Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷

Description
Turk tiil va madaniyati, Turkiyaning buguni va o‘tmishi / TarAB (tarjimon Abror)

Admin: https://t.me/ebrarozbek
We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

3 weeks, 6 days ago
25 январь куни «Туркий давлатлар халқаро …

25 январь куни «Туркий давлатлар халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида»ги президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, Тошкент шаҳрида Туркий давлатлар халқаро университети ташкил этилади.

2025/2026 ўқув йилидан университетда таълим жараёни таълим соҳасида халқаро эътироф этилган ташкилотлар рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатга кирган, шунингдек, ўз йўналишида етакчи ҳисобланган Туркия олий таълим муассасаларининг ўқув дастурлари асосида ташкил этилади.

Университетда талабаларни ўқитиш тўлов-контракт асосида амалга оширилади. Университет фаолиятини йўлга қўйиш ва мувофиқлаштириш бўйича бошқарув кенгаши ташкил этилади.

1 month ago
Boludagi mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatida o‘nlab …

Boludagi mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatida o‘nlab inson halok bo‘lgani munosabati bilan 2025-yilning 22-yanvari Turkiyada milliy motam kuni deb e'lon qilindi.

1 month, 1 week ago

Hurmatli yurtdoshlar. Konsert boshqa kunga qoldirilibdi. Kuni aniq bo‘lsa, xabar beramiz.

2 months, 3 weeks ago
Turkiyada 13 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy …

Turkiyada 13 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanishi kutilmoqda.

Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

2 months, 3 weeks ago
Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷
2 months, 4 weeks ago
Kecha Western Union orqali pul olgani …

Kecha Western Union orqali pul olgani bankka kirsam, "Pulingizni dollarda berishga beraveramiz, lekin qaytarib kelsangiz, olmaymiz. Chunki qalbaki dollarlar ko‘payib ketdi", deydi.

"Lira qilib beraveringlar tinchgina", dedim.

Dollar olib-berishda ehtiyot bo‘laverasizlar. Xabarlarga qaragadan, tashqaridan Turkiyaga anchagina qalbaki dollar olib kirilgan.

P. S. O‘zi hech bankka bormasdim, mobil ilova orqali olaverar edim pulni, kecha negadari ilovada Western Union ishlamadi.

3 months ago
*Elektron sigaretalar kontrabandasi haqida bir necha …

Elektron sigaretalar kontrabandasi haqida bir necha bor yozdim. Istanbuldagi Bosh konsulxonamiz kontrabanda bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqibdi. Ogohlantirish matnini quyida o‘qishingiz mumkin.
So‘nggi vaqtlarda belgilangan miqdorlardan ortiq tamaki mahsulotlarini Turkiyaga olib kirishga uringan yurtdoshlarimizga nisbatan “kontrabanda” (kaçakçılık) aybi qo‘yish holatlari ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bunday holatlar fuqarolarimiz uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab bo‘lmoqda.

Xususan, hozirgi kunda Turkiya jazoni ijro etish muassasalarida 20 dan ortiq fuqarolarimiz belgilangan miqdordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirganligi sababli qamoqda saqlanmoqda.

Hurmatli vatandoshlar!

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizga quyidagi muhim ma’lumotlarni eslatadi.

Tamaki mahsulotlari uchun cheklovlar:

18 yoshdan katta yo‘lovchilar shaxsiy foydalanish uchun quyidagi miqdorda tamaki mahsulotlarini olib kirishlari mumkin:
• 600 dona sigareta (30 pachka yoki 3 blok);
• 50 dona sigara.

Elektron sigaretalar uchun cheklovlar:

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, har bir yo‘lovchi shaxsiy foydalanish uchun quyidagi miqdorda elektron sigaretalarni olib kirishi mumkin:
• 10 dona bir martalik elektron sigareta;
• 1 dona ko‘p martalik elektron sigareta qurilmasi;
• 200 dona almashtiriladigan stiker yoki 30 ml suyuqlik.

Tijorat maqsadlarida tamaki mahsulotlarini olib kirish man etiladi.

Muhim ogohlantirish:

Tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirganligi sababli Turkiya sud idoralari tomonidan belgilangan jarimalarni to‘langandan so‘ng sizga nisbatan qo‘llangan jarima yechilganligini qayta tekshiring va ishonch hosil qiling.

Izoh: Jarimani to‘lagan ammo turk idoralari qaydlarida jarima yechilmaganligi yurtdoshlarimizni chegarada qo‘lga olinishi sabab bo‘lmoqda.

Tavsiyalar:

• Safaringizdan oldin Turkiyaning bojxona qoidalari bilan tanishib chiqing.
• Belgilangan me’yorlardan ortiqcha mahsulotlarni olib kirishga urinmang.

Qonunchilikka rioya qilish orqali safaringizni xavfsiz va muvaffaqiyatli o‘tkazing.

3 months ago
Tushunishimcha, **Turkiye Bursları**, ya’ni “Turkiya grantlari/stipendiyalari” …

Tushunishimcha, Turkiye Bursları, ya’ni “Turkiya grantlari/stipendiyalari” dasturi doirasida o‘zbekistonlik yoshlar uchun kvotalar soni oshiriladi.

O‘zbekiston tomoni kvotalarni asosan mashinasozlik, yashil energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, sunʼiy intellekt hamda tibbiyot yo‘nalishlariga ajratishni so‘rabdi.

3 months ago
Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷
We recommend to visit

?КАТТАЛАР УЧУН!

?? ТВ-да кўрсатмайдиган ва халқга айтилмайдиган махфий янгиликларни ёритиб борамиз!

Янгиликлар бўлса бизга юборинг, биз каналга чиқарамиз:? @SaraXabar_Aloqabot

Реклама: @SaraXabarda_reklama

Last updated 1 month ago

??‍♂️ "ХОКИМ БУВА" нинг телеграмдаги расмий сахифаси шу, қолганлари фейк!

? КАТТАЛАР УЧУН!

‼️ Воқеа ёки ҳодисанинг гувоҳи бўлдингизми?
Унда бизга юборинг: @hokimbuva_murojaatbot

? Реклама: @Xokimbuvareklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago

?? КАТТАЛАР УЧУН!

? Ўзбекистон ва Жаҳондаги муҳим воқеалар, энг тезкор ва махфий хабарлар!

Yaxshi Yomon - Бизни кузатиб боринг...

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми бизга юборинг: @YaxshiYomon_Bot

☎️ Реклама: @YaxshiYomonda_Reklama

Last updated 1 month, 3 weeks ago