Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses
Ona duo qiling.
Ona duo qiling ishlarim, yurishib ketsin.
Omad ostonamdan har kuni, kurishib ketsin.
Ga‘ygu alam mendan, uzoqroq, narida yurib.
Hech ham yo‘qlamasin, men bilan, urishib ketsin.
Ona duo qiling, o‘g‘lingiz, yiqilib toldi.
Chora topolmasdan burchakka, tiqilib qoldi.
Suyak suyagimga shunchalik, o‘tib ketyapti,
Musofirda yolg‘iz, dard chekib, siqilib qoldi.
Ona duo qiling nomozda, ochib qo‘lingiz.
Osmonlardan kengdir, farishtam, oppoq kunglingiz.
Hamma hammasidan shu qadar, charchadi odam,
Sizning daldangizga, jannatim, muhtoj o‘g‘lingiz.
Ona duo qiling ijobat, bo‘lar hammasi.
Tog‘dayin to‘siqlar, yo‘limdan, qular hammasi.
Kim ne desa unga, ishongan, o‘zim ahmoqman,
Ortiq chil qoqmasin, do‘stlarim, turfa nag‘masi.
Ona duo qiling tuylardan, chiqmasin boshim.
Ortiq sinovlarga yetmaydi, bu sabr-u doshim.
Sevgan bandasini sinaydi, deysizda Alloh,
Duo qilasizda har damda, onam, quyoshim.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 31.01.2025.
O‘lib qolaman.
Sog‘intirma ko‘p meni yuragim yoqib,
Bilsang sensiz telba, bo‘lib qolaman.
Gulim deb chaqirsam, men tomon boqib,
Chiroyli kulishinga o‘lib qolaman.
✍SOBITJON ESHTEMIROV...
✅🎙IJODKOR BEK...
O‘lib qolaman.
Sog‘intirma ko‘p meni yuragim yoqib,
Bilsang sensiz telba, bo‘lib qolaman.
Gulim deb chaqirsam, men tomon boqib,
Chiroyli kulishinga o‘lib qolaman.
Sevib qolgan seni men bitta yomon.
Ko‘zlar ohuniki qoshlaring kamon.
Viqor bilan qadam tashlab men tomon,
Sallona yurishinga o‘lib qolaman.
Gul handa aylaydi tashlasang nigoh.
Parishon holimdan bo‘lasan ogoh.
Ataydan jahlingni chiqarsam nogoh,
Labingni burishinga o‘lib qolaman.
Ming guldan alosan, azizam, erkam.
Men sening qiroling sensan malikam.
Xudo seni raso yaratgan bekam.
Guzalim turishinga o‘lib qolaman.
Men seni tanladim baridan kechib.
Hech quyib yuborma mahkamroq quchib.
Sevgidan yettinchi osmonga uchib,
Jim hayol surishinga o‘lib qolaman.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 30.01.2025.
? Oqila Kenjayeva & Umidshoh -
Yomg'ir☔️☔️❤️❤️
Muallif: ✍ Sobitjon Eshtemirov
? Ishonmay quydim.
✍ Sobitjon Eshtemirov.
?? Shahzod Ismatov. ?
✨ ???????? | Sobitjon Eshtemirov. Qushiq bob she'rlari.
Aka-uka duet.
#aka
Buydoq yurib boshing aylandi,
Kamlaring hech to‘lmaydi uka.
Sen tengilar bari uylandi,
Uylanmasang bo‘lmaydi uka.
Sen ho‘p desang boshlamiz tuyni,
Tuyga tayyor qilganmiz uyni.
Onam bitta qiz topib quydi,
Uylanmasang bo‘lmaydi uka.
#uka
Uylanish bu kuchadan kechib,
Ipsiz uyga boylanish aka.
Erkin qushman yuribman uchib,
Qochib ketmas uylanish aka.
Bitta ishni qo‘lga olayin,
Do‘st-yor bilan yurib qolayin,
Buydoq davrim surib qolayin,
Qochib ketmas uylanish aka.
#aka
Nima yetsin qo‘shiqqa kuyga.
Buydoqlarni yetkazsin tuyga.
Kelmay quyding kuchadan uyga.
Uylanmasang bo‘lmaydi uka.
#uka
Nima yetsin sevib sevgali.
Yuragim jiz etmadi hali.
Uylanishning keladi gali.
Qochib ketmas uylanish aka.
#aka
Umr o‘tar o‘yin bilmagin.
So‘zlarimni bir zum tinglagin.
Bo‘ldi yetar o‘yin qilmagin.
Uylanmasang bo‘lmaydi uka.
#uka
Sizlar topgan qizga roziman.
Axir onam yo‘g‘-u boriman.
Bo‘lsam bo‘lay ul qiz yoriman.
Uylanaman hop mayli aka.
✍ Sobitjon Eshtemirov.
✍ Sobitjon Eshtemirov.
??Shaxzod Ismatov.
? So‘z demadim ???
Qolib ketarman.
Ket deysan bilsayding baxtingni ammo,
Ketsam o‘zim bilan olib ketarman.
Chunki men kuydirgi bittaman tanho,
Yuragingda mangu qolib ketarman.
Baxt nedir bilmaysan kulmas yuzlaring.
Ma‘nosin yo‘qotar aytar so‘zlaring.
Mendan o‘zgasini ko‘rmas ko‘zlaring.
Ko‘zlaringda mangu qolib ketarman.
Bir meni sog‘inib ezilar diling.
Men haqimda so‘rab, keladi bilging.
Ismimni takrorlar bexosdan tiling.
So‘zlaringda mangu qolib ketarman
Afsus, armonlarga bo‘lasan nishon.
Unda kech bo‘lgaydir eng so‘ngi pushmon.
Ismimni o‘g‘linga quyarsan ishon.
Xotirangda mangu qolib ketarman.
Ming bor afsuslarda bo‘zlaysan ammo,
Pichirlab kechir deb so‘zlaysan ammo,
Bugungi kuningdan izlaysan ammo,
O‘tgan kunda mangu qolib ketarman.
Sen mag‘lub men esa g‘olib ketarman.
Sevgim o‘zim bilan olib ketarman.
Eng baxtli o‘shalmas armoning bo‘lib,
Hayotingda mangu qolib ketarman.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 02.11.2023.
Sen olovga o‘xshaysan,
Yaqin borsam kuyaman.
Yuragimda yashaysan,
Alloh uchun sevaman.
Jon oladi ko‘zlaring,
Boqsam cho‘kib ketaman.
Oydan guzal yuzlaring,
O‘zgasini netaman.
Sen olovga o‘xshaysan,
Seni o‘shlab bo‘lmaydi.
Kuydirasan kuymaysan,
Tafting qaynoq sunmaydi.
Eritasan muzlarni,
Dilda g‘ashlik qolmaydi.
Sendan boshqa qizlarni,
Yurak seva olmaydi.
Sen bittasan, guzalsan,
Oshiqlaring parvona.
Balki kuysan, g‘azalsan,
Ishqingda men devona.
Bir chiroyli kulasan,
Boli bordir so‘zingni.
Qachon yorim bo‘lasan,
Sevamanda o‘zingni.
✍ Sobitjon Eshtemirov. 2024.
Sinib ketasan.
Pul topib osmonga cho‘zilib ketma,
Bir shovqin solib so‘ng tinib ketasan.
Maslahatim yerdan o‘zilib ketma,
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Ko‘r bo‘lib qolmasin kibrdan ko‘zing.
Qo‘log‘ing eshitsin so‘zlagan so‘zing.
Joyingda sakrama bosib ol o‘zing.
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Bilganingni qilib kucha kezmasdan.
Sendan kuchsizlarni buncha ezmasdan.
Asli kimligingni sezib sezmasdan.
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Har kuni yoningda parvona qizlar.
Ayyorlar oshing yeb maqtashar sizlar.
Avvaldan do‘st edik sen bilan bizlar,
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Ichib, chakib olib segaret, aroq.
Kungling xush aylaysan kayfingni taroq.
Erta ne bo‘lishin bilmaysan biroq,
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Osmonda yurganding tushibdi ruhing.
Salgina ko‘payib g‘amu anduhing.
Vagon edi kecha eslasang duxing.
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Fikr qil o‘zingni olmasdan rosa.
Nafsing bilan oldin qilgin murosa.
Ko‘rgan, kechirganing bo‘lsin xulosa,
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
Pul topib osmonga cho‘zilib ketma,
Bir shovqin solib so‘ng tinib ketasan.
Maslahatim yerdan o‘zilib ketma,
Karillama jo‘ra sinib ketasan.
✍ Sobitjon Eshtemirov.14.08.2024.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated hace 2 meses
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated hace 3 meses, 3 semanas
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated hace 1 año, 8 meses