Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!
Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг
Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy
Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.
Last updated 2 weeks, 4 days ago
Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️
Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!
Admin: @Oltin_admini
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 1 year, 1 month ago
«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!
Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:
«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).
Last updated 1 year, 4 months ago
Keyingi qismi shunday bo‘lsa kerak: “Seni sevaman dema, sevib tasha”.
Shunaqa kitoblarni o‘qib yurgan bo‘lsang — 🚩.
Har safar kiyimlarimni dazmollash jarayoni uylanish haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi.
⚡️Huquq fanidan tayyorlanuvchi abituriyentlar bo‘lsa, bizni tavsiya qilaverasizlar. “Master huquq” o‘quv markazida ish boshlaganmiz. Ishonch bilan ayta olamanki, bunday sifatdagi darslarni ancha-muncha joydan topa olmaysiz. Yangi guruhga qabul ochiq. Ikkita ustoz siz bilan shug‘ullanadi.
👉 @N3MATULLO
👉 @master_support01
📞+998909999779
📍Manzil: Toshkent, Novza metrosi.
Qara, seni ko‘p narsa o‘ylantirmay qo‘ygan. Hatto metrodagi “iltimos, suyanmangiz” yozuvi nega bunaqa yozilgani haqida bosh qotirmay qo‘yding.
Gabriel Garsia Markes o‘zining eng mashhur asari — «Yolg‘izlikning yuz yili» romani ustida ishlashni boshlaganida, uning hayoti qiyinchiliklar va yetishmovchiliklar bilan to‘la edi. Ushbu buyuk asariga o‘zini bag‘ishlash uchun u radikal qaror qabul qildi: uy-ro‘zg‘or ishlari va safarlar uchun foydalanishga yaroqli bo‘lgan yagona mashinasini sotdi va bir yarim yil davomida o‘z ishxonasiga qamalib oldi. Bu davrda Markes hatto eng yaqinlari bilan ham deyarli barcha aloqalarni to‘xtatdi, o‘zi yaratgan Makondo olamiga cho‘mgan holda, Buendia oilasi taqdirlarini belgiladi. Bu kunlar nafaqat yolg‘izlik va ijodiy tanholik kunlari edi — bu shubhalar va tuganmas qiyinchiliklar bilan to‘lgan og‘ir davr edi.
Har oy ijara haqi qarzlari ortib bordi. Sakkiz oy davomida uy egasi uning eshigini taqillatib, to‘lovni talab qildi, ammo Markes va uning oilasi hatto minimal to‘lovni qila olmas edi. Havoda qashshoqlik hidi anqirdi, biroq bu bilan birga mehnatning qiymatiga bo‘lgan mustahkam ishonch ham bor edi. Bu Nobel mukofoti bo‘lg‘usi laureatining hayotidagi eng qorong‘u, ammo hal qiluvchi pallalardan biri edi.
Roman nihoyat yakunlanganda, yangi, go‘yoki yengib bo‘lmaydigan to‘siq paydo bo‘ldi — Markesda qo‘lyozmani nashriyotga yuborish uchun 160 peso yetishmas edi. Bu mablag‘ ularning hayotidagi o‘zgarishlarga nisbatan juda kichik tuyulgan bo‘lsa-da, moliyaviy qiyinchiliklardan charchagan oila uchun yengib bo‘lmas devor edi. Oila kassasidan bor yo‘g‘i 80 peso yig‘ildi. Shu paytda Markesning jasur ayoli sahnaga chiqdi. U hurmatga sazovor qat’iyat bilan: «Faqat roman yomon bo‘lmasa bo‘ldi!» dedi va har kuni foydalanadigan ikki narsa - mikser va soch quritgichni garovga qo‘ydi. Bu nafaqat muhabbat ramzi, balki Markesning iste’dodiga, ular bergan qurbonliklar izsiz ketmasligiga mutlaq ishonch ramzi ham edi.
«Yolg‘izlikning yuz yili» nafaqat yaxshi roman, balki mukammal asar sifatida tan olindi va Garsia Markes eng mashhur kolumbiyalik yozuvchiga aylandi. Uning ijodi ta’siri Lotin Amerikasidan tashqariga yoyildi. New York Times gazetasi bu asarni Injilga qiyosladi va uni har bir inson o‘qishi shart deb ta’kidladi.
Markesning hayotining bu davri o‘z qiyinchiliklarimiz haqida ham o‘ylashga majbur qiladi. Shunday misollarni eslaganda, haqiqiy yutuqlar osonlik bilan emas, balki qo‘rquvlar, muvaffaqiyatsizliklar va mujodalada tug‘ilishini tushunasiz. Va aynan shunday asarlar sizga kuch ato etadi.
Buyuk yutuqlar buyuk sa’y-harakatlarni talab qiladi. Va Gabo tarixiga nazar tashlaganda, biz boshdan kechirayotgan barcha azoblarning o‘ziga yarasha ahamiyati borligini tushunamiz. Ular biz uchun buyuk narsaga erishish yo‘lining bir qismidir. Markesning o‘zi aytganidek: “Nimaiki boshingdan o‘tgan bo‘lsa bekorga emas”.
Muallif: Madi Raimov
Maktabda informatika darsi bo‘lsa faqat prezentatsiya yasab o‘tirardim, o‘zimcha har xil effektlar qo‘shib mazza qilardim.
O‘sha paytda 4-kursga borib PPT desa qusgim keladigan darajada yomon ko‘rib qolishimni bilmaganman, masalan.
Porlamoq
U viloyatda sartarosh bo’lib ishlardi. Kasbini daromadsiz sohalardan deb bilgani uchun rivojlanishni afzal ko’rmadi. Vaholanki, xuddi shu sohada yana bir yigit “Akmal Tamo” brendini qurdi, qo’sha-qo’sha barbershop filiallariga asos soladi.
U maktabda tarix fanidan dars beradi. Maktabidagi oylik kam bo’lganligi, buning ustiga tarix yo’nalishiga tayyorlanuvchi abituriyentlar qolmaganiga ishonardi. Kasbiga vaqtinchalik pul topib turish manbasi sifatida qarardi, xolos. Afsuski, xuddi shu yo’nalishda onlayn darslar orqali yuzlagan o’quvchiga onlayn dars berib, zo’r daromadga chiqqanlar haqida bilmasdi.
U advokatlik bilan shug’ullanadi. Aliment undirishdan tortib tishi o’tadigan jinoiy “delolar”gacha bosh suqadi. Har sohadan bir shingil sayoz bilimga ega. Odamlarning moliyaviy ahvoli past ekanligi tufayli bir sohaga ixtisoslashish uni ishsiz qoldiradi deb o’ylardi. Ammo faqat jinoiy sohaning zo’r mutaxassisi bo’lib, yiliga 1 mln “ko’kida” soqqa qilayotgan advokatlar borligidan bexabar edi.
U qishlog’idagi to’ylarni o’tkazib beruvchi qo’shiqchi edi. “Zvezda” bo’lishga juda ko’p pul kerak, raqobat kuchli, tanilish menga emas degan o’ylov bilan o’z ustida ishlamasdi. Kasbiga mehr qo’yolmadi. Vaholanki, asli kasbi kosibchilik bo’lgan, bir tiyinsiz san’atga kirib millionlab muxlis orttira olgan yana bir yigit Jaloliddin Ahmadaliyevga aylandi.
Yuqoridagi misollar o’zim shaxsan shohid bo’lgan holatlardan iborat. Anglaganim shu bo’ldiki, “daromadli kasb” degan tushuncha o’ta nisbiy. Qiziqmasangiz hozirgi kunda eng ko’p tilga olinayotgan na IT, na biznesda muvaffaqiyat qozona olasiz. Qiziqsangiz oshpaz bo’lib ham orzularingizni reallikka aylantirishingiz mumkin.
Postni yozyapmanu Hamid Sodiqning bir gapi miyyamda zimdan g’ujg’on aylanib turibdi: “Kichik ishlar… Men keyingi yil ishdan bo’shatishlarini bilsamda, darsimni zo’r qilib o’tib bersam, kamida 10 ta talabaning yuragida uchqun paydo bo’ladi. Mana shu kichik ish”.
Xullas, mehr bilan yondirib ishlash va Xudodan so'rash kerak. Shudir porlash yo'li. Porlaymizmi?
5 yildan beri tutib keladigan nomerimni o‘zgartiryapman. Faqat bir narsa uchun saqlab kelardim. Hozir arziydigan sabab ham qolmagan.
Ha aytgancha, muayyan jamiyat a’zolarining ma’naviy qashshoqligi, saviyasizligi, maishiy mavzular ichida o‘ralashib qolishining muhum faktori — o‘sha davlatda ijtimoiy fanlarga yetarli e’tibor berilmaganidir.
Birinchi kurslikda universitetda adaptatsiya jarayoni ko‘pchilikda qiyin bo‘ladi bilaman. Yangi tanishlar, ertalab turib darsga bor, lakatsiya noqulayligi, vazifalar itakdale.
Shularni hisobga olgan holda freshmanlar va ishini 2x tezroq bitirishni xohlovchilar uchun dars jarayonlarida kerak bo‘ladigan sun’iy intellektlar ro‘yxatini yozib qo‘yaman nima qilishni o‘zingiz bilasiz ?.
Claude AI - hozirda eng ko‘p ishlatadigan sun’iy intellektlarimdan biri, prosta ishlatib ko‘rib qudratini bilsenglar bo‘ladi.
Gamma - slayd (prezentatsiya) qilishga erinadiganlar uchun optimal yechim, o‘zbek tili ham qo‘shilibdi.
Aithor - maqola, katta hajmdagi tezislar, diplom yozish uchun TOP intellekt. Diplom ishi yozib biznes qiladiganlar oma uzr.
Note GPT - oldin ustozlar bitta katta video ili kitob vazifa qilib berib shundan summary yozib kelinglar deyishardi, qiyin bo‘lgan rosti. O‘sha muammoni yechimi Note GPT aqltoy.
ShareAI - kursdoshlar guruhiga shunaqa postlarni ko‘rsa avtomatik share qiluvchi sizning intellektingiz.
Xullas birodarlar va birodarkalar share qiling zero kursdoshlarga nisbatan ichi qora bo‘lmang ☝️
Энг оммабоп савдо канали “МОШИНА БОЗОРИМ” га хуш келибсиз!
Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг
Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy
Машинани кўрмасдан туриб пул ташламанг!
Савдога Админ Жавобгар эмас.
Last updated 2 weeks, 4 days ago
Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️
Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!
Admin: @Oltin_admini
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 1 year, 1 month ago
«Namoz oʻqishni oʻrganish» илмий, маърифий ва ижодий каналига хуш келибсиз!
Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:
«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса, унга ўша ишни қилганлик ажри бор»
(✍️Имом Муслим ривояти).
Last updated 1 year, 4 months ago