Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Bookblogerlar ham mana birin-ketin YouTube`ga ko'chmoqda.
Bugun Ilhom Sharifov (@kitobhouse) o'zining YouTube blogida birinchi videosini joylabdi: https://www.youtube.com/watch?v=sxfOM3Xf6KE
"Choponli aka" deb nomlangan ushbu kanaldagi birinchi video Chingiz Aytmatovning "Jamila" asari haqida bo'libdi.
Qo'llab-quvvatlaymiz va kanalni kuzatamiz!
Sevimli kitoblarimning sevimli nashrlari❤️
Auksionda yutib olgandim. Bugun qo’limga oldim. Urrraaa!!!
Qachonki, insonlardan tasalli topmasangiz, tabiat chiroyidan bahramand bo’ling, u ayni sizga keragini bera oladi.
✍️Jorj Oruell
?”1984”
“Eng yaxshi kitoblar senga o’z bilganlaringni so’zlaydigan kitoblardir”.
Tasavvur qiling, siz shunday zamonda yashayapsizki, bu zamonda o’ylash, fikrlash, odamlar bilan muloqat qilish, xursandchilik qilish va boshqa insoniy xususiyatlarning barchasi qat’iyan taqiqlanadi. Har bir qilayotgan harakatingiz, fikrlaringiz, mimikangiz va hattoki uyqu vaqtidagi tushlaringiz ham nazorat ostida, sizni doimo teleekran orqali kuzatadilar. Ertalab belgilangan vaqtda uyg’onasiz, badantarbiya mashqlarini bajarasiz so’ng ish va kun oxirida uyga qaytasiz, uxlaysiz. Har kunlik tartibingiz shu tarzda belgilab berilgan reja asosida kechadi ya’ni biror yangilik qilishingiz, o’sha kunlardan esdalik sifatida kundalik qoralashingiz, yoki bo’layotgan ishlarga nisbatan biror e’tiroz bildirishingiz aslo mumkin emas. Faqat belgilab berilgan chiziq bo’ylab harakatlanishingiz, o’z ishingizni bajarishingiz, biror insonga muhabbat ko’zi bilan qarashingiz ham mumkin emas. Siz faqatgina “Katta og’a”ni sevishingiz va partiyaga ishonishingiz kerak. Aytgancha, oila qurish, farzand ko’rish mumkin, lekin bu partiya uchun, uni ishchi kuchi bilan ta’minlash uchun, muhabbat bilan oilaviy hayotda yashash uchun emas.
Xullas, mana shunday hayotda yashayotgan Uinston partiya a’zolari tomonidan qilinayotgan ishlarga, “Katta og’a”ning faoliyatiga shubha bilan qarashni boshlaydi. Haqiqatni izlashga harakat qiladi, lekin afsuski tarix voqealariga oid hujjatlar yo’q qilingani uchun hech narsa topa olmaydi. U hattoki yoshi katta odamlar bilan ham suhbatlashib ko’radi, lekin tayinli foyda bo’lmaydi. Partiya odamlarning xotirasiyu ongini o’zgartirishga qodir. Asarda shunday jumla bor: “O’tmishni boshqargan kelajakni ham boshqaradi, hozirni boshqargan o’tmishni ham boshqara oladi”.
Hamma davrlar uchun dolzarb deb hisoblangan ushbu asarni o’qir ekansiz, undagi voqealaru unsurlarni kundalik hayotimizning har bir jabhasidan topa olasiz. Masalan, o’z hayotingizda ko’plab “Katta og’a”larga duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Ko’pgina davlat idoralarining o’z “Katta og’a”lari bo’ladi. Ularga shubha bilan qarash yoki qarorlariga e’tiroz bildirish sizni xuddi kitobdagidek xoinga aylanishingizga, ishdan bo’shashingizga yoki boshqa bir og’ir jazo olishingizga sabab bo’lishi mumkin. Shuni ayta olamanki, ko’p hollarda bunday “Katta og’a”larni paydo bo’lishiga ko’p jihatdan o’zimiz sababchi bo’lamiz. Bir insonni juda yuqoriga ko’tarish, hatto iloh darajasida ko’rish, chegaralanmagan imkoniyatlarni taqdim etish eng asosiy sabablardandir. Yana bir misol, asarda “qo’shfikrlik” degan tushuncha berilgan. Deyarli har birimiz hayotimizda ko’p marta shunday insonlarga duch kelganmiz, hatto o’zimiz ham vaqti kelganda “qo’shfikr” inson bo’lganmiz. Hayotda biror narsaga ishonib o’zimiz ko’r-ko’rona unga teskari ishni bajarganmiz. Kitobni o’qir ekanman butun hayotim davomida yo’limda uchragan “Katta og’a”laru “qo’shfikr” insonlarni ko’z oldimdan birma-bir o’tkazdim. O’sha vaqtlarda bu oddiy holdek ko’ringan, ularni tahlil qilishga bilimim ham, dunyoqarashim ham torlik qilgan. Hozir yaxshi tushunyapman, lekin haligacha atrofimizni ko’plab prollar o’rab olgan. Bir gala prollar orasida o’zini bilmaganga olib yashagan yaxshimi yoki xuddi ulardek bo’lishmi?
Xullas, “1984” hozirgi hayotimizda barchamiz ko’rib-bilib turgan ko’plab haqiqatlarni ochiqdan ochiq fosh qilib bera oladigan asar. Barchaga birdek tavsiya qilaman.
Asl kasbim shifokor, lekin sohamga oid bo’lmagan badiiy kitoblarni o’qishni yaxshi ko’raman. Hozirgi kundagi tig’iz ish faoliyatimni boshlagunimga qadar talabalik davrimda ijtimoiy tarmoqlardagi kitoblarga oid guruh va kanallarda juda aktiv bo’lardim, shularning orasida o’z shaxsiy kanal va sahifalarimga ham juda e’tiborli edim. Hozir ham imkon bo’lishi bilan har xil joy va holatlardan foydalanib kitob o’qib ketaveraman. Bugun shuni yana bir bor tushundimki, hozir faol bo’lmasamda ijtimoiy tarmoqlarda bir paytlar yozgan kitoblar haqidagi fikrlarim anchagina katta zaxira bo’lib qolgan ekan, chunki eski postlarimni haligacha o’qishadi, fikrlar qoldirishadi. Facebook’ga juda kam kiraman, lekin har kirganimda yig’ilib qolgan aksariyat xabarlar ancha oldin yozgan postlarimga izohlar va layklardan iborat bo’ladi. Demak, haligacha qaysidir yozganlarimni ma’lum bir qismini bo’lsa ham o’qishadi.
Kecha bir jurnalist o’zimning soham bo’yicha intervyuga taklif qilib qoldi, to’g’risi, rad qilmoqchi bo’ldim, chunki shifokor-ekspert sifatida yetarlicha intervyularda chiqqanman. Yana bugunga qilgan rejalarimni bitta shu ko’rsatuv uchun o’zgartirgim kelmadi. Oxiri iltimos qilgani uchun majburan bordim. Intervyu boshlanguncha jurnalist “Kitobxonlar davrasi”da yozgan taqrizlarim haqidagi fikrlari bilan suhbatni boshlab, postlarimni ancha oldindan o’qiganini, birinchi filolog deb o’ylaganini aytib qoldi. Odatda, intervyularga instagramdagi ekspertlik blogim orqali takliflar bo’lardi. Kitoblarga oid sahifalarim ko’pchilik uchun noma’lum edi. Xullas, suhbat orasida yaxshiyam rad qilmasdan kelibman, deb o’ylab qoldim)
Aslini olganda, filologiyaga umuman aloqasi yo’q insonman, yozganlarimni ham tahlil yoki taqriz deyishga ham xijolat bo’laman, lekin qandaydir foydasi tegayotganidan xursand bo’laman. Fikrlarimni yozib qo’yish, avvalo, o’zim uchun kerak, qachonlardir yozgan fikrlarim xotiralarni va o’sha vaqtdagi o’ylarimni yana bir bor his qilishga yordam beradi. Albatta ko’p sonli insonlar bo’lmasa ham ma’lum bir sodiq insonlarnigina kuzatishi meni quvontiradi.
P/S: Rasmda 2022-yilda yozilgan postimga hozirgina kelgan izoh. Yaqinda yozgan postimga kelgan fikr deb o’ylab qo’yaqolaman) Avvallari eski postlarimga izohlar kelganda bugungidek e’tibor ham bermas edim.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago