🚨𝗦𝗘𝗧𝗨 𝗠𝗣𝗦𝗖🚨 🌉🧗
By @Dysp77
Mk Sir.
@Ms3390
Shyam Sir.
Last updated 2 weeks, 1 day ago
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 24-oktabr kuni “Oʻquvchilar turar joyi”da texnikum “Ichki nazorat va arxiv bo‘limi” uslubchisi N.Nuraliyeva tomonidan qizlarimizni oilaga tayyorlash hamda pazandachilik sirlarini oʻrgatish maqsadida “Master klass” tashkil etildi.
🔹 Mashgʻulot davomida qizlar uy sharoitida tez tayyorlanadigan “Non pitsa”ni tayyorlash usullariga ega bo‘ldilar va oʻzaro fikr almashdilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Joriy yilning 24-oktyabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Z.Oxunova tomonidan “Sud protsessual hujjatlar” fanidan 2-bosqich “Sud-huquqiy faoliyati” yoʻnalishi 32-23 guruhida “Fuqarolik ish yuritishda sud ajrimlarining oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq dars oʻtkazildi.
🔹 Ochiq dars seminar -mashgʻulot shaklida oʻtkazilib, unda fuqarolik ishini qoʻzgʻatishgacha boʻlgan jarayondagi ajrimlar turlari, sud muhokamasi jarayonidagi ajrimlari, alohida chiqariladigan ajrimlar va sud tomonildan joyida chiqariladigan ajrimlar turlari va ularni chiqarish va rasmiylashtirish tartibi boʻyicha oʻquvchilarga berilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllanishi boʻycha koʻnikmalarini shakllantirish darsni asosiy maqsadi qilib qoʻyilgan.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh oʻqituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ Barchamizga maʼlumki, ayni vaqtda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlardan biri, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan.
🏛 Shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining pedagog-xodimlari tomonidan saylov jarayoni va qonunchiligini yoritishga qaratilgan maqolalar chop etilmoqda.
🔸 “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Isroilova Shoxida Dexqonovnaning “Fuqarolarning saylov jarayonidagi faol ishtiroki: demokratiyaning asosi” mavzusida maqolasi chop etildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 16-sentabr kuni tasdiqlangan “Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar kalendar rejasi”nig 8-bandida “Mashhurlar yoshlar bilan birga” shiori ostida va “Ma’naviyat ulashib” dasturlari doirasida yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Ravshan Madumarov Abdurahmonovich bilan o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbati tashkillandi.
🔹 Davra suhbati davomida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi va shoir Ravshan Madumarov Abdurahmonovich o‘zining hayoti va ijodi haqida so’zlab berdi.
🔸 Shuningdek, tadbir davomida o’quvchilar tomonidan shoirning qalamiga mansuyb sherlar aytildi, o‘quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga shoir tomonidan mazmunli javoblar berib o‘tildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Joriy yilning 16-okatabr kuni texnikumning Axborot-resurs markazi hamkorligida adliya vazirligi stipendiyasi sohiblari tomonidan “Adabiyot - yuristlar nigohida” shiori ostida yosh kitobxonlar tanlovi oʻtkazildi.
🔸 Tanlovda Oʻlmas Umarbekovningning “Fotima va Zuhra” va “Yoz yomg‘iri” asarlari asosida oʻtkazildi.
🔹 Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ldi:
✅ 1-bosqich test sinovi;
✅ 2-bosqich og'zaki “Blits” savollari asosida boʻlib oʻtdi..
♻️ Tanlov qiziqarli tarzda yakunlanib g‘oliblar aniqlandi.
🥇1-o‘rin 30-23 guruhi o‘quvchisi Muqimjonov Xusanjon
🥈2-o‘rin 30-23 guruhi o‘quvchisi Kenjayeva Muxarramoy
🥉3-o‘rin 40-24 guruhi o‘quvchisi Mirzayeva Yasminalar go‘lib deb topildilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Texnikumda muntazam ravishda turli yonalishdagi bir qator klublar doimiy ravishda faoliyat olib bormoqda.
🔹 Bunday klublarni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga ularning dunyoqarashini oshirish, ona vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada shakllantirish, insonlarga va atrof muhitga mehr-muruvvat bilan qarashga undashdan iboratdir.
🔹 Shu munosat bilan joriy yilning 10-oktabr kuni texnikumning ““Adliya stipendiya” sohiblari boshchiligida "Mehr ulashib" klubi volontyorlari Farg‘ona shahar, “Oqariq” MFY, Ariq koʻchasi 295-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Xayitovalar xonadoniga tashrif buyurib, ularni holidan xabar oldilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Joriy yilning 10-oktabr kuni texnikumning 2024/2025 o‘quv yiliga rejalashtirilgan uslubiy seminarlar jadvaliga muvofiq “Peagog- xodimlar faolioyatida zaruriy-me’yoriy xujjatlar bilan ishlash” mavzusida oʻquv-uslubiy seminar boʻlib oʻtdi.
🔹 Seminarda o‘quv-metodik bo’lim boshlig’i G’.O’rmonov ochib, peagog- xodimlar faolioyatida zaruriy-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash yuzasidan umumiy tushunchalar berib, mavzuning dolzarbligi, pedagog xodimlar faoliyatidagi hujjatlar bo’yicha ish yuritish lozimligi xaqida gapirib, O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni 2020-yil 23-sentabrda qabul qilinganligi, maskur qonun 11-bob, 75-moddadan iborat ekanligi, ta’lim turlari, ta’lim shakllari, professional ta’lim haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
🔹 Seminar yakunida barcha ishtirokchilar davrasida savol-javob oʻtkazildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
🏛 Joriy yilning 10-oktabr kuni texnikumning “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan “Davlat va huquq nazariyasi” fanidan “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24 guruhida "Davlat funksiyalari" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
🔹 Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
📢 Texnikum axborot xizmati xabar qiladi. BATAFSIL...
⚖️ Barchamizga maʼlumki, ayni vaqtda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlardan biri, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlarining viloyat va tuman (shahar) kengashlari deputatligiga saylovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan.
🏛 Shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining pedagog-xodimlari tomonidan saylov jarayoni va qonunchiligini yoritishga qaratilgan maqolalar chop etilmoqda.
🔸 “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Salimova Diyoraxon Baxtiyorovnaning “Advantages and disadvantages of the mixed electoral system” mavzusida maqolasi chop etildi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• Web sayt | • Facebook | • Instagram | • Youtube | • Teletype
🚨𝗦𝗘𝗧𝗨 𝗠𝗣𝗦𝗖🚨 🌉🧗
By @Dysp77
Mk Sir.
@Ms3390
Shyam Sir.
Last updated 2 weeks, 1 day ago