Muratov universiteti

Description
Oliy ta'lim haqida fikrlar
Ilm-fan bo'yicha tavsiyalar
Ma'ruza va suhbatlar: https://www.youtube.com/channel/UCs1PykxGCtWI_g1hwSFNtoQ
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago

Yaqinda 90 yilligini nishonlagan Britaniya Kengashi (British Council) yuz yoshga yetib bormasligi mumkin.

Kengash direktorining so’zlariga ko’ra, Kovid paytida olingan 200 million funt qarz bosh og’riq bo’lmoqda. Sababi qarzni foiz stavkalari bilan har yili yangilash kerak. Hozirga kelib tashkilot 250 million funt byudjet qisqarishlarini o’ylay boshladi. Bu degani dunyo bo’ylab mavjud 100 ga yaqin vakolatxonalarining 30-40 tasi yopilishi mumkin.
Shuningdek, tashkilotga mashhur rassomlar tadqim etgan san’at asarlari ham sotilishi mumkin.
Muammoni hal etish uchun tashkilot davlatdan yordam kutmoqda. Qarzni uzoqroq muddatga pasroq stavkalarda rasmiylashtirishni so’ramoqda.

Ingliz tili hamda madaniyatini yoyishda, yumshoq kuch va diplomatiyada ushbu tashkilotning o’rni beqiyos bo’lgan. Direktorning havotiricha, ular yopilgan mamlakatlarda Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlarning madaniy ta’siri oshishiga yo’l ochilishi mumkin.

O’zimdan.
Sal avval tashkilotning shunday muammolar sabab Hindistondagi IELTS biznesini sotgani haqida ham o’qigan edim. Moliyaviy barqarorlik uchun bu ham yetmagan ekan.
Bizdagi Britaniya Kengashi va unga tegishli IELTS biznesi uzoqqa borarmikan?

1 month ago

Neoliberal islohotlar:
- Oliy ta’limdagi neoliberal islohotlar, jumladan bozorlashtirish va xususiylashtirishga urg‘u berish, nasroniylik mafkurasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Neoliberalizmning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kapitalizm nasroniylar tomonidan va nasroniylar uchun ishlab chiqilgan, uning tarqalishi nasroniylik mustamlakachilik loyihasi bilan uzviy bog‘liqdir.

Xulosa va yechim sifatida nasroniylikni markazdan uzoqlashtirish taklif etiladi:
- Maqolada ko‘proq xilma-xil muloqotni ta’minlash uchun jahon oliy ta’limida nasroniylik me’yorlarini tan olish va o’z nomi bilan atash zarurligi ta’kidlanadi. Turli bilim tizimlarining diniy ildizlarini tan olish hamda fan, til va o‘quv dasturlarida xilma-xillikni qabul qilish orqali g‘arb/nasroniylik madaniy dunyoqarashini markazdan uzoqlashtirish taklif etiladi.

1 month ago

Jahon oliy ta’lim siyosati va amaliyotida nasroniylik me’yorlari

Yaponiyada faoliyat olib boruvchi, asli tub Amerikalik bo’lgan olima Sachi Edvardsning ushbu maqolasi nasroniylik dini me’yorlarining jahon oliy ta’lim siyosati va amaliyotiga davom etayotgan ta’sirini o‘rganadi. Jahon oliy ta’lim tendensiyalari dunyoviy (sekulyar) ekanligi haqidagi keng tarqalgan fikrga qaramay, muallif ko‘plab jarayonlarga nasroniylik chuqur singib ketganligini va bu holat mobillik dasturlari, neoliberal islohotlar, jahon universitetlari reytinglari va liberal ta’lim kabi siyosatlarning asosini shakllantirayotganini ta’kidlaydi.

Asosiy jihatlar:

Oliy ta’limda nasroniylik me’yorlari:
- Yevropa va AQShda oliy ta’lim dastlab ruhoniylarni tayyorlash va nasroniylikni targ‘ib qilish uchun tashkil etilgan. Ko‘plab universitetlar rasman nasroniy cherkovlaridan ajralib chiqqan bo‘lsa-da, ularning nasroniylik merosi o‘quv dasturlari, akkreditatsiya standartlari, akademik taqvimlar va infratuzilmada saqlanib qolgan.
- Yevro-nasroniylik onto-epistemik (borliq va bilim) tizimlarning dunyoviylashuvi nasroniylik g‘oyalari va amaliyotlarini me’yorlashtirib, ularni ommaviy va betaraf ko‘rinishga keltirgan.

Xalqarolashuv va G‘arblashuv:
- Oliy ta’limning xalqarolashuvi ko‘pincha zamonaviy, rivojlangan ta’lim tizimlarining andozasi sifatida qaralayotgan G‘arb (nasroniylik) modellarining tarqalishiga olib kelmoqda.
- Nasroniylik me’yorlarining dunyo bo‘ylab tarqalishiga nasroniylik tafakkuriga asoslangan individualizm, ratsionalizm, universalizm kabi G‘arb madaniy qarashlarining me’yorlashuvi ko‘maklashmoqda.

Mobillik va nasroniylik ta’siri:
- Talabalar va professor-o‘qituvchilar mobilligi, xalqarolashuvning muhim jihati bo’lib, tarixiy ildizlari diniy ta’lim va missionerlik faoliyatiga borib taqaladi. Bugungi kunda nasroniylik tashkilotlari hamon chet elda o‘qish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynamoqda.
- Nasroniylik an’analariga asoslangan nasroniylik akademik taqvimi va milliy-davlat chegaralari tushunchasi, ikkalasi ham jahon miqyosida, ko‘pincha nasroniy bo’lmagan an’analar va davlatchilikning muqobil tushunchalari hisobiga me’yorlashtirilmoqda.

Tadqiqot va bilim hukmronligi:
- Jahon oliy ta’limida yetakchilik qilayotgan g‘arb ilm-fani diniy-madaniy jihatdan betaraf emas. U yagona ommaviy haqiqat va chiziqli vaqt (ya’ni vaqt faqat bir tomonga yuradi)ga ishonish kabi nasroniylik haqiqat va bilim farazlari asosida shakllanadi.
- G‘arb fanining ustunligi mahalliy va g‘arbiy bo‘lmagan bilim tizimlarini chetga surib, epistemitsidga - bilishning boshqa usullarini yo‘q qilishga olib kelmoqda.

Jahon universitetlari reytinglari va standartlashtirilgan baholashlar:
- Jahon universitetlari reytinglari va standartlashtirilgan baholar – individualizm, raqobat va iyerarxiya kabi nasroniylik me’yoriy qarashlari ta’siridadir. Bu reytinglar doimiy ravishda birinchi o‘rinlarni egallab kelayotgan nasroniylik merosi institutlarining ustunligini mustahkamlamoqda.
- Standartlashtirilgan baholashlar tarixi nasroniylik boshqaruv tizimlari va evgenik ilm-faniga borib taqaladi, bu esa jahon oliy ta’limida nasroniylik me’yorlarini yanada chuqurroq singdirmoqda.

Ta’lim tili:
- Nasroniylik missionerlari tomonidan tarqatilgan mustamlaka tili - ingliz tili ko‘pincha xalqarolashuvning ommaviy tili sifatida qaralmoqda. Ingliz tilida o‘qitish madaniy nasroniylik dunyoqarashini me’yorlashtirmoqda, chunki ingliz tilida nasroniylik ilohiyoti va mafkurasi mujassamdir.

Liberal o‘quv dasturi:
- Umumjahon ahamiyatiga ega deb targ‘ib qilinayotgan liberal ta’lim nasroniylik ma’rifatparvarligining individualizm, ratsionalizm, universalizm kabi g‘oyalariga asoslangan. Bu g‘oyalar ko‘pincha madaniy jihatdan betaraf deb taqdim etiladi, bu esa ularning nasroniylik kelib chiqishini yashiradi va g‘arbiy bo‘lmagan ta’lim an’analarini chetga suradi.

4 months, 1 week ago
4 months, 1 week ago

Kaliforniya universiteti professori 6 ta mashhur ilmiy nashrlarni sudga berdi.

Elsevier, Wolters Kluwer, Wiley, Sage Publications, Taylor & Francis va Springer Nature monopoliya hamda tadqiqotlarga to’sqinlik qilishda ayblanmoqda.
Ushbu nashrlar STM nomli jamiyatga birlashib (“kartel” hosil qilib), o’zaro ilmiy taqriz (peer-review)ni tekin mehnatga aylantirish, bir paytda maqolani bir nechta jurnalga topshirishdan cheklash, hamda taqriz jarayonidagi maqolalarni bo’lishishdan to’sishga kelishib olganligi aytilmoqda.
Natijada taqriz juda uzoq jarayonga aylandi. Ilmiy yangiliklar ham ommaga sekin-kechikib tarqalmoqda.
Taqrizchilarga pul to’lamasdan xarajatlarni minimmallashtirgan ushbu nashriyotlarning o’tgan yilgi umumiy daromadi 10 mlrd $ bo’lgan. Sof foyda ulushi esa 35-38% atrofida bo’lgan.

4 months, 2 weeks ago

Xabarda yozilishicha 2 ta universitet rektorlari Nagoya universitetining Ta’lim va Inson Kapitali fakultetida masofaviy doktoranturada o’qishni boshlabdi. Ushbu rektorlar allaqachon PhD darajasini olishgan, xorijda o’qib-tajriba oshirishgan. Shunga qaramay yana bir doktorantura darajasi uchun harakatni boshlaganlari tahsinga loyiq.

Men bu holatni oliy ta’lim sohasida professionallashuvning boshlanishi deb bilaman. Sababi bizda ta’lim boshqaruvi bo’yicha ilmiy darajalar bo’lmagan, ko’pchilik boshqa sohalarda o’qigan-tadqiqot qilgan.

Hozirda bizda ham sekin-sekin ushbu yo’nalishda dasturlar ochilmoqda. Faqat men ularda 2 ta kamchilikni sezdim:
- Dasturlar juda umumiy va nazariy tuzilgan. Ya’ni ta’limning aynan bir bosqichi (bog’cha, maktab, universitet)ga urg’u berilmaydi, hamda berilgan fanlar soha uchun boshqaruvchilarni emas balki o’qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladiganday.
- O’qituvchilar boshqa sohalardan kelgan (biznes, tilshunoslik, pedagogika, v.b.). Ya’ni o’zlari o’qimagan sohani o’qitishga harakat qilishmoqda.

8 months, 1 week ago

3 oy avval chiqqan “O’zbekistonning transmilliy oliy ta’lim habiga aylanishi” mavzusidagi maqolamning o’zbek tilidagi qisqa tarjimasi “O’zbekistonda oliy ta’lim” jurnalida nashr etildi. Kimga qiziq bo’lsa, quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
https://edujournal.uz/wp-content/uploads/2024/06/Ozbekistonda-oliy-talim-2024-yil-1-soni.pdf

Meni xursand qilgani, maqoladagi ba’zi tanqidiy fikrlarni senzura qilishmagani bo’ldi. Endi vaqtga qarab shu jurnalga ham maqola topshirib turishga harakat qilaman.

9 months, 3 weeks ago

O’tgan hafta ohirida yuqoridagi rasm internetda aylandi. Hatto OAV saytlarimiz ham yozishdi. Unga ko’ra, 2021-yilda biz talaba eksport qilish bo’yicha dunyoda 5-o’rindagi mamlakat bo’lganmiz. 109 945 vatandoshimiz chet elda o’qishgan.

Ko’pchilik xursand bo’ldik. Bizdan shuncha odam chet elga o’qishga borgani albatta yaxshi. Buni natijasi yaqin kelajakda bilinadi. Faqat bu natija borilayotgan mamlakat va u yerdagi ta’lim sifatiga ham bog’liq.

Bu statistika mamlakatlar kesimini ko’rsatmagani uchun, kichik izlanish qilib ko’rdim.
Va 2021-2022 o’quv yili bo’yicha ba’zi davlatlarda quyidagi sonlarda talabalarimiz tahsil olishgan:

Rossiya 48671
Qozog'iston 14404
Qirg'iziston 38857
Tojikiston 4000*
Ukraina 1503

Boshqa davlatlarni hisobga olmay shularni o’zini qo’shib chiqsa, 107 mingdan oshmoqda. Ya’ni rasmdagi raqamga yaqin son. UNESCOni hisoblash metodi yoki mamlakatlarning ta’lim vazirliklari internetga chiqargan ma’lumotlarda biroz chalkashlik bordir balki.

Lekin bu chalkashlikdan qat’iy nazar, raqamlar shuni ko’rsatmoqdaki, bizning talabalar asosan Sobiq Sovet mamlakatlariga borishadi. 2021-2022-yildan keyingi yillar statistikasi ham Rossiya, Qirg’iziston, Tojikiston kabilarda talabalarimiz soni oshganini ko’rsatdi. Qozog’istonga kamaygan. Ukrainada esa urush boshlangan…

Rossiya, Qozog’iston, Ukrainada yaxshi universitetlar bor. Lekin Qirg’iziston va Tojikiston haqida unday deyishimiz qiyin bo’lsa kerak. Buni ustiga u yerdagi ko’pchilik 2-yildan Vatanimizga “perevod” qilishadi. Xususiy universitetlar sabab balki bu trend kamayar endi.

Shuningdek, boshqa ba’zi mamlakatlarni ham qarab ko’rdim (2021-2022):

AQSH 631
Malayziya 300*
Koreya 8608
B.Britaniya 629
Turkiya 3390

Ko’rib turganingizday rivojlangan davlatlarni hali yaxshi zabt etmadik. Faqat Koreya va Turkiya bundan mustasno. Ijobiy tomoni shundaki, 2021-2022dan keyingi yillarda ushbu 5 ta mamlakatga boradigan talabalarimiz soni salmoqli ravishda oshib borgan.

  • Tojikiston va Malayziya bo’yicha o’sha yil ma’lumoti chiqmadi, oldingi va keyingi yillar o’rtachasi olindi.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago