ZᑌᒪᗷIᒍOᗪᗩYᑎ

Description
"Iymonlarini qutqarmagunlaricha o'lmasinlar".
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 1 day ago

Bir kishi ustozini oldiga kirdi va: Holingiz yaxshimi ustoz? dedi.
- Holim oqshomgacha yashash, yashamasligini aniq bilmaganlar kabi.
- Ustoz menga bir nasihat qiling.
- Allohni bilasizmi?
- Alhamdulillah bilaman.
- Unda boshqa narsani bilmasangiz ham boʻladi. Alloh sizni biladimi?
- Alhamdulillah biladi.
- Unda boshqasi sizni bilishi unchalik muhim emas...

3 weeks, 2 days ago

Воқелик фиқҳи

Қоида тариқасида айтилган сўз бор:

Одамларнинг ақлларига монанд сўзланг. Аллоҳ (таоло) ва Росули(соллаллоҳу алайҳи ва саллам)ни ёлғончига чиқаришларини истайсизларми?!

Изоҳ:

Одамларнинг ақлларига монанд сўзланг, яъни улар биладиган ва фаҳмлайдиган тарзда ва услубда, ҳолат ва савияларига муносиб илмни айтинг. Ҳар бир ҳақ сўзнинг айтиладиган ўз ўрни ва муносиб айтувчиси бор. Йўқса: Аллоҳ (таоло) ва Росули(соллаллоҳу алайҳи ва саллам)ни ёлғончига чиқаришларини истайсизларми?! Оят ёки ҳадисларни қачон, қаерда, қандай ва кимларга айтаётганингизга эътирбор бермасангиз, эшитганлар бундай бўлиши мумкин эмас, дея оят ва ҳадислар(Ислом, Иймон ва Эҳсон илмидаги ҳукмлар)ни инкор этиб, ёлғончига чиқаришлари мумкин. Ҳар бир нарсани муносиб ўрнига қўйиш ва чиройли оқибатга олиб борадиган тадбир қилиш айни адолат ва ҳикматдир. Одил ва Ҳаким бўлмасак, аввало ўзимизга ва кейин бошқаларга зулм қилиб, хунук оқибатларга етаклаймиз.

Аллоҳ таоло фойдали қилсин!

1446ҳ. 7-шаъбон/06.02.25м

@aqoid_asoslari

3 weeks, 2 days ago

Boshqalarning xatosidan dars oling. Hayotimiz hamma xatolarni sinab ko'rishchalik uzun emas.

3 months ago

Shunday kunlar borki, ular hali hamon boshqa kunlarda ham davom etayabdi.

3 months, 1 week ago

...«Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin».

Mo'min banda bor imkonini ishga solib Allohning farmoniga muvofiq ish yuritishga harakat qiladi. Bu borada ko'pgina to'siqlarni yengib, qiyinchiliklarga bardosh bеradi. Lеkin u farishta ham emas, ba'zi vaqtlarda bilmasdan xato qilib qo'yadi yoki ba'zi narsalarni unutib, esdan chiqaradi. Shuning uchun ham duoning avval-boshida mazkur narsalar uchun azobga tutmaslikni Alloh taoloning O'zidan so'ramoqda. Alloh taolo mo'min bandalarining ushbu duosini qabul etgan.
Imom Tabaroniy rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar alayhissalom: «Ummatimdan uch narsa–xato, esdan chiqqan ishlar va majbur qilinganlik ko'tarildi», dеganlar.

«Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o'xshash og'irlikni bizga yuklamagin».

Ma'lumki, Alloh taolo avval o'tgan ummatlarga ular qilgan osiyliklari uchun qiyin-qiyin takliflar yuborgan.
Ba'zilariga tavba qilish uchun o'zini o'ldirishni amr qilgan bo'lsa, boshqalarga najosatni kеtkazish uchun kiyimini kеsishni buyurgan. Shunga o'xshash og'ir ishlar Islom ummatiga ham bo'lmasligi so'ralmoqda.

«Ey Robbimiz, bizga toqatimiz еtmaydigan narsani yuklamagin».

Mo'minlar Allohning amri qanchalik bo'lsa ham bajarishga doim tayyorlar. Lеkin Allohning rahmati kеngligidan umidvor bo'lib, o'zlarini kichik fahmlab, bu duoni qilishmoqda.

«Bizni afv et, mag'firat qil va rahm et».

Mo'min banda har qancha harakat qilsa ham, bandalik burchini to'liq ado eta olmasligini yaxshi biladi. Shuning uchun doimo o'ziga Allohning afvi, mag'firati va rahmatini so'rab turadi.

«Sеn xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g'olib et».

Haqiqatda mo'min bandaga Allohning O'zidan boshqa xoja yo'q. Yordamchi yo'q. Shuning uchun ham mo'minlarning hayotlaridagi eng muhim narsalardan biri–kofir qavmlar bilan bo'ladigan kurashda Uning O'zidan g'oliblikka yordam so'ralmoqda.

Baqara surasi 286-oyatidan bir qismining tasiri.

manba: islomuz

3 months, 1 week ago

Yaxshi insonni yaxshi bo'lishdan yomonlar charchatadi.

6 months ago

Islom ne'mati Ibrohim Xolil a.s otasi musulmon bo'lishini istadi. Lekin Alloh o'g'li O'zining do'sti bo'lsa ham uni musulmon bo'lishini xohlamadi. Nuh a.s o'g'lini musulmon bo'lishini istadi. Lekin Alloh Nuh a.s ning duosiga qaramay uni musulmon bo'lishini…

6 months ago

Islom ne'mati

Ibrohim Xolil a.s otasi musulmon bo'lishini istadi. Lekin Alloh o'g'li O'zining do'sti bo'lsa ham uni musulmon bo'lishini xohlamadi.
Nuh a.s o'g'lini musulmon bo'lishini istadi. Lekin Alloh Nuh a.s ning duosiga qaramay uni musulmon bo'lishini istamadi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam amakilari musulmon bo'lishini istadilar. Lekin Alloh Nabiy sollallohu alayhi vasallamga da'vatlarida yordamchi bo'lgan bo'lsa ham unga hidoyatni bermadi.
   Meni va seni esa so'roqsiz musulmon qildi va bizga Ibrohim a.sning otasiga, Nuh a.sning o'g'liga va Muhammad sollallohu alayhi vasallam amakilariga bermagan narsani berdi. Bu qanday fazl bo'ldi?!
    Alloh odamlarga marhamatlidir, lekin odamlarning ko'plari buni bilmaydilar.
   Doimo Islom ne'mati og'ir keladi va g'olib bo'ladi agar barcha ne'matlar bilan tarozida tortsang ham.
  Bizni bunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bo'lsin. Agar Alloh bizni hidoyat qilmaganida, biz hidoyat topmas edik.
   Islom ne'mati uchun Allohga hamdlar bo'lsin. Allohga hamd aytinglar.

@zulbijodayn

6 months ago

Avvalgi ulamolarning odatlaridan biri, har dasturxonga o'tirganda undagi ne'matlarni sanab qo'yish. Masalan, nonning o'zi bitta ne'mat emas. Unda sut bor. Tuz bor. Suv bor. Bularning hammasi ne'mat va alohida sanaladi. Bu odat Alloh taoloning bizga bergan, berayotgan ne'matlari uchun qalbda shukrni paydo qiladi. Buni ustozimiz o'rgatgan edilar.

Siz ham buni odat qiling va qayerda bir dasturxon ustida o'tirsangiz ne'matlarni sanang va atrofingizdagilarga ham "Bu ulug' zotlarning odati bo'lgan" deb o'rgating. Ahir bizdan ham yaxshilik qolsin)

6 months, 1 week ago

Yaxshilarning imtihoni oson bo'lsaydi Alloh taoloning Rasuli sollallohu alayhi vasallam bu qadar musibatlanmas edilar. Buni yodingizda saqlang.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago