?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Jamoamizga qo'shilishingiz mumkin
Maktabimiz Xalqaro bo'limi kengaymoqda, shogird olishga qaror qildik.
School counselor(aka College Admissions Mentor) – kelajagi bor kasblardan. Mutaxassislar kam, havaskorlar ko'p. Bu kasbni egallash uchun sizda imkoniyat mavjud.
Shogird tushish orqali siz yangi bir kasbni egallash, undan tashqari Aziz Rahimov boshiliklaridagi ahil va kuchli jamoaga qo'shilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Ta'lim va nufuzli universitetlarga qizishingiz bo'lsa, formani to'ldiring. Mos kelgan nomzodlar bilan bog'lanamiz, suhbatlashamiz.
Zo‘r o‘qituvchi fanga qarab emas, o‘rganuvchiga qarab dars o‘tadi.
Zo‘r shifokor kasallikni emas, bemorni davolaydi.
Zo‘r sotuvchi mahsulotini bilganidek, mijozini ham taniydi.
Zo‘r yozuvchi so‘zlardan ko‘ra, o‘quvchi dunyosini yaxshiroq tushunadi.
Odamlar tabiatini tushunish, odamlar bilan ishlashda kuchli qiladi.
Odamlar tabiatini tushunish – o‘zimizni tushunishdan boshlanadi.
O‘zimizni tushunish, o‘zimizni aldamaslikdan boshlanadi.
O‘zingizni aldamang, kuchli mutaxassis bo‘lasiz.
Tongim bekor ketsa, kun bo’yi ishlarga ulgura olmayman.
Tong yutilsa, kunni yutish osonlashadi.
Umr bilan ham shunday.
Yoshlikda ulgurib qolmaganlar, keyin ham qila olmaydilar.
Buni o’qib kimdur bekorchilikni tashlar.
Kimdur esa afsus qilishi mumkin.
Afsus qiladiganlar uchun eslatma:
O’zR qonunchiligida 31 ga kirmaganlar yosh hisoblanadilar…
Shaxsiy tanishuv
“-Kanalimni nima uchun kuzatasiz” so’radim do’stimdan
-Shaxsiy rivojlanish uchun
Kompyuterimni rivojlantirishga ustaga olib borsam, ichiga qarardi. Kamchiligini topib, keyin rivojlantirardi.
Shaxsiy rivojlanish ham shunday - shaxsiy tanishuvdan boshlanadi.
Tashqarini tanish - oyna va tarozi bilan bo’ladi.
Ichkarini tanish ustoz, do’st va ishlar bilan bo’ladi.
Xatoingizni ayamay aytadigan ustoz va do’stingiz bo’lsin. Fidbeklarni yig’ib boring.
Ishlar axloqning belgilaridir degandi Aristotel.
Ishlaringizni tagiga qarang. Nima sababdan qilyapman? Obro’, pul, g’am, qo’rqinch, yaxshilik?
Tanishsangiz rivojlanasiz. Tanishmasangiz zo’r ekanman deb yuraverasiz)
Avstraliya ham 16 yoshdan kichiklarga ijtimoiy tarmoqlarni ta’qiqladi. (avvalgilarini yozgandim)
Jarima - 32 mln$ gacha.
Jonatan Haidthning ijtimoiy tarmoq va telefonlar zarari haqida kitobi chiqdi.
Xulosasi: 16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bolalarni, zaifroq, ahmoqroq, dangasaroq, ko’proq siqiladigan, diqqatsiz qilib qo’yayapti.
Butun kitob dalillardan iborat.
Smartfon, planshet olib berib - tinchlik sotib olayotgandursiz. O’rniga farzandingiz potensialini yo’qotib yuboryapsiz.
Bolangizni kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishini istayapsizmi?
IT, top universitet, eng kuchli ustozlar, to’garaklar kabi yuzta narsaga ovora bo’lmang.
Shunchaki 16-yoshigacha ijtimoiy tarmoq, virtual o’yinlardan uzoq tuting.
Real o’yinlar, kutubxona, foydali videolar to’la hard disk qilib bering.
Bediqqat, sabrsiz, xotirasi past 95% tengdoshlaridan kilometrlar oldinda bo’ladi.
Yozishga undov
-Meni ishga olmaysizmi?
-Nima yutug’ingiz bor?
-IELTS writingdan 8.0 olganman.
-Ertadan ishga chiqavering.
Bir yil avvalgi suhbat.
Serial ko’rib, podkast eshitib listeningdan baland olish mumkindir.
So’z yodlab, maqola o’qib, readingdan baland olish mumkindir.
Yozmadan baland olish uchun esa jurnalist darajasida yoza olish kerak.
Writingdan 8.0 olish qiyinligini his qilmoqchi bo’lsangiz, o’zbek tilida insho yozishga harakat qilib ko’ring. 40 daqiqa vaqtingiz bor.
Yozma nuqtning zo’rligi faqat yozma nutq zo’rligini ko’rsatmaydi. Yozuvchida fikrlash, sabr, eruditsiya borligini ko’rsatadi.
Yozma ishlarini sun’iy intellektga to’liq yozdirayotganlar zalga chiqib, yukini damkratga ko’tartirayotganlarga o’xshaydi.
Shaxmatda yutish uchun o’z o’rniga kompyuterini o’ynatayotganlarga o’xshaydi.
Yozishdan maqsad matn emas. Ijodiy o’sish. Fikrlarni tartiblash. Ishontirishni o’rganish.
Bular bor bo’lsa, matn o’zi chiqaveradi.
Maktabimiz ochilishi bilan ikki haftadan beri Farg’onadaman.
Joyni mehmon bo’lganda emas, yashaganda his qilasiz.
Kuzatuvlarim:
Shaharda vaqt barakali - 10 daqiqada istalgan joyga yetib olasiz.
Daraxtlar ko’pligidan bog’da yuribman deb o’ylaysiz. Hamma yer chinor.
Mashina kam. Velosiped, moped ko’p.
Ota-onalar bolalarini sizlab chaqirishadi. Men ham sizlay boshladim.
Sheva chiroyli. Adabiyga o’ta yaqin. Ba’zi tumanlarni shevasidan bilib olsa bo’ladi (Bog’dod, Buvayda)
Bir nechta odam bilan quyuq so’rashdik. Tanishimmikan debman.
Filialni Farg’onada qilib to’g’ri qilgan ekanmiz. Ta’limga e’tibor baland.
Ertaga 10.00 da Farg’ona maktabimiz ochilishi. Mehmon bo’lib keling. Kutamiz.
72 yoshli amaki 6 va 3-sinf bolalarni maktabimizga olib keldilar.
Amaki - universitet turlarini, kortizol gormoni ishlashini, bolalar motivatsiyasini tushunyaptilar.
Quvvatlari, kórinishilaridan 60 yosh berasiz.
-Nevaralarni o’qitaman debsiz-da.
-Bular mening farzandlarim! Ótib ketgunimcha ilm-kasblik qilib olishim kerak.
Aksar otaxonlar titrab qoladigan yoshda, nega quvvatga tóla ekanliklarini tushundim.
Hayotlarida kuch talab qiladigan ishlar bor. 3ta ósayotgan yigitchaga órnak, tarbiyachi, ta’minotchi bo’lishlari kerak.
Yoshlar quvvat olarmikinman deb - energetik ichimliklar, videolar, treninglar, muvaffaqiyatlilar klublariga yopishishadi.
Kóp quvvat talab qiladigan ishlarni yelkaga olganlar bor. Ular bilishadi. Ishtaha ovqat ustida kelganiga óxshab, katta quvvat - katta ishlar oldida keladi.
Almashtirish vaqti keldi.
U taksida qatnadi, siz issiqda avtobus kutdingiz.
U kuchli domlalarda individual o’qidi, siz kitoblaringiz uchun ham pul yig’dingiz.
Otasi kontraktini oldindan to’lab qo’ydi, siz o’qishdan keyin ishga qatnadingiz.
Sharoiti borligi uchun u aybdor emas. Yo’qligi uchun siz.
Keng imkoniyatlar bizga aqlli daholarni berdi - Musk, Bezos, Bill Geyts.
Siqilmang.
Tor imkoniyatlar bizga harakatchan daholarni berdi - Jensen Huan, Jek Ma, Mendeleev.
Imkoniyat hammasini hal qilmaydi. Harakat hal qiladi.
Shu tufayli biz maktabimizda harakatchanlarga grant e’lon qildik.
Muhitingizni almashtirish vaqti keldi. Topshiring.
Endi gapingizni oladi
U bilan ish boshlashimdan oldin - ogohlantirishdi. Pand yeysan deyishdi.
O’zim bilganimni qildim. Katta pulga tushdim. Umrim ketdi.
Atrofimga til o’rganing, blog boshlang deb aytdim.
Muhtoj, lekin vaqti qolmaganda boshladi.
Gapimiz ta’sir qiladi, fikrini o’zgartira olamiz deb o’ylaymiz.
Odam fikrini odam o’zgartirishi qiyin, hayot o’zgartira oladi.
Og’maxon (Xomyak) qorniga bosib, pul ishlay olmasligini gapirib o’tirmang.
U sizga notcoin haqida, bitcoin haqida gapirib beradi.
Iqtisod haqida tushuncha berishga shoshilmang.
U sizni ko’rolmayotganlikda ayblab qo’yadi.
Umrini ketkazsin. Natijasini ko’rsin. Afsus bilan oldingizga kelsin.
Endi gapingizni oladi.
Kelmaydiganlar ham bo’ladi. Nima ham derdik. Mashhur domla aytganlaridek:
Xudo urgan o’ttizda ham bola bo’ladi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago