Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Yillar o'tgan sari yemirilar uy,
Go'yo birgalikda cho'kmoqdamiz biz.
Nahot taqdirimga shular bitilgan,
Meni tinch qo'ymadi qadrdon bir o'y.
Balki sog'inganman bahorni yana,
Qalbim yoriqlarin gullar bezagan.
Uzoq-uzoqlardan hayqirar o'tmish,
Goho orzularim baxtdan so'zlagan.
Bilmadim ilmda kambag'al bo'ldim,
G'aflat to'nin yechgim kelmasdi sira.
G'iybat bozorida savdoyim yurdi,
Naqadar xudbinlik, naqadar zo'r-a?
Kut meni qaytaman qorong'i hovli,
Hovliqib chopganim besamar ekan,
O'sha eski uyni ko'targan ustun,
Shaharda bir tutam shox-shabba ekan.
P/s: me
Deyarli 1 haftadan ko'proq vaqtni bir yerga qaratib o'qishga harakat qildim, sababi tushunib o'qilishi zarur bo'lgan kitob ekan. Bu kitobdan olamshumul yangilik, badiiy rohat yoki o'zgarishlar uchun sabab qidirmadim shunchaki muallif va tarjimonning biz allaqachon bilishimiz zarur bo'lgan bilimlarni to'g'ri ishlatmasligimiz bois ko‘plab tarixiy xatolarni to'g'ri deb qabul qilaverganimizni ko'rsatib berganlarini tushundim.
Men uchun juda qiziq bo'lgan uchta asosiy qismlar bor albatta, jumladan;
*Tarixiy voqea va hodisalarni ham tekshirishda, tanqidiy, tahliliy va solishtirma usuldan ko'proq foydalanish,
Katta va kichik davlatlarning sivilizatsiyalari, rivojlanishlarida yetti iqlimning asosiy omillardan biri ekani ya'ni qulay sharoitlariga to'g'ri baho berish
Davlat boshqaruvida jamoaviy va yakkaxonlik boshqaruvning ijobiy va salbiy oqibatlari, qabilalar va urug'larning boshqaruvidagi avlodlar almashinuvidagi qadriyatlari
aytaylik yana bir qancha misollar mavjud, trend uchun emas manfaat uchun o'qing*
MEHNATSEVARLIK HIKMATI (Xo‘ja Ahmad Yassaviy hikmatlaridan):
Boshing ketar bu yo‘llarda hozir bo‘lg‘il,
Ishq yo‘lida o‘lmas burun zinhor o‘lg‘il.
Pir etagin mahkam tutib, xizmat qilg‘il,
Xizmat qilg‘on hargiz yo‘lda qog‘oni yo‘q.
Oshiq emas jononiga jon bermasa,
Dehqon ermas ketmon chopib non bermasa.
Munda yig‘lab oxiratda jon bermasa,
Yo‘lda qolg‘on bo‘yi Xudo olg‘oni yo‘q.
Ey bexabar, ishq ahlidin bayon so‘rma,
Dard istagil, ishq dardiga darmon so‘rma.
Oshiq bo‘lsang, zohidlardin nishon so‘rma,
Bu yo‘llarda oshiq o‘lsa tovoni yo‘q.
Zohid bo‘lma, obid bo‘lma, oshiq bo‘lg‘il,
Mehnat tortib ishq yo‘lida sodiq bo‘lg‘il.
Nafsni tepib dargohig‘a loyiq bo‘lg‘il,
Ishqsizlarni ham joni yo‘q, iymoni yo‘q.
P/s: Yangi hafta uchun yangi xarid
Turkiston matbuoti tarixi (1870-1917)
Matbuot va axborot xizmati sohasida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar uchun yaxshi qo'llanma, tanishib chiqsangiz albatta foydasi tegadi.
Kambag'allik jazo emas, boylik mukofot emas...
Yodingda saqla harakat, harakat, harakat, va natija. Alloh aytgan "Sen harakatni qilsang beraman" deb.
P/s: sur'atga ahamiyat bering, har ikki ulovning ham vazifasi manzilga eltish, imkoniyatlar turlicha bo'lsada. Qay biri qanday biz bunga zimdan kuzatib baho berolmaymiz, sababi bizning ulovimiz ham soniya sayin manzilga yaqinlashib bormoqda.
Ko‘ring millatni holin ayyuhannos,
Ki bo‘lmish bekasu bechora, benos.
Jahonda biz kabi nodon bo‘lurmu,
O‘zining millatiga hech tirishmas.
N.Aziziy.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her