Nosir oğlu | Author📚✒

Description
Shaxsiy blog📚✍
She'riy satrlar📄✏
Yoziqlar📒🖋
Kechinmalar✉
Murojaat: @Nosirogli📲
https://www.instagram.com/nosiroglu
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 2 weeks ago

Yillar o’tdi… Bir diydorga yetmadi vaqt,
Yo’llar qayta tutashmadi hech bir zamon.
Adashib ham peshonaga bitmasmi baxt?!
Adashib ham kelmading-a Sen Men tomon?!

📝@nosiroglu

1 month, 3 weeks ago

Bu dunyo emasdur faqat Senga tor,
Demagin: “Taqdirda tole bitmagan”
Hayotda necha ming hikoyalar bor,
Murodga yetmagan…
murod yetmagan…

📝@nosiroglu

1 month, 3 weeks ago

Kema cho’kdi… Botdi ozru, umidlar ham,
Oramizda masofalar – ulkan… ulkan…
Eslaganda, bir kun bo’lar ko’zlaring nam,
Boshing uzra tortilganda o’zga yelkan…

📝@nosiroglu

4 months, 3 weeks ago

So‘zlar qaytdi, buzildi qasam,
Tiklagani yaray olmaysan.
Qaytib ming bor ro‘baro‘ kelsam,
Ko‘zlarimga qaray olmaysan.

Bilmam diling bahonasi ne,
Nelar o‘tdi xayollaringda…
"Kelsam yana qiynaladi", – deb,
Achinsayding xayollarimga…

Hadding yetmas kechir demoqqa,
Haqqim yo‘qdir kechirmoqqa ham.
Bir kun bizni belaydi oqqa,
Baxtdan sarxush ichilgan qasam!

7 months, 1 week ago

?Har kim saqlayverar o’sha vaqtdan,
Har kim berkitadi haqiqatini.
Bir kun izn bermas o’sha vaqt ham,
Bir kun qizg’anadi daqiqasini…

@nosiroglu

8 months ago

Sira tan olmaydi ba'zan erk,
Parvozi qafasda bir qushman.
Amalga oshmoqqa haddi berk –
Suvlarga aytilgan bir tushman.

@nosiroglu

8 months, 1 week ago

Yillarim yiqildi poyingga
Nomingga ming maktub yo'lladim.
Manzillar aylanib xoinga,
Hech Senga eltmadi yo'llarim.

Bitilgan... peshona haqdir-u,
Bir zumda aylandim Kuzga Man.
Nolish yo'q: bevafo, taqdir-u,
Toledan umidim uzganman.

O'tmaydi kunlarim - yilga teng,
Armonlar bag'rida xush bo'ldim.
Sensiz bu dardlarning bag'rikeng,
Suvlarga aytilgan tush bo'ldim.

G'urur hech keltirmas ko'zga nam,
Jon-bag'ir ezildi firoqdan.
So'nggi bor ko'rgani borsam ham,
Faqat baxt tilarman yiroqdan...

(Boshqa bahonam yo'q "biroq"dan)

@nosiroglu

8 months, 1 week ago

Hatto orzular ham aylandi kulga,
Endi, uzrlaring kech, foydasi yo'q.
Kecha najot kutib qurigan gulga,
Bugungi yomg'irning hech foydasi yo'q!

@nosiroglu

10 months ago

Bir kun o’z o’zini uradi toshga,
Bir kun yengolmaydi bu qilig’ini,
Bir kun hamma tinglar bir Sendan boshqa,
Bu telba yurakning hayqirig’ini…

@nosiroglu

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 6 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago