Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Bu kech Hindistonda...
Yer yuzidagi butun jonzotlarga hukmronlik kilgan Hazrati Sulaymonning Yamandagi saroyiga sodda bir odam shoshilib kiradi. navbatchilarga hayot mamot masalasi yuzasidan hazrati Sulaymon bilan ko‘rishmoqchi ekanini aytgach, unga izn beriladi. Sulaymon yuzi oqargan, qo‘rquvdan titrayotgan odamdan so‘radi:
— Tinchlikmi, nima bo‘ldi? Nega bunchalik qo‘rqayapsan? Darding nima?..
Odam qo‘rquvdan:
— Bu tong oldimga Azroil keldi. menga qahr bilan boqti va tezda g‘oyib bo‘ldi. mening jonimni olishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Xo‘p nima qilishimni xohlaysan?
Odam yolvordi:
— Ey jonlar qo‘riqchisi, mazlumlar panohi Sulaymon... Sen ko‘p narsaga qodirsan. bo‘ri, qush, tog‘ toshlar barcha barchasi sening amringda. Shamolingga buyurki, meni bu yerdan uzoq Hindiston tomonlarga eltsin... Shunda Azroil balki meni topolmas. Shunday qilib jonimni qutqargan bo‘lar eding. Madad sendan...
Sulaymon odamning ahvoliga achindi. Shamolni chaqirib: "Bu odamni darhol Hindistonga olib borib tashlab kel", deb buyruq berdi. Shamol shu zahoti shiddat bilan esib, o‘sha odamni Hindistonning uzoq bir go‘shasiga eltib qo‘yadi.
Peshinga yaqin Hazrati Sulaymon devonni yig‘ib, arzga kelganlar bilan muloqotini boshlaydi. Bir qarasa, Azroil ham jamoat ichida o‘tiribdi.
Tezda yoniga chaqirib:
— Ey Azroil... Ertalab nega u odamga g‘azab bilan qarading? Nega u bechorani qo‘rqitding? dedi. Azroil javob berdi:
— Ey dunyoning ulug‘ Sultoni... Men u odamga g‘azab bilan emas, hayrat bilan qaradim. U noto‘g‘ri tushunib, qo‘rqib ketdi. Uni bu yerda ko‘rgach hayron qoldim. Chunki Alloh taolo menga: "Qani bor, shu odamning jonini Hindistonda ol",deb buyruq bergan edi.
Uni ko‘rib, bu odamning yuz qanoti bo‘lsa ham, bu kech Hindistonga yetib borolmaydi, bu qandoq bo‘ldi deb hayron qaradim. Men Allohning buyrug‘ini noto‘g‘ri angladimmikan, deya xavotirda edim. Unga qarashimning boisi mana shu edi. Hindistonga borib, uni o‘sha yerda topdim va jonini olib qaytdim.
©️ Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan
✅ Yozilgan bo'lsa qayoqqa qochay, yozilmagan bo'lsa nimadan qo'rqay...
Kichik doirada qolyapsan!
Bu dunyoda faqat o'zingga yaxshilik qilish bilan baxtli bo'lmaysan, nimadir yo'lini topib MrBeast'ga o'xshab millionlab odamlarga ko'mak berish haqida o'ylab ko'r.
MrBeast'ning ushbu videosini ko'rgandan keyin o'zimga bergan xulosam.
Oʻzim va kanal haqida 3 ogʻiz
Ismim Valijon. Ayni paytda "Yashil Energiya" MChJ da dispetcher boʻlib ishlayman. Undan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda IT yoʻnalishida taʼlimga oid loyihalarimni yuritaman.
Har kuni xohlaymanmi, yoʻqmi qandaydir tajriba olaman. Bu ish yoki loyihalarim boʻyicha boʻlishi mumkin. Shunday tajribalarni yaxshilarini sizlar bilan boʻlishish maqsadida kanalni ochdim. Agar qaysidir kuni post chiqmasa, demak men oʻsha kuni tajriba olmagan boʻlaman, bu esa yomon.
Ilgarilari yangi narslar oʻrgansam bloknotimga yozib yurardim, endi bu ishni telegramda qilamiz. Shu kanalni yuritish uchun ham har kuni birorta mazmunli ish bilan shugʻullanishga harakat qilaman, inshaalloh.
Tezroq yoz kelsin *?***
Zalda mashgʻulotlarni tugatishga yaqin yozni sogʻinib qolaman. Qani edi tezroq yoz kelsa va yopishib turadigan futbolkalarni kiyib yursang ?.
Avvalosi sport sogʻliqni mustahkamlashga koʻmaklashadi. Eng kamida shu maqsad uchun ham harakatda boʻlishimiz kerak.
Miyaga tinchlik ham kerak
#xulosa
Tinimsiz oʻqish yoki ishlash miyani charchatadi, uyqu orqali charchoqni chiqarishimiz munkin. Lekin ora orada miyaga tinchlik ham kerak boʻladi.
Aytaylik ishda bir muammo duch keldingiz, soatlar muammo bilan "разбор" qilasiz ammo befoyda. Qachonki WC xonasiga borganizda yoki choʻmilish paytida yechimlar tinimsiz keladi. Bunga sabab miya mavjud maʼlumotlarni tahlil qilib, yechimni oʻzi ishlamayotgan paytda taqdim etishida deb oʻylayman. Mendeleyev ham davriy jadvalni tushida koʻrgan deyishadiku.
Qisqa qilib aytganda onda sonda hech nimani oʻylamay shunchaki miyani dam olishiga ruxsat bering. Aytib qoʻyay instagram miyaga dam bermaydi ?.
Audio kitoblar eshitish uchun kanallar:
1. @mtrkaudiokitoblar
2. @audiokitoblaruz
3. @audio_kitoblar_sifatli
4. @audiokitoblar_uz
5. @Audio_kitob_javoni
6. @kitob_nuri
7. @audio_kitobxona
8. @Audio_Kutubxona_uz
9. @detektivkitoblar
10. @Ilmparvar_kutubxonasi
11. @biznesplus_uz
12. @Kitoblar1
13. @audio_bilim
14. @audiokitoblar_islom
#kitob
? Oʻzimda bor elektron kitoblarni sizga ham ilindim: @vm_library
Yur doʻstim toʻyiga borib kelamiz
#xulosa
Taksida ketish payti shu qoʻshiqni klipini eshitdim, unda qiz otasi boshqaga berayotganini aytganida "yigiti" siqilishni boshlaydi va qoʻshiq shu "dard" ustiga quriladi.
? Keyin oʻylab qoldim, nimaga bizda bunchalik muammolar koʻp:
- sevgi "iztiroblari"
- sogʻliqdagi muammolar
- oila aʼzolarining oʻzaro muammolari
- mol dunyo tashvishlari va h.k
✅ Aslida bu muammolarga qoidalarni buzish orqali yo'liqamiz:
- sevgidan azob chekmaslik uchun faqatgina toʻydan keyin sev;
- sogʻliqni saqlash uchun kamroq va sifatli ovqat ye, roʻza tutib yur;
- oila aʼzolarining oʻzaro muammolari boʻlmasligi uchun oilada hamma oʻz majburiyati va huquqlarini bilib, amal qilib yashashsa yetarli;
- mol mulkka mehr qoʻyma, boriga shukr qil, harakatlaring yetarli natija bermasa taqdir ekanligini unutma va gʻam chekma va h.k.
? Bizda dinimizni barcha sohalar uchun yetarlicha koʻrsatmalari mavjud. Xaritamiz boʻla turib, yoʻl izlab dovdirab yuribmiz...
? Umuman muammo duch kelganda ushbu gapni eslayman: Bu dunyodagi tashvishlardan (kasallik , faqirlik, qarzlar va h.k) birgina oʻlib qutulamiz, shunday ekan keyin qayerga qanday borishimizni oʻylashimiz kerak.
? Juma ayyomi muborak boʻlsin!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago