fslofficial

Description
Internetdagi sahifarimiz:
http://fyut.uz
https://www.facebook.com/faryurtexnikum https://www.instagram.com/fsolofficial https://www.youtube.com/channel/UCUnuT32hUfNmY2A7O5UDGng
Advertising
We recommend to visit

جميع حساباتي برابط واحد 👌🏼:

https://reach.link/ar/0xfff0800

Last updated 2 months ago

By
@Ms3390
Shyam Sir.

Last updated 5 days, 20 hours ago

Last updated 3 months, 1 week ago

2 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL..

⚖️ 2019-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni ijrosi yuzasidan maxsus fan o'qituvchisi "Street Law" loyihasi koordinatori F.Mirjavxarova boshchiligida Farg'ona viloyat yuridik texnikumi o'quvchilaridan tashkil topgan "Street Law" volontyorlik guruhi Farg'ona shahar 17-umumta'lim maktabining 9 "E" va 9"G" sinflarida "Sudyalar kimlar va ularning jamiyatdagi roli qanday? " mavzusida interaktiv usulda dars mashg'ulotlari tashkil etildi.
Mashg'ulot so'ngida "Sud simulyatsiyasi" o'tkazildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

2 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL..

🏛 2023/2024 oʻquv yilida texnikumda oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasining 11-bandi ijrosi yuzasidan oʻquvchining intellektual sport turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida sportning “Shaxmat-shashka” turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

🔹 Goliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi-yoshlar texnikum rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

2 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

🏛 Joriy yilning 26-aprel kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o’qituvchisi D.Salimova va O’zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’I U.Sapayev hamda xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi Sh.Sharabiddinovlar ishtirokida “Fuqarolik huquqi” modulidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo’nalishi 25-22 guruhida “Наследственное право” mavzusida binar dars o’tkazildi.

🔹 Binar dars davomida notarius kasbining o’ziga xos jihatlari, uning faoliyati nimalardan iboratligi haqida tanishtirib o’tildi. Vorislik huquqi haqida umumiy tushunchalar berilib, uning turlariga amaliyot va nazariya uyg’unligida alohida to’xtalib o’tildi.

🔹 Shuningdek, o’quvchilar notariuslik kasbini egallash uchun qanday sifatlar zarur bo’lishi, amaliyotdagi yangiliklar kabi savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

3 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda adliya faxriylari R.Kirgizbayev, O‘.Yo‘ldosheva va G.Ibragimovalar, shuningdek Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A.Adermatov va Farg’ona viloyat yuridik texnikumi direktori A.Ergashev hamda 110 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

🔹 Ishtirokchilar o‘zaro o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Faxriylarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

3 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

🏛 Yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hamda qiziqishini oshirish, shuningdek bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 18-19-aprel kunlari Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi yoshlari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” va “Voleybol” turlari bo‘yicha “Farg’ona viloyat adliya boshqarmasi kubogi” musobaqasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

🔹 Xususan, “Mini-futbol” musobaqasida 13 ta o‘g’il bollar jamoalari va “Voleybol” musobaqasida 13 ta qizlar jamoalari ishtirok etdilar.

🔹 Musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga adliya boshqarmasi va texnikumning maxsus diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

3 weeks, 1 day ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

🏛 Joriy yilning 18-aprel kuni Farg'ona viloyati yuridik texnikumi tomonidan yo'lga qo'yilgan "Zakovat Ligasi"ning navbatdagi o'yinlari bo'lib o'tdi. Jami 2 tur va 24 ta savoldan iborat mazkur o‘yinni klub kordinatori F.Mirjavharova olib bordi.

🔹 Mazkur Liga o'yinida 6 ta jamoa: Lawyer, Lider, Qalqon, Albion, Genius, Adolat jamoalari ishtorok etdilar

🔹 Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇1-o'rin "Albion" jamoasiga
🥈2-o'rin "Genius" jamoasiga
🥉3-o'rin"Qalqon" jamosiga nasib etdi.

☝️Eslatib o'tamiz: Liga o'yinlari texnikumda har hafta payshanba kuni soat 15:00 da boshlanadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

2 months, 3 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

🏛 Fargʻona viloyati yuridik texnikumi sportchi yoshlari. Sportning "Stol tennisi" turi boʻyicha "Barkamol avlod" sport musobaqalari viloyat bosqichida qatnashib, yuqori oʻrinlarni egallab qaytdilar. Sportchi oʻquvchlarimizga keyingi sport musobaqalarda omadlar tilab qolamiz.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

2 months, 3 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi.

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi.

🏛 Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi tomonidan “Korxona, muassasa va tashkilotlarning barqaror rivojlanishida mehnat qonunchiligi va lokal hujjatlarni oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur konferensiya 2024-yil 27-fevral kuni OTMlari professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, talabalar, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, yuridik texnikumlarning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

🖇 Ilmiy maqola va tezislaringizni @nilufar_hakimjanovna telegram manziliga yuborishingiz mumkin!!!

👉 Batafsil ma’lumotlar axborot xatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

2 months, 3 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

🏛 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha chora tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo’limi yetakchi mutaxassisi N.Elchiboyeva tomonidan “Qiz bolani odobi va uning ta’lim olishi kelajakka berilgan etibor” mavzusida seminar tashkil etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | Teletype

2 months, 3 weeks ago
***📢*** Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. …

📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...

⚖️ 2019-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son farmoni ijrosi yuzasidan maxsus fan o'qituvchisi "Street Law" loyihasi koordinatori F.Mirjavxarova boshchiligida Farg'ona viloyat yuridik texnikumi o'quvchilaridan tashkil topgan "Street Law" volontyorlik guruhi Farg'ona tumani 3-umumta'lim maktabining 8 va 9 sinflarida "Qonunlar nima, ular nima uchun kerak?" mavzusida interaktiv usulda dars mashg'ulotlari tashkil etildi.