Legist.uz

Description
Blogda hudud24.uz kolumnisti Ne’matullo Zamonovning turli sohalardagi qarashlarini o‘qib borishingiz mumkin. Huquq haqida ko‘proq yozamiz.

• Guruh — @yuridikhimoya
• Huquqiy savollar uchun — @yuristgaxat_bot.
• Shaxsiy — @N3MATULLO.
Advertising
We recommend to visit

Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Last updated 2 weeks ago

✅ Тезкор хабарлар | Сиёсий канал

⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар!
Обуначиларни зериктирмаслик учун кайфият кўтарувчи материаллар хам жойлаб борилади!

👉🏻 Реклама учун: @Bugungi_Kunda_Rek

Last updated 3 days, 19 hours ago

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 7 months, 2 weeks ago

1 month, 3 weeks ago

*SAVOL:*

Sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar ham 1 oylik harbiy xizmat o‘tash muddatini kechiktirishi mumkinmi?

* JAVOB:*

📄 Qonunga asosan oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.

☝️E’tibor bering, bu yerda sirtqi o‘qishda o‘qiydigan talabalarning xizmat muddatini kechiktirishi haqida gap bormagan.

Demak, “заочное”da o‘qiydiganlar 1 oylik armiya, ya’ni SCHR da xizmat o‘tash muddatini kechiktirish huquqiga emas.

#harbiy #biroylik

Savol yuborish: 👉* @yuridikhimoya
*Kanalimiz:
👉**** @legistuz

1 month, 3 weeks ago

Kreativlikni shakllantirishni yagona yo‘li — kuzatish.

👉 @legistuz

1 month, 4 weeks ago

Da, senga qiziqmas, bro. Bilaman. Ehtimol aksariyat boshqa odamlarga ham.

Lekin bir kishiga juda kerak bo‘lib turadi. U qachondan meni kuzatishni boshlagan, bilmadim. Tasodifan ijtimoiy tarmoqlar uzra dardiga malham qidirayotib mening postimga ko‘zi tushib qoladi. Axir, u yechimini axtarayotgan masalaku!. Ko‘ngli yorishadi. Hech bo‘lmaganda endi nima qilishi kerakligini biladi. Menga raxmat aytib ketmas, lekin ich-ichidan minnatdor bo‘ldi.

Shuning o‘zi yozgim kelmay qolganida meni harakatga undaydi.

Qachondir kanalning kuzatuvchisi bo‘lgan bunday odamlar soni yuzmingdan ortishiga ham juda ishongim keladi.

👉 @legistuz

2 months ago

Kishilar milliy qadriyat, an’ana va udumlarni saqlashga, hurmat qilishga majburmi?

Masalan, oila Sharq jamiyatidagi eng asosiy qadriyatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun hamma oila qurishga majburmi? Javob – yo‘q. Konstitutsiyaga asosan har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Ya’ni inson istasa, oila quradi, istamasa toq o‘tadi va bu kishining muhokama qilinishi kerak ham bo‘lmagan fundamental huquqi hisoblanadi, xuddi shunday, bokiralik, bolali bo‘lishi yoki bo‘lmaslik va shu singari boshqa nozik masalalar ham. Ammo bu yerda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihat – bunday qarorga kishini o‘zining va boshqalarning munosabati.

Masalan, bloger (umuman, istalgan shaxs) o‘z sahifasida “Navro‘z otashparastlarning bayrami ekanligi hamda uni nishonlovchi har qanday kishi kofir va xoin ekanligi” to‘g‘risida material joylashtirib, ushbu bayramni nishonlayotgan kishilar, jamiyat va davlat to‘g‘risidagi fikrini beodoblik bilan ifodaladi. Yoki “zamonaviy qiz idealini tavsiflay turib, nikohga qadar bokiraligini saqlab keladigan qizlar qoloq”likda ayblandi.

Huquqiy jihatdan aytadigan bo‘lsa, kishilar o‘zgalarning axloqiy qarashlari, qadriyatlari va hayot tarzini ma’qullashi, qo‘shilishi shart emas, biroq uni hurmat qilishga majbur. Bunda hurmat qilish kishining qarashlarini odatiy va tabiiy qabul qilishni emas, balki qarama-qarshi fikrlarga nisbatan tolerant bo‘lishni va bunday qarashdagi kishilar sha’ni va qadr-qimmatini yerga urmaslik kerakligini anglatadi.

Yuqorida keltirilgandek, har biri erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Ammo Konstitutsiyaga ko‘ra, kishilar huquq va erkinligini amalga oshirishda boshqa kishilar, jamiyat va davlatning huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetmazmasligi kerak. Ya’ni boshqaning huquqi boshlangan joyda kishining huquqlari, shu jumladan, axborot tarqatish huquqi tugaydi. Kishilar boshqalarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur.

Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, fuqarolar milliy qadriyat, an’ana va udumlarni saqlash va rioya qilishni o‘zlari uchun o‘zlari hal qilsalar-da, ularni hurmat qilishga majburdirlar. Bu majburiyat, o‘z navbatida, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborot yoki jamiyatga, davlatga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan, beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatishni ham taqiqlaydi.

Yana shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlar, jumladan, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga nisbatan radikal qarashlarni yumshatish va kishilarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlarning oldini olish maqsadida ayrim toifadagi axborotni tarqatish uchun javobgarlik belgilangan. Masalan, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni tarqatish endilikda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shunga qaramay, qonun konstruktiv tanqidni taqiqlamaydi. Jamiki, masalalar yuzasidan fikr bildirish mumkin, faqatgina fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazmaslik, jamiyat va davlatga hurmatsizlik qilmaslik sharti bilan.

Murodjon Najmiddinov (Hudud24.uz)

👉 @legistuz

2 months ago

Bitta gap. Ona tili va adabiyotni zo‘r o‘qigan qizlar TOP. Abituriyentlikda bilganman buni. Hattoki ona tili o‘qigan qizga uylanish kerak degan fikrga ham kelganman.

Gap yo‘g‘ida gapda endi.

2 months ago

Қизлар мактабга тиззадан камида 5 — 15 см пастда бўлган юбка билан бориши мумкин.

👉 @legistuz

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

🌙 Рамазони Карим муборак!

@legistuz

2 months, 1 week ago

Мана бу видеоролик Фарғона ЙҲХБ нинг расмий каналига жойлаштирилган. Видеони кўриб бу канал ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идорага эмас, ҳуқуқий онги бўлмаган бир блогерга тегишли экан, деган янглиш ҳаёл келади одамга. Ёки йўл ҳаракати хавфсизлигига масъул айрим хизматчилар шу даражада савиясизмикан?

Гўёки, йўл ҳаракати қоидаларига амал қилиб, белгиланган жойдан ўтган пиёда маломат қилинган. Устидан кулинган. Ҳаттоки, “зебрадан” ҳам ўтишга ҳаққинг йўқ дегандек. Нега пиёда ўзи учун ажратилган йўл қисмидан ҳам “мошина урвормаса бўлди” дея ҳадиксираб ўтиши керак? Бу видео муаллифлари амалдаги йўл ҳаракати қоидалари билан танишмикан ўзи? Ҳуқуқий нигилизмни очиқчасига тарғиб қилаётгандек туйилди менга.

👉 @legistuz

2 months, 1 week ago

Байрамингиз билан табриклайман, муҳтарам опа-сингиллар! 🌷

Сизларни яхши кўрамиз. Доим соғ-омон бўлинглар.

@legistuz

We recommend to visit

Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Last updated 2 weeks ago

✅ Тезкор хабарлар | Сиёсий канал

⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар!
Обуначиларни зериктирмаслик учун кайфият кўтарувчи материаллар хам жойлаб борилади!

👉🏻 Реклама учун: @Bugungi_Kunda_Rek

Last updated 3 days, 19 hours ago

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 7 months, 2 weeks ago