Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses
Bahor
Yuragimda bir mezon
Mehmon boʻlib kelmoqda
Musaffoda bu osmon
Shamollar huv yelmoqda
Yer gardini boʻshatib
Koʻklamga ochar quloch
Bahorlarga hat bitib
Xabar berar qaldirgʻoch
Qushlar churuq churugʻi
Qulogʻinga mast urar
Gullarning nish urugʻi
Tuproqlardan koʻrinar
Daraxtlarda dovuchcha
Ziraklarga oʻxshaydi
Mehmondoʻst epchil qizcha
Gilamini toʻshaydi
Sarpolari har hil gul
Gullaydi oq roʻmoli
Oshiqlardek bu bulbul
Qoʻshigʻida hayoli
Yomgʻirida kamalak
Xusnini qilar koʻz-koʻz
Guldastali kelinchak
Kelayotgan bu Navroʻz
FATIMA NUR IJODI
Ey hayot kechir meni
Bag‘ring tosh deb o‘ksitdim seni
Goh yo‘limda egilib qoldim
Ko‘torolmay og‘ir toshingni
Endi bilsam sinoving qadar
Olib kelding baxt degan habar
Tutding menga gavhardek mehr
Minnatdorman sendan naqadar
Otam qadar Ota berding sen
Onam qadar Ona berding sen
Alpomishdek mehribon bir yor
Yor sog‘ingan Barchin bo‘ldim men
Bolam bag‘ri samoga tengdir
Undan uzun osmondan kengdir
Aytadurman Alhamdulillah
Peshonamga duch kelgan taqdir
Ayvoniga olib chiqdi oy
Muxabbatga to‘la bu saroy
Baxtlilardan tanhoman go‘yo
Tabasumda men hammadan boy
FATIMA NUR IJODI
Tabbasumdan hoqondir yurak
Erkasidan kulaman goʻdak
Jilovlanib koʻringan malak
Qalbimni nurisiz Begim
Ibodatli sultonim yorim
Hayotimda gʻururim orim
Hilqatimsiz hayotda borim
Qalbimni nurisiz Begim
Qaygʻulardan tortqilab olgan
Yoʻllarimga orzular solgan
Bir umirga yonimda qolgan
Qalbimni nurisiz Begim
Ertak emas nahotki bari
Koʻz yoshlarim ketishgan nari
Sizga abat yuragim qari
Qalbimni nurisiz Begim
FATIMA NUR IJODI
Onajon
Onajon...
Qanday tarif beray husni hulqinga
Vaslinga sher bitsam titrar qalamim
Osmonni gardi ham sigʻmas koʻksinga
Moʻtabar oʻrniyni bosa olar kim
Non yeysiz yumshogʻin ushatib menga
Menga eski nonlar yoqadi deysiz
Ol bolam ovqatni qolgani senga
Men toʻydim bolam deb nega aldaysiz
Oydayin bedorsiz hasta koʻrinsam
Joningiz toʻshaysiz parvona aylab
Siz qanday hilqatsiz Onamey Onam
Qalblarga metinni olgansiz joylab
Yozgim kelaverar siz haqda sheʼrlar
Koʻksimdan kelaverar durli bayotim
Ona lugʼatida ming maʼno derlar
Uyimda porlagan nurli hayotim
Ming shukur rayhonim uyimda jannat
Ul tugʻyon bogʻlarni beradi hissin
Yonimizda doim yuring salomat
Allohim umringiz ziyoda qilsin
FATIMA NUR IJODI
Alhamdulillah
Bandamiz har narsa oʻtarkan boshdan
Oʻlimdan boshqasi boʻlarkan imkon
Hayrona aylama hattoki toshdan
Xudoyim hohlasa oʻsarkan rayhon
Baʼzida ranjidim bazida kuldim
Oʻzimni tiyardim boʻlishdan noshit
Gar yonsam Hudoga bir quli boʻldim
Lippillab qalbimda oʻchmasdi umid
Orzular soʻlmadi bahorim keldi
Manimcha baxtimdan berar bashorat
Tikonmas gullarni ufori yeldi
Bu balki muxabbat balki muhabbat
Alhamdulillah Allohga shukur
FATIMA NUR IJODI
NARGIZA OPA HOJI OPAM
HUDOYIM sizga qildi qarindosh
Shukirlar aytaman Qodir Allohga
Mashaalloh sizni Allohim siylab
Risqingiz qo‘shibdi Makkatillohga
Qalbingizda iymon xusningiz namoz
Qo‘lingizda kitob kasbingiz exson
Xadicha onamdan olgansiz andoz
Siz kabi dunyoda ko‘paysin inson
Biram yarashibdi Allohga qullik
Go‘yoki yuzingiz charaxlagan nur
Payg‘ambarim sizdan olyapti alik
Savoblar tushyapti boshingizda dur
Alhamdulillah yo Rabb hamdlar o‘zinga
Sanolar o‘zinga maqtovlar senga
Termulib turishar Kaba yuzinga
Illoh nasib ayla har bitta jonga
Nargiza opam aytin Rasulimni sog‘inganim
Aytib qo‘ying bir kun men ham borishimni
Muhammadga ummatdirman fido jonim
Istaymanki huddi sizdek yonishimni
Yo Robbi o‘zing mehribonsam o‘zingsan qodir
Marhamating cheksiz rahmating cheksiz
Shu insonlar bilan Jannatda ham bir
Firdavs mash-allarda bo‘laylikda biz
Inshaalloh yuzlashib qo‘lingiz o‘pay
Peshonangiz tekkan Kabatillohga
Ikki dunyo sizni singlingiz bo‘lay
Shukurlar hamdlar qodir Allohga
Qalbimda chiqqan chin isxorim
Nargiza opam uchun maxsus she'r
FATIMA NUR IJODI
Singlim
Nahot o‘tib bordi yillar tonglari
Bu baxtli kunlarni ushlolmas qo‘lim
Endi qaytib kelmas yoshlik onlari
Hali ham jajjidek tuyular singlim
Qoshlari qopqorqa sochlari o‘rim
Hovlini yo‘liga to'ldirgan rayhon
Orasta holidan to‘lardi ko‘nglim
Tarifiga so‘z yo‘q ko‘ngli bir ummon
Bugun nurli yuzing oydanda go‘zal
Ko‘zinga boqolmay titrar yuragim
Taqdir yo‘llariga bitilgan mash-al
O‘zga uylariga ketayotgan singlim
Rumoling boshingdan tushmasin sira
Kuninga do‘st bo‘lsin besh mahal namoz
Xech qachon ko‘ngling bo‘lmasin hira
Qalbingda taralsin Qur'onlar pardoz
Doimo baxtiyor ko‘rayin seni
Baxtli bo‘l baxtlilar qilsinlar havas
Eng katta orzuyim tilagim meni
Hammammiz baxtiga kulib yursang bas
Buyurtma uchun tayyorlandi
FATIMA NUR IJODI
Bir yil ham yashamay ayrildim sendan
Kipriklari uzun eding qo‘g‘irchoq
Jajji qo‘laringni qizg‘onib mendan
Ko‘zinga bunchalar aylading mushtoq
Farishtam keldingi dudog‘ing tuymay
Nursiz Osmonlarda qoldirding unsiz
Yo bu ko‘rganlarim tushmi deb atay
Beshiklar tebranmay qoldilar sensiz
Bahorda gullagan boychechak bo‘lding
Yozlarim kuydirib aylanding kuzga
Vijudim titratib hazondek yelding
Orzular qishdayin boylandi muzga
Surating peshonam qoshida turar
Sirli nigohlaring chorlaydi hamon
Asadbek durdona yonimda turar
Ularchi baxtimga bo‘lishsin omon
Sen bilan o‘tgan kun menga hotira
Tug‘ilajak farzandim o‘xshasin senga
Allohim umrini o‘xshatmay sira
Qizimni qiyosin qaytib ber menga
Buyurtma uchun tayyorlandi
FATIMA NUR IJODI
To‘rtlik
Goh hayot achchiqdir gohida shirin
Kimgadir osonroq kimgadir qiyin
Ozorlar dastidan yig‘lama yurak
Barisi o‘tadi kun o‘tgan sayin
QIYOMATMI BU
Muxammad ummati zamonin qo‘ysa
Musulmon musulmonni ko‘zini o‘ysa
Xattoki ayamay jonini so‘ysa
Islomning diniga xiyonatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
Onalar yig‘laydi xojasin tuqqan
Bolasi shaytonni so‘zini uqqan
Pastkashlik urug‘i ko‘ngliga yuqqan
Farzandlik burchi yo‘q diyonatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
Bo‘yniga sirtmoqlar joniga nuqta
Go‘yoki shu yo‘lni o‘ylaydi puxta
Do‘zaxga o‘zing joy qurmagin to‘xta
Faromish jasadga malomatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
Xajga bormoqlikda poygalari bor
Sezmaydi qo‘shnisi faqirda ozor
RASULIM ataylab bormagan takror
Man-manlik shanidan dalolatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
Mashina jixozlar go‘zal naqadar
Go‘yoki uyimmiz kiyib olgan zar
Ibodat yo‘liga og‘iz quloq kar
Ko‘zda ko‘rganlarim alomatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
Ba'zi ayollardan ibo qochdiku
Iblislar eshigin katta ochdiku
O‘tginchi va'dalar boshdan sochdiku
Benazir yurishlar sharofatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
Uyquda yurishar sharobda sarxush
Shaytonni qo‘ynida ko‘rishyapti tush
Mashxar maydonida bo‘lishganda xush
Gunohing ishidan karomatmi bu
Ohir zamonmi yo qiyomatmi bu
FOTIMA NUR IJODI
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses