Abror Tuymuradov

Description
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay!

http://myurls.co/abrorphy

Contact: [email protected]
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

2 months ago

Kuchli mutaxassislarni ishga yollash

Birinchi marta Singapurga borganinda 10 kunlik ilmiy safar bilan borgandim va u yerdagi professor bilan birinchi marta ko'rishayotgandim. 2-3kun ilm qilganimizdan keyin, menga u qanday qilib NUSga ishga kelganini aytgandi. Aytishi bo'yicha uni avvalo ilmiy tashrif buyurishi uchun taklif qilishgan va shu tashrifi davomida uni eng zo'r joydagi mehmonxonalarga qo'yib, judaham yuqori mulozamat bilan uni ko'ngliga qarashgan ekan va oxirida juda katta maosh bilan ishga taklif qilishgan ekan. Ya'ni kuchli universitetlar kuchli mutaxassislarni ishga yollash uchun aynan shunga o'xshash qadamlar bosar ekan. Shu professor Singapurga tashrifim oxirgi kunlarida menga ham ajoyib muomala qildi Singapurni zo'r joylarini ko'rsatishga harakat qildi, zo'r restorantlarga olib bordi va oxir oqibat Singapurga ishga taklif qildi.

Hozir Xitoyning Shenzhen shahriga ilmiy safar bilan kelganman. Bu yerda ham safarim boshidan buyon ajoyib muomala va mulozamat ko'rdim va oxirida shu yerga kelishimni taklif qilishdi.

Demak sizga zo'r mutaxasis kerak bo'lsa aynan shunday muomala bilan ishga taklif qilsangiz katta ehtimol bilan keladi. Siz bu uchun aqlli ishga yollashni bilishingiz kerak.

Meni O'zbekistondagi asosiy ish joyim Matematika Instituti va u yerda hammasi ajoyib yo'lga qo'yilgan. 2-ish joyim O'zMUda esa 2 oydan buyon maoshimni berishmadi. Sizni sistemaga kiritolmayapmiz deb ancha yugurtirishdi(juda yoqimsiz holat). Vaholanki keyin aniqlashimiz bo'yicha buni amalga oshirish 3 daqiqa vaqt olarkan.

Kuchli universitet bo'lishning asosiy shartlaridan biri kuchli mutaxassislarga ega bo'lish. Kuchli mutaxassislarni yollay olganlar va ularni saqlay olganlargina o'sadi aks holda hech nimaga erisholmaydi va asta sekin cho'kadi.

@karimraximov

2 months ago

Oddiy bir qoida bor:

Doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday vazifa va jamoada imkon qadar sidqidildan ishlashga intiling. Zimmangizdagi [ma'noli] har bir ishga o‘zingizni butunlay bag‘ishlang va yaxshiroq bajarish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.

Har bir jamoa a’zosini hurmat qiling, ularning mehnatini qadrlang hamda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yarating. Odamlar birgalikda hamfikr bo‘lib ishlagan jamoa mustahkam va samaraliroq bo'ladi. Bu sifatli ishingiz va jamoaga sodiqligingiz sizga kelajakda muhim imkoniyatlarga yo‘l ochadi.

P.S.: Bu o'z-o'zidan qoniqish va mamnuniyat hissini ham beradi.

@dilmurod_tuymurodov

3 months, 3 weeks ago
**Университетлар давлатникими?**

Университетлар давлатникими?

Математик профессор Эркинжон ака Каримов Кун.уздаги мақоласида муҳим мавзуни кўтарибди. Ўзим ҳам шу соҳада ишлаганим учун, мулоҳазаларимни ёзиб кетсам.

Мақолани ўқиш давомида илк ўйлаган нарсам: ўзбек тилида "public" тушунчасининг тўғри таржимаси ё йўқ, ё мен билмайман. "Хусусий эмас, жамоатга оид" деб таржима қилса бўлар, аммо аниқ маъноси таржимада бироз йўқоладигандек. Тилшуносларимиз хафа бўлишмасин, аммо бу сўзнинг мени қониқтирадиган ўзбекча муқобилини тополмаганим учун, бу ерда вақтинча инглизчасини ишлатиб тураман.

Аслида public тушунчасини тўлиқ илғаш учун луғатдан кўра сиёсий фалсафа дарслигини очиш керак. Унинг устига, сўзнинг ишлатилиш контекстини ҳам ҳисобга олиш керак. Public сўзининг "давлатга тегишли" деган маъноси бор, аммо бу жуда тор маъноларидан биргинасидир. Ундаги "давлат" Веберча "белгиловчи ва жазоловчи" институтдан кўра кўпроқ "жамоатга, халққа тегишли нарсаларни идора қилувчи" институт сифатида тушунилгани яхши. Чунки давлатнинг ўз мулки бўлмайди—давлат мамлакатнинг бойликлари ва фуқароларнинг мулкларини идора қилади холос.

Эркинжон Каримов мақоласида ҳам кўрганимиз "ОТМ давлатники" деган тушунча бизда кенг тарқалган. Аммо, масалан, Британия олий таълим тизимида университетлар жамоавий институтлардир, чунки бу ерда аксар университетлар public ташкилотлардир. Оксфордиям, Кембрижиям, мен ишлайдиган Шарқий Англия ҳам public университетлардир. Хусусий университетларни бир қўлнинг бармоғида санаса бўлади, улар ҳақида кўпчилик эшитмаган ҳам.

Буни мисолларда яхшироқ тушунтириш мумкиндир. Университетлар давлатдан маблағ олади, аммо фойда кўришни мақсад қилмайди. Уларнинг асосий вазифаси—жамоат ва жамият учун хизмат қилиш, илм тарқатиш ва тадқиқотлар ёрдамида тараққиётга ҳисса қўшишдир. Бу гаплар бироз идеалистроқ эшитилар, кимгадир эриш ҳам туюлар. Аммо университетларсиз жамиятда бу функцияни бажарадиган, уларнинг ўрнини босадиган бошқа институт йўқ.

Бошқачароқ айтганда, университетлар жамиятни бошқаришга уринмайди, аммо бошқарувчилар ва келажак авлодлар учун билим ва тажриба банки сифатида хизмат қилади. Бу жамият учун ҳам, давлат учун ҳам ўта муҳим вазифалардир. Қизиғи, бу вазифани дунёнинг энг олдида турадиган хусусий университетлар—Ҳарвард, Принстон, Йейл—ҳам бажаришади. Қайсидир маънода давлат ё штатнинг қўлига қараб турадиган public университетлардан яхшироқ ҳам бажаришади.

Бу вазифаларни тўғри бажара олиши учун университетларга эркинликлар берилган. Буларнинг энг муҳими ўзини-ўзини бошқариш ҳуқуқидир (камида, идеалда шундай бўлиши керак—истиснолар охирги абзацда ёзаман). Университетлар, бироз содда қилиб айтганда, демократик йўл билан бошқариладиган олимлар жамиятидир.

Бу олимлар раҳбарларини ўзлари сайлайди ва муҳим қарорларни биргаликда қабул қилади. Бу тизим замонавий (янги даврдаги) давлатлар шаклланишидан, ҳатто биринчи парламентлар ва ижрочи ҳукуматлар яралишидан олдин ишлаб чиқилган. Қайсидир маънода, университетлар демократик тузумларнинг бошида туради, деса бўлади. Университет ходимлари ҳам, ойлигини давлатдан оладими, ё хусусий даргоҳда ишлайдими, кўп жойларда жамоат хизматчилари (public servant), жамоатга оид инсонлар сифатида кўрилади.

Университетга берилган эркинлик ортидаги муҳим сабаб—академик эркинликсиз янги ечимлар ишлаб чиқиш имконсиз. Мутахассисга ишлаш эркинлиги бериш керак, чунки барча топшириқлар юқоридан келадиган жойда ўсиш бўлмайди.

Айни пайтда, Британияда ҳам университетларнинг охирги йилларда қийин молиявий аҳволга тушиб қолиши натижасида бошқарувчиларнинг кучи ортиб, профессорларнинг мавқеига бироз путур етмоқда. Университетлар ишчи ўринларини кесишга мажбур бўлган шароитда, эркинлик афсуски иккинчи даражага ўтиб қолади.

Олий таълим, Япония, Англия, университетлар, саёҳатлар ва бошқа мавзулардаги кундалик ёзувларим сизга қизиқарли ва фойдали бўлса, каналга ёзилинг ва бу мавзуларга қизиқадиган дўсту яқинларингизга ҳам юборинг 😊**

@profsherzod

4 months ago

Hech nima davlatni ilmchalik rivojlantirmaydi va dunyoga tanitmaydi.

Qochirimni yaxshi koradigan rivojlangan davlatdagi bir odamdan sorashdi, sizlar bu rivojlanishga qanday erishdingiz? U javob berdi:
-biz bu holatga kelish uchun sportga katta mablagajratdik, shunga parallel ravishda ilmga sportchalik e'tibor qaratmadik, jamiyatga sport ortidan boyib ketilishini propoganda qildik, hatto utyukni tokka tiqqanda ham sportchilar chiqib aqllilik qilib ilm bilan sportni solishtirib ilm qilish sportdan oson ekanligini aytaverdi. Shunda xalq ichida kuchli sportchilar kopaydi. Bu ishlarni va sportni kuchini qarangki bu sportchilar bir joyga yigilib har xil ixtirolar qilib boshlashdi, ular atom bombasi yaratdi, robortlar yaratishdi, uchuvchisiz uchuvchi uchoqlar yaratishdi va hokazo. Shular ortidan davlatimiz juda boyib ketdi, mana ozim ham millionerman. Gapirsam gap kop lekin hozir universitetda matematikadan darsim bor shunga bormasam bolmaydi, sizlar esa men aytgan yoldan boravinglar hammasi zor bo`lib ketadi.

Bu gaplarim bilan hech nima demoqchi emasman!

Mayli aytmoqchiman: sportga e'tibor beraverish kerak lekin hamma narsa ilmga bolgan katta e'tibordan keyin bolishi kerak.

@karimraximov

4 months, 1 week ago

Oxirgi ikki kun davomida TU Dresden AKR-2 o‘quv reaktorida bir qator muhim mashg‘ulotlarni o‘tkazdik. Biz boshqaruvchi tayoqlarni kalibrlash va noma'lum namunani reaktivligini o‘lchadik. Ushbu eksperiment davomida xavfsizlikni ta’minlash uchun reaktor binosida, uning atrofida va tepasida gamma va neytron detektorlari yordamida radiatsion dozani nazorat qildik.

Shuningdek, markaziy kanaldagi reaktor aktiv zona ichida kadmiy namunasi pozitsiyasini o‘zgartirib quvvatni boshqarish mashqini bajardik. Ushbu mashq bizga turli namuna joylashuvlarining reaktor parametrlariga qanday ta’sir qilishini tushuntiradi.

Avvalroq biz reaktorni kritik holatga yaqinlashish bo‘yicha mashq o‘tkazdik. Bunda reaktor ichida va atrofida joylashtirilgan fission kameralar va BF3 detektorlari kabi turli detektorlardan foydalandik. Reaktivlik, ko‘paytirish faktori va subkritik kuchaytirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirdik, bu esa reaktorning kritik holatga qanchalik yaqin ekanligini tushunish va xavfsiz boshqarish uchun juda muhimdir.

@dilmurod_tuymurodov

9 months, 1 week ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago