?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
️🔥Yaxshi taklif:
🔥Premium kanalga qabul boshlandi
️ 🔥Premium - kuniga 2 tadan ortiq maket paketi (Brend pack)
🔥️Premium kanal $12
(Umrbod kanalda qolish huquqi
Kanalga ulanish uchun: https://t.me/+O9EkwA9dgJkyYmFi
To‘lov va savollar uchun: @mirzaraimovotabek
Grafik dizaynda erkinlik — ijodkorlikning asosi.
Zamonaviy ish muhitida grafik dizaynerlar uchun erkinlik masalasi dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, yirik kompaniyalarda bu muammo yanada chuqurroq seziladi. Dizaynerning ijodiy erkinligi ko'pincha boshqa bo'limlar va rahbarlarning noto'g'ri yondashuvlari tufayli cheklanadi. Bu holat nafaqat dizaynerlarning ish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi, balki kompaniyaning umumiy samaradorligini ham pasaytiradi. Keling, bu muammoni batafsil ko'rib chiqamiz.
Grafik dizayner erkinligining ahamiyati.
Grafik dizayn ijodkorlikni talab qiladigan soha. Ijodkorlik esa faqat erkinlik bor joyda rivojlanadi. Dizaynerlar o'z g'oyalarini bemalol ifoda etishi, yangi usullarni sinab ko'rishi va tajriba o'tkazishi uchun ularga ma'lum darajada mustaqillik kerak.
Biroq, ko'p hollarda dizaynerning ijodkorligi turli cheklovlarga duch keladi. Masalan:
- Boshqa bo'limlarning aralashuvi: boshqa har qanday bo'lim vakillari dizaynga mutaxassis bo'lmasalar ham, o'z fikrlarini bildirishadi va ko'pincha dizaynerni qoidalarga bo'ysundirishga harakat qilishadi.
- Dizayn jamoasining mustaqil emasligi: Dizaynerlar bevosita boshqaruv tizimiga bo'ysunadi va ko'pincha qaror qabul qilishda o'z fikrini ifoda eta olmaydi.
- Qat'iy cheklovlar va formalizm: Dizayn jarayonida qo'llaniladigan qoidalar ijodkorlikni chegaralab, bir xil, zerikarli natijalar berishi mumkin.
Xatolik sabablari.
Bunday holatlarning yuzaga kelishiga bir nechta sabablar bor:
Dizayn sohasi haqidagi noto'g'ri tushuncha. Ko'pchilik dizaynni faqat estetik jihatdan go'zal natija yaratish deb biladi. Biroq dizayn bu faqat go'zallik emas, balki maqsadli auditoriyaga ta'sir qilish vositasi.
Ijodiy jarayonga hurmatning yetishmasligi. Ba'zi rahbarlar dizaynerning ishiga faqat texnik vazifa sifatida qaraydi va jarayonga aralashishni o'zlarining haqqi deb bilishadi.
Jamoada chegaralarning yo'qligi. Kompaniyada har bir bo'lim o'z vazifalari va chegaralariga ega bo'lishi lozim. Bunga ko'ra dizayn bo'limi ham alohida o'zi mustaqil bo'lishi va jarayonlarini o'zlari hal qilishlari kerak.
Yechimlar va tavsiyalar
Dizayn sohasida ijodiy erkinlikni ta'minlash uchun quyidagi choralar ko'rilishi kerak:
Dizayn jamoasining erkinligini ta'minlash.
Dizayn jamoasi alohida bo'lim sifatida tashkil etilishi va o'z faoliyatida mustaqil bo'lishi lozim. Dizayn bo'limi rahbari dizaynerlarning ijodiy jarayonlarini boshqarishi va umumiy boshqaruv bilan o'zaro aloqani ta'minlashi kerak.
Dizaynerlarga ishonch bildirish
Har bir dizayner o'z sohasida mutaxassisdir. Ularning qarorlariga va ijodiy tanlovlariga hurmat bilan yondashish kompaniya madaniyatining muhim qismiga aylanishi zarur.
Tushunchani oshirish.
Kompaniya xodimlariga dizaynning mohiyati va uning biznesdagi ahamiyati haqida tushuncha berish kerak. Bu boshqa bo'lim xodimlarining dizaynga aralashuvini kamaytiradi.
Qoidalardan ijodga o'tish
Dizayn jarayonida qat'iy qoidalar qo'yishdan ko'ra, erkinlik va ijodkorlikni qo'llab-quvvatlash muhimdir. Texnik talablar minimal darajada bo'lishi va dizaynerga tajriba o'tkazish imkoniyati berilishi lozim.
Xulosa.
Grafik dizayn nafaqat chiroyli ko'rinish, balki biznes maqsadlariga xizmat qiladigan kuchli vositadir. Ammo bu vosita faqat erkinlik va ijodkorlik orqali samarali ishlaydi. Kompaniyalar dizayn jamoalarini mustaqil qilib, ularning ishiga bo'lgan hurmatni oshirish orqali yanada yuqori natijalarga erishishi mumkin. Dizaynerning ijodiy erkinligi nafaqat uning ish sifatini, balki kompaniyaning umumiy muvaffaqiyatini ham belgilaydi.
Shaharing dizayn kodi ishlab chiqildi. Har bir dizayner tanishib chiqishi kerak bo'lgan ma'lumot!
Hamkasblar orasidagi tanqid yoki fikrlarni sizni ko'zingizga asossizdek ko'rinsa ham to'g'ri qabul qilishni o'rganish kerak. Ayniqsa sohani sizdan oldinroq yoki birga boshlagan hamkasblar fikri uchun doim ochiq bo'lishga harakat qiling. Ishingizga nisbatan aytilgan har qanday izohlar uchun yopilib olib, nima to'g'ri ekanini o'zim bilaman deyish muloqot maydonida ham, kasbiy rivojlanishda ham sizni jarga yetaklaydi. Tanqidni qabul qilish nafs uchun og'ir, ba'zida kibr yo'l qo'ymaydi, lekin bu faqat zararga ishlaydi. Balki qarshingizdagi odam fikrini biroz qo'pol yoki noto'g'ri aytgandir, lekin siz undan kerakli jihatlarini olishga intiling, tanqidiy fikrlash orqali tahlil qilishga harakat qiling. Bizda aynan shu jihatdan rivojlanish biroz sust. Sog'lom munosabat va bahsni yo'lga qo'yish kerak.
Yaxshi taklif (maosh + kelishuv) = yaxshi mutaxassis = yaxshi natija
O'rtacha taklif = o'rtacha mutaxassis = o'rta natija
Kulguli taklif = shunga yarasha mutaxassis = 0 natija
Bir joyni bilaman, anchadan beri yaxshi smm mutaxassis qidirishadi. Lekin takliflari qorovulni oyligi darajasida. Nahotki oddiy prinsipni tushunish qiyin bo'lsa. Yaxshi darajadagi mutaxassis vaqti va resursini arzimagan maosh uchun sarflagisi keladimi? Albatta yo'q. Balki bizda bu ish o'rinlarini asl mohiyati va biznesni rivojlanishidagi o'rnini to'liq his qilmasliklarida bo'lsa kerak.
Dizayn sohasi ham xuddi shuni o'zi. Yaxshiroq taklifdan qochib, boshlang'ich darajadagi kadrlarni qisqa vaqt ishlatib, almashtirib yuraverishadi. Lekin statistikani qaralsa ish o'rni va ish qidiruvchilar juda ko'p. Ular bir-birini tushunmayotganlari sababidan ham bu raqamlar oshib boraveradi.
Oxirgi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda dizaynerlar «Brandbook» deb mijozga sotayotgan «Mini Guide» yoki «Mockupbook»larga ko‘p duch kelmoqdaman.
U «Brandbook» tarkibi taxminan quyidagi holarda bo‘ladi:
logotip, uning versiyalari (agar bo‘lsa), ranglar, garnitura nomi va 10-15 ta template mockular.
Nega template deyapman, sohaga mos kelsa-kelmasa ishlatilinadigan doimiy mockuplarni nazarda tutyapman.
Shuning uchun ayrim dizaynerlardan iltimos qilaman, bunday qilib o‘zingizni aldashingiz mumkin, lekin mijozni aldamang. Mijozga Brandbook deb «Mockupbook» sotmang.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 5 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago