? O‘ZGACHA DUNYO ?

Description
? ADABIYOT YASHASA, MILLAT YASHAYDI!

✍️ Abdulhamid Cho‘lpon.

? Taqrizlar
? Tanqidlar
? Mushoira
? Yozarlar
? Mutolaalar
? Iqtiboslar

Bog‘lanish uchun:
@Ozgacha_dunyo_adminbot
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 year, 7 months ago

#Taqriz

"CHORSHANBA UCHUN KO'YLAK" hikoyasiga taqriz.

Ancha kundan beri hikoya o'qishga qunt qilmayotgan edim. Ammo "Chorshanba uchun ko'ylak" deb nomlangan ushbu hikoya meni o'ziga jalb qildi , chunki bu hikoyaning sarlavhasining o'zi  judayam o'zgacha va  shunchaki o'tkazib yuborishning ilojisi bo'lmadi va ilojisi yoq ham edi . Qandaydir o'zgacha uslubda yozilgan ushbu hikoya odamni magnit kabi o'ziga tortar va jalb qilar ekan. Tog'risini aytsam men borinchi marotaba Nodira opaning hikoyasini o'qiyapman va bu hikoya shu qadar o'zgacha uslubda yozilganki o'quvchini bitada o'ziga jalb qiladi shuning uchun ham men ushbu hikoyani o'qiganimdan so'ng Nodira opaning barcha hikoya va kitoblariga qiziqib qoldim.
     " Chorshanba uchun ko'ylak "  ushbu hikoya judayam g'ayrioddiy tarzda yozilgan. Men bu hikoyani o'qiyotganimda turk yozuvchilari qalamiga mansub deb o'yladim , lekin nima uchun bilmayman. Balki , so'ngi marotaba Mirach Chag'ri Oqtoshning kitobini o'qiganim uchundirmi . Balki, hikoyadagi qahramonlarning madaniyati turklarnikiga o'xshab ketgani uchunmi bilmadim. Bu hikoyadagi yana bir o'zgacha hususiyat shundaki, qahramonlarning ismlari yozilmagan . Bundan men shuni angladimki , hayotta hamma narsa bo'lishi mumkin. Hayotta ayol bilmasdan , netmasdan yomon yo'lga kirib qolishi , aldanishi va hatto  butun borligi'idan,  issiq to'shagidan voz kechib sevgisini topish uchun o'zga yurtlarga ketishi mumkin huddi hikoyadagi ayol kabi. Ha aytgancha meni yana bir narsa o'ylantirib qo'ydi, nima uchun erkak faqat sariq gulli ko'ylak kiygan ayollar bilan yuradi. Chorshanbani sevuvchi ayol doim sariq gulli libos kiyar va buni bilgan erkak har chorshanba uning qishlog'iga kelar , u bilan birga sayr qilar, tabiatdan rohatlanar edi. Va oradan qanchadir chorshanbalar o'tdi erkak kelmay qo'ydi , ayol ham buni sezdi , ko'ngli hijil bo'ldi. Va hamma narsa,  har doim  bir xil bo'lgan ko'ylakdaligini bildi va aynan chorshanba kuni o'z koylagini almashtirdi, erkak baribir kelmadi. So'ng u o'z sevgani uchun shaharga ham bordi u yerda esa battar qiynaldi ro'shnolik ko'rmadi o'z qishlogiga qaytayotayotib  sevganini uchratib baxtimga  erishdim deganida erakni sariq gulli ayol bilan ko'rib qoladi va o'sha ayol uning o'tmishi edi.
    Menimcha bu hikoyaning davomini biz hayotimizda  davom ettirishimiz kerakdir . Faqat ushbu hikoyaning ichiga o'zgartirishlar kiritib . Yomonliklarni yaxshilikka alishtirib.  Kutish va kutilishlarni yo'q qilib . Mening nazdimda dunyodagi eng qiyin ish bu kutish va qidirish deb o'ylayman.  To'g'ri sabirning tagi sariq oltin ammo sabir qilib hohlaganingga erisholmasang alam qiladi . Shuning uchun ham biz doimo harakat qilishimiz kerak aytishadiku: uch , agar ucholmasang ,  yugur, agar yugurolmasang , yur , agar yurolmasang emakla faqat to'xtab qolma. Qidirish juda qiyin ish men uchun . Agar biz biror narsani qidirsak o'sha narsa o'z vaqtida ya' ni kerakli vaqtda chiqmaydi , topilgan vaqtda esa kech bo'lgan bo'ladi. Shaxsan mening hayotimda ham huddi shunday vaziyatlar bo'lgan. Ushbu hikoyadagi ayolga o'xshagan ayollar ham hayotta uchrab turadi albatta  menimcha shuning uchun ham hikoyaning hech bir qahramoniga ism qo'yilmagan.
     Hullas, ushbu hikoyani qancha o'qisangiz o'zingizga shuncha xulosalar va ma'lumotlar olasiz . Har safar o'qisangiz fikringiz har safar o'zgaradi  shu sababli ham men bu hikoyani eng yaxshi ko'rgan hikoyalarim qatoriga qo'shdim desam mubolag'a bo'lmaydi. Ha , hamma hikoyaning , ramon deysizmi qissami hamma hammasini kamchiligi bo'ladi albatta . Ammo bu hikoyaning yaxshi taraflari  va o'ziga hosligi kamchiliklarini yuvib ketdibdesam adashmagan bo'laman.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 29- maktab o'quvchisi Isakova Shodiya

@Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

#Bildirgi

Bir nafar g‘olibimiz muallif tomonidan aniqlanib beriladi.
Ikkinchi g‘olib esa ? eng ko‘p yig‘gan ishtirochi bo‘ladi.

Boshqa stikerlar hisobga olinmaydi.

@Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

#Bildirgi

Chorshanba uchun ko‘ylak nomli hikoyaga taqriz yozish muddati oy oxirigacha uzaytirilidi.

Sababi ko‘pchilikning "muddatini cho‘zing" degan fikrlarini inobatga oldik.

Ulgurmaganlar yuborishingiz mumkin.

@Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

#Taqriz

Nodirabegim Ibrohimovaning
"Chorshanba uchun koʻylak" hikoyasiga taqriz.

Nodirabegim Ibrohimovaning yangi hikoyasi insonda oʻzgacha hissiyotni uygʻotadi.Sizning barcha tuygʻularingizni junbushga keltiradi.Hikoyaning nomi "Chorshanba uchun koʻylak".
Insonlar bu dunyoga bir-birini sevish,qadrlash uchun kelmaydimi nima deb oʻylaysiz?
Hikoya qahramoni oʻzligini unutib oʻzga shaharga borganda unda qanday tuygʻular bor ekanligini hech birimiz anglab yetolmaymiz.
Gabriel Garsia Markes Shunday degan edi:"​Insonlar senga osonlikcha erishadigan bo'lsa, qadrsizlanasan. Qo'yib ber, ular ham sening yo'qliging bilan sinalsin. Biror narsaning qadri u yo'qligida bilinadi. Ba'zan chetroqda turish kerak..."
Insonlar nima sababdan aldanishadi?
Balki soddalikdandir,balki juda qattiq ishonishganidan..
Hikoya qahramoni sariq koʻylakli,soddagina biroq,ulkan qalb sohibasi ekanligini hikoya davomida yaqqol koʻrishimiz mumkin.E'tibor bergan boʻlsangiz sariq koʻylakli ayol ismi berilmagan,sababi bu hayotta har kim shu ayol boshidan oʻtkazgan azoblarni oʻtkazishi mumkin.
Dunyoda eng goʻzal tuygʻu – ayollarga boʻlgan muhabbatdir. Insonning baxti ham, fojeasi ham shundan boshlanib, shunda tugaydi..!

©️Nurali Qobul
Aynan inson sevgan insoni tufayli fojeaga yuz tutishi mumkin.Sariq koʻylaki ayol oʻz sevgani uchun oʻzi bilmagan joylarga bordi .U yerda gʻururi,nomusi,toptaldi.Shunday boʻlsada u umid tufayli yashadi.Birgina umid orqali insonlar koinotni qoʻlga kiritishi mumkin.Faqat insonda xohish boʻlsa bas.
Mening sizga maslahatim yolgʻizlikka oʻrganing.
Yolg’iz bo'lish — yanglish joyda va yanglish qalbda bo'lgandan ko'ra yaxshiroqdir. Yolg'izlik soxta va shubhalarga to'la sevgidan ko'ra afzalroqdir.
©️Charlz Bukovskiy
Koʻproq oʻzingiz istagan ishlar bilan shugʻullaning.Siringizni hech kimga aytmang.Aynan siz aytgan gaplar hayotingizda sizga qarshi ishlatilishi mumkin.Erkin yashang!.Hikoya qahramoni singari xatoga yoʻl qoʻymang.Tasavvur qiling siz bir gulni qanday mashaqqat bilan parvarishlaysiz,ammo bir kun kelib oʻzingiz uni oyoq osti qildirganîngizni bilmay ham qolasiz.Gʻaflat changalidan qutulish uchun juda kech boʻlganda aqlingiz kiradi.Bu dunyoda pushaymondan ogʻir ogʻriq yoʻq.
Hikoya soʻngida fikrlar chalkashligi yuz beradi.Endi hursand boʻlib ular birlashdi deganingizda hiyonat.Bunday ogʻriqdan oʻlim ustundir Nega aynan har ikkala ayol bir kiyimda,bu bizni ikkala ayol ham bitta deb oʻylashga majbur qiladi.Biroq unday emas ,Nodira opani yoʻnalishi kishida gʻayrioddiy tuygʻularni uygʻotadi.
Mening nazarimda sariq koʻylakli ayolga berilgan eng katta zarba oʻz sevganini oʻzgasi bilan koʻrish.Hikoyaning davomini yozuvchi oʻquvchining oʻziga qoʻyib bergan.Bir oʻylang chorshanbani kutishga sabri zoʻrgʻa bardosh bergan ayolning qalbi tosh boʻlsada bunday voqeadan keyin chil-chil sinishi aniq.
Voqea qanday yakun topmasin bu bizning yuragimizda abadiy saqlanib qolajak.Bu voqealarni oʻzingizga saboq qilib oling.Shunda yashash oson kechadi.

Qoʻchqorova Iroda.
29-maktabning 9-sinf oʻquvchisi.

https://t.me/Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

#bildirgi

Taqrizlarni @Ozgacha_dunyo_adminbot ga yuborishingiz mumkin.

@Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

#Taqriz

Нодирабегим Иброҳимованинг "Чоршанба учун кўйлак" ҳикоясига тақриз.

Нодирабегим Иброҳимованинг янги ҳикоясини ўқиб чиқдим. Охирги пайт фақат романлар мутолааси билан бўлиб ҳикоя берадиган завқни унутиб қўйишимга оз қолган экан. Ҳикоянинг номи: "Чоршанба учун кўйлак". Дарров одамни ўзига жалб қилади. Беихтиёр Aндреа Моруанинг "Чоршанба учун бинафшалар" номли асари хаёлингиздан ўтади. Ҳикоя биз соғинган туйғулар ва кечинмалардан сўзлайди. Тирик қолиш учунгина яшаш қандай бўлишини биласизми? Маиший муаммоларни бир четга суриб турамиз...
Кунлардан бир кун яшашимиз учун кичик бир сабабни учратамиз, тўғрироғи уни ўзимиз яратамиз. Шу туфайли тонгда уйқудан уйғонамиз, ишга, ўқишга, шарбат тайёрлаб сотиш учун поездлар тўхтаб ўтадиган бекатларга, умуман қаергадир борамиз. Турфа хил инсонларни учратамиз, улар билан муносабат боғлаймиз, кўнгил берамиз. Бу албатта шундай давом этмайди, бир куни ўша сабаб йўқолиб қолади, шунчаки кўздан ғойиб бўлади. Бирор нимага қаттиқ боғланиш, ўрганиб қолиш туйғуси бошқа ҳислардан анча кучли агар билсангиз. Маълум вақт оралиғида такрорланиб келган воқеа, ҳодиса ёки бошқа нимадир тўсатдан тўхтаб қолса, ёхуд йўқ бўлиб қолса, нафас олишингиз ҳам тўхтагандек бўлади гўё. Юрагингиз аввал кўксингизга сиғмай ура бошлайди, кейин ғижимловчи оғриқни пайдо қилади. Оқибат умидларингиз сўнаётганини ҳис қиласиз, чунки сиз айнан ўша лаҳзаларда яшардингиз, сиз учун бошқа вақтнинг заррача аҳамияти йўқ, ҳаётингиз мазмуни айнан ўша кундан, ўша дақиқалардан иборат эди, қолган вақт эса шунчаки маиший муаммолар ичида худди роботдек ҳаракат қилиш билан ўтарди. "Руҳ - англаб бўлмайдиган тушунча. Уни қаердалигини ҳеч ким билмайди, лекин оғриғини ҳамма ҳис қилади", деган эди А. Чехов. Ҳикояда сариқ гулли, одми кўйлак кийган аёлнинг исми ҳам берилмаган, аслида исмнинг ҳам аҳамияти йўқ, чунки у мен ёки сиз бўлишингиз ҳам мумкин, кўпчиликнинг бошидан айнан шу жараён бир марта бўлса-да ўтган бўлиши аниқ. Бахтли кунларига бирданига якун ясалгандек бўлганда ўзни йўқотмаслик керак. Кимнидир йўқотишингиз табиий жараён. Лекин ўша одамни деб ўзингизни йўқотишингиз - ўта аҳмоқлик. Сариқ гулли кўйлакдаги аёл бахтини, ҳаёти мазмунини қидириб аввал ҳечам бормаган манзилларга таваккал йўлга чиқди, оқибатда излаганини тополмади, ҳеч ким танимас шаҳарда ҳис-туйғулари, ғурури, номуси топталди. Бу ҳаётда яшаш учун ўзингизга кичик бир сабаб топмасангиз бўлмайди, атрофингиздагиларга сабр қилиш, кунига саккиз соат ишлаш, уй ва рўзғор ташвишларидан бироз бўлса-да чекинишингизга сабаб бўладиган нимадирингиз бўлсин. Тадбирлар, кино, концерт, музей, кафе ва ҳоказоларга ўзингиз ёлғиз боришни ўрганинг, саёҳат қилинг, велосипедда учинг, қуёш ботишини томоша қилинг, юлдузларга қаранг... ҳаммасини ёлғиз бажаринг. Бутун умрингиз кимнидир кутиш билан ўтиб кетмасин. Акс ҳолда ҳаётдан баҳра ололмайсиз, умрингизнинг бари бошқалар учун сарф бўлиб кетади. Сен қалбингни йиллар давомида гўзал бир гулни парвариш қилгандек асрайсан, лекин ҳаёт йўлларингда учраган ҳар бир одам уни янчиб, топтаб ташлайди.  Ҳикоянинг кулминацион нуқтаси унинг охирида. Менимча, ҳар ким ўзига ҳар хил хулоса чиқариб олади. Муаллиф якунни китобхоннинг ўзига қўйиб берган. Нодира опанинг мистик йўналишдаги асарлари ва таржималарини ўқиганимдан дастлаб бу мистик якун деган хулосага келдим. Кейин эса бирма-бир депрессив хулосалар пайдо бўла бошлади: аёлнинг ўрнини бошқа биров эгаллаганлиги, ҳеч қандай муносабат абадий эмаслиги, эркакнинг хиёнаткорлиги, забт этиб бўлинган чўққига қайта чиқишнинг маъносизлиги... кейин эса иккала сюжетдаги аёл ҳам ўша сариқ кўйлакдаги аёлнинг ўзи эмасми деб ўйлаб қолдим. Якун қандай бўлмасин, бу ҳикоя уйғотган ҳислар, хотиралар қалбимизда анча пайт ўз аҳамиятини йўқотмай, яшашда давом этади.

Нигора Ғаниева. Муҳаррир. Ижодкор. Алишер Навоий номидаги Тошкент Давлат ўзбек тили ва адабиёти университети талабаси.

https://t.me/Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

Taqrizlarni qabul qilamiz.
Vaqt ketyapti, aziz ishtirokchilar.

1 year, 7 months ago

#audio_hikoya

O‘ZLIK hikoyasi.

Manzura Abdullayeva.
? Rayyon.

@Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago

#iqtibos

Hamma narsa qilingunicha qilish mumkin emasdek ko‘rinadi.

Nelson Mandela.

@Ozgacha_dunyo11?

1 year, 7 months ago
? O‘ZGACHA DUNYO ?
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid