach tilidan yana beshbaliqlik Shingku Sheli tudung turk tiliga o‘girdi) (ST.V.87). Türk tili atamasi Shingqu Shelining boshqa bir tarjimasi – “Vujud va ko‘ngilni anglash kitobi”da ham uchraydi. Unda asar qanday tildan o‘girilgani to‘g‘risida shunday ma’lumot berilgan: Šïŋqu Šeli tuduŋ tawğač tilintin türk tilinčä ewirü tegintim (Shingqu Sheli tutung tavg‘ach tilidan turk tiliga tarjima qildim) (Hazai 1975,95). Lekin bu tarjimon ijodiga mansub “Oltun tusli yorug‘” sutrasining yakunida asar tavg‘achchadan turk-uyg‘ur tiliga o‘girilgan debqayd etilgan: bešbalïqlïğ Šïŋqu Šeli tuduŋ tawğač tilintin türk
uyğur tilinčä ikiläyü ewirmiš Altun öŋlüg yaruq yaltïrïqlïğ qopta kötrülmiš nom eligi atlïğ nom bitig tügädi (Beshbaliqlik Shingqu Sheli tudung tavg‘ach tilidan turk-uyg‘ur tiliga tarjima qilgan “Oltin rangli nurli yaltiroqli hammadan ustun turadigan no‘m tojdori” otli no‘m bitig tugadi). Chamasi, mazkur atama asar qulyozmasining ko‘chirilgan davri (XVII asr) bilan bog‘liq qo‘llangan chiqar (Qosimjon Sodiqov, Turkiy Til tarixi). Davomi bor…👇✍️
@shevashunos

2 months, 3 weeks ago

8-Dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Bayram barchangizga muborak boʻlsin

2 months, 3 weeks ago
Ikkinchi jahon urushi tugaganiga ishonmagani uchun …

Ikkinchi jahon urushi tugaganiga ishonmagani uchun orolda 29 yil yashagan yapon askari Xiro Onoda. U faqat 1974-yilda Filippin hukumatiga taslim bo'ldi.

*?*** @RabbimovJasur

2 months, 3 weeks ago
**Xiro Onoda** (yaponcha: 小野田 寛郎 Onoda …

Xiro Onoda (yaponcha: 小野田 寛郎 Onoda Xiro: 1922-yil 19-mart, Kamekava, Vakayama prefekturasi - 2014-yil 16-yanvar, Tokio)-kichik leytenant Ikkinchi jahon urushi paytida (1944-yildan) va 1974-yilgacha qurolli qarshilikni davom ettirgan Filippinning kichik Lubang orolida ittifoqchi kuchlarga qarshi kurashgan yapon qurolli kuchlarining razvedkachisi. Partizanlar urushi uchun o'qitilgan Onoda Filippin havo kuchlarining radar bazasiga, Filippin rasmiylari, politsiya va dehqonlarga yuzdan ortiq hujum uyushtirgan.  Onoda urush tugaganiga ishonishdan bosh tortdi va faqat 1974-yil 10-martda Filippin hukumatiga taslim bo'ldi.

U Yaponiya Milliy Mudofaa Kengashi va Yaponiya Assambleyasi kabi o'ng markazchi tashkilotlarning a'zosi edi. Onoda Filippindagi 30 yillik faoliyati hamda Ikkinchi jahon urushi haqida bir qancha monografiya va kitoblar muallifi; Ulardan eng mashhuri “Lubangdagi oʻttiz yillik urushim” (yaponcha: わがルバン島の30年戦争, 1974) nomli xotira kitobidir. 

*?*** @RabbimovJasur

3 months ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago