?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago
Звук свободы (Sound of Freedom, 2023) filmi real voqealarga asoslangan bo'lib, bolalar va odam savdosi qurbonlarini qutqarish uchun safarbar etilgan agent haqida. Rejissyor Alexandro Gomes Monteverde, bosh rolda Jeyms Kevizel. Ichki Xavfsizlik xizmati agenti Tim Ballard bolalar pornografiyasini tarqatish bilan shug'ullangan guruh bilan kurashadi va jinoyat tadbirlaridan birida jinoyatchi (pedofil) ni qo'lga oladi. U orqali esa bolalar savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoyatchilarni izidan tushadi. Jinoyatchilar AQSh dan tashqarida ekanligini aniqlagandan so'ng, ular ortidan borishga va jinoiy ishlariga chek qo'yishga qaror qiladi.
Звук свободы loyihasini suratga olish ishlari 2018-yilda yakunlanadi va filmni tarqatish bilan 20th Century Fox shug'ullanishi kerak edi. Ammo Disney kompaniyani sotib olgandan keyin jarayon to'xtab qoladi. Keyinchalik prodyusser Eduardo Verastegi film huquqlarini sotib oldi va yangi distribyutor topdi.
Shimoliy Amerikada kassa tushumlari yuqori bo'ldi, tomoshabinlar e'tirofiga ham sazovor bo'ldi. Katta ekranlarga chiqishini esa Donald Tramp va Ilon Mask qo'llab-quvvatlashdi. Eng e'tiborlisi, yosh aktyorlar ijrosidir.
Come back!
Umuman olganda, komiks filmlar haqida yozishdan biroz yiroqda yurishga harakat qilamiz. Ammo Marvelning marketing tuzog'iga tushganimizni va kanal faoliyatida ancha tanaffus bo'lganini inobatga olib, "Дэдпул и Росомаха" filmiga spoylerlarsiz nimadir yozishga ahd qildim. Balki bu huvillab qolgan kanalni yana jonlantirishga turtki bo'lar.
Har doim bir gapni takrorlaymiz: imkoni boricha barcha yangi chiqayotgan filmlarni kinoteatrda ko'ring, irodangiz sustlik qilib TS formatdagisini ko'rib qo'ymang. Bu ham siz uchun ham kino ijodkorlar uchun hurmat belgisidir. Ha, ha, aynan o'zini hurmat qilgan har qanday "kinoman" har bir premyerani kinoteatrda ko'radi. Tarmoqlarda esa allaqachon filmning TS formati tarqashga ulgurdi.
"Дэдпул и Росомаха" - kutilmagan kameolar, qora yumor, vizual effektlar, jang sahnalari va albatta, Dedpul va Rosomaxa muxlislari uchun maxsus ishlangan filmdir. Lekin oshib borsa, ikki marta ko'riladigan kino bo'libdi. Ayrimlar "tobora cho'kib borayotgan Marvelning qutqaruvchisi" deb atashdi, ayrimlar esa kompaniyaning avvalgi shon-shuhratini qaytaradigan durdona asarni umid qilishgandi, afsuski, bunday bo'lib chiqmadi. Bu shunchaki navbatdagi biznes loyiha. Ushbu fikrlar filmni ko'rmaslikka to'sqinlik qilmaydi, degan umiddaman.
(c)
Джентльмены (2024)
Rejissyor Gay Richining 2019-yildagi “Джентльмены” filmi juda katta mashhurlikka erishdi. 2020-yilning o’zidayoq, Netflix rejissyor bilan mazkur film asosida mini-serial ishlash bo’yicha kelishuvga erishadi. 2024-yil mart oyida premyera bo’lgan serial, kutilganidek, muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. G’oya va ssenariy muallifi Gay Richi, shu bilan bir qatorda bir nechta qismiga ham shaxsan o’zi rejissyorlik qiladi.
Film voqealari BMTning tinchlikparvar kuchlarida kapitan lavozimida xizmat qiluvchi Eddi Xolsted otasi bilan vidolashuv uchun uyga qaytishi bilan boshlanadi. Vafot etgan Gersokbarcha boyliklarini to’ng’ich o’g’il Freddiga emas, balki kenja Eddiga qoldiradi. Bu tanlov hammani dovdiratib qo’yadi, akasini mafiyalardan katta miqdorda qarzi borligini bilib uni hal qilish arafasida otasi aslida narkotika yetishtiruvchi firma bilan hamkorligini bilib qoladi. U bu jinoyat olamidan to’liq chiqib ketishni xohlaydi, lekin bu unchalik oson emas, birinchi muammolarni hal qilish kerak.
Serial tempi juda yuqori, keskinlik 1 daqiqaga ham yo'qolmaydi. Doimgidek, Richi uslubidagi syujet, operator ishi va montaj bir-biriga mutlaq bog’langan. Voqealar ketma-ketligi tomoshabinni umuman zeriktirmaydi. Kriminal, trilller, drama va qora yumorni o’zida jamlagan voqealar to'xtovsiz darajada yuqorilab boradi.
P/S Mafiyalar orasidagi shafqatsiz o’zbek bokschisi ishtirokidagi sahnalar bizning tomoshabinlarni anchagina qiziqtirishi turgan gap.
11.22.63 (2016)
Tasavvur qiling, 1963-yilda AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedy o’ldirilmaganida jahon siyosatida qanday o’zgarishlar bo’lgan bo’lar edi. Tahminlarimiz va variantlarimiz ko’p, lekin ularning hammasi taxmin, xolos. Balki prezident o’limi dunyo siyosati uchun manfaatli bo’lgandir, balki Kennedy dunyo siyosatini hozirgidanda yaxshiroq qilar edi… Taxminlar ko’p.
Mashhur yozuvchi Stiven King "11.22.63" asarida yuqoridagi savolga javob topishga harakat qiladi. 2016-yilda mazkur asar asosida mini-serial yaratiladi. Ingliz tili o’qituvchisi bo’lgan bosh qahramon (Jeyms Franko) 60-yillarga o’tmishga qaytib qoladi va o’tmishni o’zgartirishga harakat qiladi. Lekin hammasi u darajada oson emas, o’tmishni shunchaki o’zgartirib bo’lmaydi. O’zgartirilsa ham oqibatlariga rozi bo’lishga to’g’ri keladi.
Biroz fantastika yana detektiv, melodrama va kriminal janrlarni o’zida jamlagan serial popkorn ovolib qanaqa serial ko’rsam ekan, deganlar uchun yaxshi taklif. Yaxshi aktyorlar jamoasi va afsonaviy Stiven King asari asosidagi sifatli mini-serial. O’tmishga qaytishni, u yerda turli sarguzashtlarni boshdan kechirishni kim ham xohlamaydi deysiz.
27-mart 1963-yil rejissyor, ssenarist va aktyor Kventin Tarantino tavallud topgan.
Killian Myorfi Tomas Shelbiy roliga qaytadi. Bu haqida rejissyor Stiven Nayt xabar qildi.
?"Острые козырьки" filmining suratga olish ishlari shu yilning sentyabr oyida boshlanadi
So'ngi tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Aaron Teylor-Jonson yangi 007 (Jeyms Bond) bo'lishi kutilmoqda.
Aktyor bizga "Быстрее пули", "Довод" va "Мстители: Эра Альтрона" kabi filmlardagi rollari bilan tanish.
Ivan Vasilevich kasbini o'zgartirgan(mi)?!
“Ivan Vasilevich kasbini o’zgartiradi” - SSSR hukumati va tuzumini orginal usulda tanqid qilgan. Davlat uchun ham Xalq uchun ham ideal film. Davlatni xalqqa yetkazmoqchi bo’lgan messenjlarini yetkazish bilan birgalikda xalqni qiynayotgan muammolarni ham ko’tarib chiqadi. Amaldagi hukumatni satira orqali tanqid qilib, tuzumda oddiy "гражданин" qanday yashashi va o’ylashi kerak ekanligini ham ko’rsatadi. Aks holda “Seni ham davolashadi” usulida ish ko’rilishi mumkinligini bildirib, chegaradan chiqmasdan, oddiy "гражданин" bo’lib, hazillashib ham chinovniklar ishlariga aralashmaslik uqtiriladi.
Masalan, filmdagi “Aqchangizni omonat kassalarida saqlang” iborasi, qancha pulingiz bo’lsa ham davlatni cho’ntagida turishi kerak, agar uyga 20 xil seyf qilib yashirsangiz ham “o’g’ri” urushi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri kameraga qarab aytilgan ibora orqali fuqarolarga nima qilishlarini uqtiradi va bu kabi lavhalar filmda juda ko’p. Yana bir suhbatda:
- Nega ajrashyapsiz?
- Ivan Vasilevich, bu meni shaxsiy muammolarim, nega aralashyapsiz?
- Adashasiz azizim, bu jamiyatimiz muammosi.
Shaxsiy hayot bo’lishi mumkin ham emas, siz davlatga mutlaq bog’liqsiz. Shaxsiy hayot tushunchasi sovet tuzumida umuman bo’lmaganligiga, shu kabi juda ko’p misollar keltiriladi. Albatta, ba’zi lavhalar va gaplar hukumat tomonidan buyurtma bo’lishi yoki shunchaki rejissyorni qiynagan umumiy muammolar fonida yaratilgan bo’lishi ham mumkin. Lekin hozirgi holatimizdan ko’rishimiz mumkinki, bu lavha va iboralarda juda ko’p targ’ibot va umumiy munosabatlar bo’lgan.
Davrlar aro sayohat qildiruvchi “Vaqt mashinasi”: bu hukumat eshiklarini oddiy xalqqa ochib beruvchi uskuna, ya’ni, Ivan Grozniy davri bu hukumatning ichki ko’rinishi edi. Saroydagi odatlar va boshqaruv tuzumi bu SSSR hukumatiga qiyosan qilingan va Ivan Vasilevich shoh bo’lgandan so’ng chiqaradigan qarorlari, o’zini tutishi bu yaqin davrlardagi hukumat rahbarlarining harakatlarini takrorlaydi, yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, o’sha davrdagi SSSR rahbarlarini.
Film 70-yillarda ekran yuzini ko’rgan va bu davrda Brejnev boshqaruv davri hisoblangan. Rejissyorlar katta ehtimol Brejnev harakatlarini Vasilevich misolida tasvirlashgan. Sodda, biroz ahmoq, lekin kuyunchang, ichkilik va qizlarga “suyagi yo'q” qilib tasvirlanadi. Ijodkorlar Vasilevich qarorlarini qay darajada ahmoqona ko’rsatishi hukumat rahbari qahrorlariga shu darajada etiroz bildirayotgani edi. Qaror chiqarayotgan insonlar xuddi umuman shoh emas, yoki soxta, va yoki umuman, shohlikka munosib bolmagan insonlar tomonidan chiqarilayotganiga qiyoslanadi.
Xuddi shunday, Grozniyni oddiy hayotga tushib qolishi va uni hayratlari ham, tepadagilarga oddiy xalq hayot tarzi shu darajada begona va xabarsiz ekanliklarini bildirar edi.
Samimiy, komedik va qiziqarli syujetli film, aslida boshidan oxirigacha siyosiy unsurlar bilan to’la. Bunaqa fantaziya qilib, voqealarni bu ketma-ketlikda joylashtirish, qiyosiy so’zlarni topish va qahramonlar xarakterli obrazi orqali so’zlash uchun fantaziyaning eng yuqori darajasiga chiqish kerak. Eng kamida Gaydaydek fikrlash kerak.
Qisqacha aytadigan bo’lsam, SSSRning senzuralash siyosatining qora ro’yxatiga asosiy nomzod bo’lgan film. Olqishlangan holatda ekranlarga chiqarib yuborilgan. Albatta bunga Gaydayning topilmalari ham katta rol o’ynagan.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago